Birinchidan,
ijtimoiy foydali mehnat bilan band bo‘lmagan aholini ish bilan
ta’minladi, ishsizlikning kuchayishini oldi olindi.
Ikkinchidan,
aholining real daromadlari oshdi, shartnomalar asosida qishloq
xo‘jalik mahsulotlari yetishtirayotgan mehnatkashlar mehnat daftarchalari olish va
qariganda nafaqa olib ijtimoiy kafolatlanish huquqiga ega bo‘ldilar.
Uchinchidan,
aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlashdek keskin muammoga barham berildi.
To‘rtinchidan,
qishloq mehnatkashlarini uy-joy bilan ta’minlashdek sotsial
muhim masala ham o‘z yechimini topdi.
Beshinchidan,
respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat bir qadar barqarorlashdi
va yaxshilandi.
O‘zbekistonning yangi rahbari Islom Karimov «o‘zbeklar ishi», «paxta ishi»
bahonasi bilan tahqirlangan o‘zbek millatining g‘ururini tiklashni, yurt va elni
haqiqiy mustaqillikka olib chiqishni o‘zining asosiy vazifasi etib belgilaydi.
Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining
tashkil etilishi.
1991-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy Nazorat
komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning
SSSRda 19–21-avgust kunlari sodir bo‘lgan fojiali voqealar va respublika partiya
tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi.
Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni
to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy
organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
navbatdan tashqari tarixiy VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada I.Karimov nutq
so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni,
davlat to‘ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga,
xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.
Vaziyatdan
kelib
chiqqan
holda,
O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan
mustahkamlashni taklif etdi.
Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy
Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:
«Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va
ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali
ravishda e’lon qiladi».
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini
e’lon qilish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda:
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti
tasdiqlansin va respublika bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin
va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb
qat’iy belgilab qo‘yildi.
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi
asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib,
O‘zbekiston
Respublikasining
Davlat
mustaqilligini
huquqiy
jihatdan
mustahkamlab berdi. Qonunda:
• O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan
birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
• O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat
hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik
idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
• O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy
davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini
mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning
xalqi o‘z xohish-irodasini, erkini bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas;
• Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va
hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari
O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb
qonunlashtirilib, belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini mustahkamlashda I.A.
Karimovning 1991-yil 6-sentabrda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining
Mudofaa ishlari vazirligi tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni alohida ahamiyatga yega
bo‘ldi. Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va
Milliy gvardiya tuzildi. O‘zbekiston hududidagi harbiy kommisiyalar, barcha
harbiy garnizon va qismlar, chegara qo‘shinlari bo‘linmalari, havo hujumiga qarshi
harbiy qisimlar, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qo‘shinlari va boshqa
turdagi qo‘shinlar respublikamiz tasarrufiga olindi. O‘zbekiston hududidan
tashqarida xizmat qilayotgan harbiy zobit va askarlarimiz Vatanimizga qaytarildi.
O‘zbekistonlik yigitlarimizning Ittifoqda xizmat qilishlariga chek qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-
sentabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida»gi qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi moddalari
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi
qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb
belgilab qo‘yildi.
SHunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga chiqdi.
Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida
yana bitta mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbek xalqi
tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy
ahamiyatga molik bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5
mln kishini tashkil etgan. 2014-yilda aholi soni 31 milliondan ortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bo‘lgan VIII
sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi
masalani ko‘rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991-yil 29-dekabr,
yakshanba kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»
referendum hamda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish
to‘g‘risida» qarorlar qabul qilindi.
Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagicha kiritildi:
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston
Respublikasining
Davlat
mustaqilligini
ma’qullaysizmi?»
SHuningdek
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi.
1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Referendumda 9
898 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz
berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini
ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. O‘zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi,
uning butun tarixiy taraqqiyoti natijalaridan kelib chiqadigan obьektiv va qonuniy
hodisadir.
Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat’iyatliligi,
uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi tinch,
demokratiq
parlament
yo‘li
bilan
ijtimoiy
larzalarsiz,
qurbonlar
va
vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
Islom Karimov O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. 1991-yil 29-dekabr kuni
muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentlikka nomzod Islom Abdug‘anievich Karimov uchun 8 514 136 kishi
yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi.
