Davlat moliyasi va mahalliy moliya hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasining bo’g’inlari.
Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar
Davlat krediti moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o’ziga xos bo’g’ini sifatida.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasi.
Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususiyatlari.
Notijorat sektorni davlat tomonidan to’g’ri (bevosita) qo’llab-quvvatlash asosiy shakllari: to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari; hamkorlikda moliyalashtirish; davlat sotsial buyurtmasi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g’inlari.
Byudjet tizimi va davlat tuzilishi.
Unitar va federativ davlatning byudjet tizimi.
2. TOPSHIRIQLAR
1.Sizga tegishli uy xo‘jaligi mulkining sof qiymati qancha? Siz o‘z aktivlaringiz va majburiyatlaringizga nimalarni kiritdingiz? Mulkning sof qiymatiga qo‘shish mumkin bo‘lgan nimalarni undan chiqarib tashladingiz?
2.Yolg‘iz odam qabul qiladigan moliyaviy qaror maktab yoshidagi bir nechta farzand uchun mas’ul uy xo‘jaligi rahbarining qaroridan nimasi bilan farq qiladi? Ularning ixtiyoridagi muqobil yo‘llar bir-biridan ajralib turadimi yoki ularni turlicha baholashga to‘g‘ri keladimi?
3.Faraz qilaylik, ikkita oila bor: “A” va “B”. Oilalarning ikkalasi ham ota, ona va maktab yoshidagi ikkita farzanddan iborat. “A” oiladagi er-xotinlar ikkalasi ham ishlashadi va umumiy miqdorda yiliga 100 000 dollar ishlab topishadi. “B” oilada faqat er ishlaydi va u ham xuddi shuncha mablag‘ ishlab topadi. Bu ikkala oila qabul qiladigan moliyaviy qarorlar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
4.Farzand necha yoshda moliyaviy mustaqil bo‘lishini kutsa bo‘ladi?
5.Siz avtomobil sotib olishga qaror qildingiz. Quyidagi savollarni diqqat bilan o‘rganib chiqqan holda, o‘z kelajagingizni tahlil qiling:
• mashina sotib olishdan tashqari Sizning harakat vositasiga bo‘lgan ehtiyojingizni qondirishning boshqa yo‘llari bormi? Variantlar ro‘yxatini tuzing va har birining foydasiga va, aksincha, ularga qarshi fikrni bayon eting.
• Siz avtomobil sotib olishni qanday yo‘llar bilan moliyalashtiri-shingiz mumkin?
• avtomobil sotib olish uchun kredit beradigan kamida uchta tashki-lotdan ma’lumot to‘plang va har biri taklif etayotgan shartlarni o‘rganing.
• qanday mezonlar asosida Siz qaror qabul qilasiz?
6.Siz o‘z biznesingizni ochish imkoniyati ustida bosh qotirmoqdasiz, ammo mablag‘ingiz yo‘q: a) O‘ylab ko‘ring, qarz(ga) olmas (kirmas)dan turib qanday biznes bilan shug‘ullanish mumkin?; b) Endi oddiy foiz stavkalari bilan istalgancha mablag‘ni qarzga olish imkoniyatingiz bo‘lganda qanday biznes bilan shug‘ullangan bo‘lardingiz? Shu to‘g‘rida o‘ylab ko‘ring; v) biznes bilan shug‘ullanib, qanday riskka to‘qnash (duch) kelishingiz mumkin?; g) yangi biznesni moliyalashtirish uchun qayerdan mablag‘ olishingiz mumkin?
7.Firma bo‘lmagan biror tashkilotni tanlang, masalan assotsiatsiya yoki diniy uyushma, va shu tashkilot qabul qiladigan moliyaviy qarorlarni sanab o‘ting (chiqing). Bunday tashkilot qanday asosiy muqobil maqsadlar bilan to‘qnashishi mumkin? Eng maqbul yo‘lni tanlashda tashkilot a’zolarining ehtiyojlari qanday o‘rin tutadi? Mazkur tashkilotning moliyaviy menejeri bilan suhbatlashing va u Sizning fikringizga qo‘shiladimi yoki yo‘qmi? Shuni bilib oling.