2000-yil 9-yanvarda, 2007-yil 30-dekabrda, 2015-yil 29-martda muqobillik
asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri umumxalq Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Bu saylovlar
natijasida Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
lavozimiga saylandi. Islom Karimov O‘zbekiston Respub likasining umumxalq
tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.
Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan o‘sha kunlarga
nazar tashlaydigan bo‘lsaq ayni o‘sha paytda yosh, mustaqil O‘zbekiston hukumati
mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi
ahamiyatga yega bo‘lgan ko‘plab muhim hujjatlar qabul qilganining guvohi
bo‘lamiz. Misol uchun, 5-sentabrda imzolangan Toshkent shahridagi Lenin
nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr
kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish
to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari va boshqa muhim siyosiy hujjatlar shular
jumlasidandir.
Davlat ramzlari va Konstitutsiya. O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini
mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo‘lib, davlat ramzlari belgilab
olindi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i o‘n ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XIII sessiyasida 1991-yil 18-
noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud
bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni
davom ettirgan holda, respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni,
xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi.
O‘zbekistonning Davlat gerbi o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining X sessiyasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning
markazida qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat
va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Humo qushi o‘zbek
xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab
kelingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o‘n ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 10-dekabrda
qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov,
musiqasi O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat
barpo yetish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil
O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqozo etdi. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan
O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo‘lgan II sessiyasidayoq yangi
Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiyada
O‘zbekiston, birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy
komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5
yil ishladi.
Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon
tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda
qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi,
Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi
g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.
1992-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi
umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom
yetdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan
loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq
muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga
olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli
bo‘ldi. Birinchi Prezident I.A. Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab
chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi.
Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar
kiritdilar. SHunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
qabul
qilindi.
Mustaqil
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul
qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – «O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi kuni», deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat.
U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunda mustahkamlangan tamoyillar va
g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi. O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish irodasi va dono fikr-mulohazalari
asosida va jahonda to‘plangan eng ilg‘or konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va
milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab
chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar esa markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan
Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko‘chirib olinar edi. SHuning uchun ham yangi
Asosiy qonunimiz mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning
mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish zarur.
• O‘zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili davlat suverenitetidir.
Davlatimizning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir
ma’noni anglatadi.
• Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir.
• Yana bir konstitutsiyaviy tamoyil – davlat hokimiyatining uch mustaqil
tarmoqqa bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
• Asosiy Konstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir.
Kontitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida
umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan.
• O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-
qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
• Yana bir Konstitutsiyaviy tamoyil – Konstitutsiya va qonunlarning
ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan
olinadi», – deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining butun
hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasining millati,
elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining
huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari
belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi
mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda
qonunchilikning rivojlanishi uchun huquqiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi.
Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq
muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal
qilinmoqda.
Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartiishlar va qo‘shimchalar. 2003-yil 24–25-
aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining
XI
sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi qonun loyihasi muhokama
qilindi va qabul qilindi. Mazkur qonunga binoan Konstitutsiyaga O‘zbekison
Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va
Senat dan (yuqori palata) iborat bo‘lishi haqida o‘zgartirishlar kiritildi. Prezidentlik
muddati 7 yilga uzaytirildi. Prezidentning vakolat muddati tugasa, umrbod Senat
a’zosi lavozimini egallashi belgilandi.
2007-yil 11-aprelda qabul qilingan qonunga binoan Konstitutsiyaning 89-
moddasidan Prezident ijro etuvchi hokimyat boshlig‘i – Vazirlar Mahkamasining
Raisi ekani to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi. 89-moddada «O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda faoliyat yuritishini va hamkorlikni ta’minlaydi», deb belgilab
qo‘yildi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasining ikkinchi
qismi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyatlar hokimlarini va Toshkent
shahar hokimini qonuniga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi», deb
o‘zgartirildi.
2011-yil 18-aprelda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim
moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi.
Mazkur
qonunga
binoan
Konstitutsiyaning
98-moddasiga
«O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasining saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rinini olgan siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |