Istiqlol mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o’zi va oilasi oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma’naviy mezon hamdir.
Milliy istiqlol mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida umuminsoniy tamoyillar yotadi.
Milliy istiqlol mafkurasi manfaatlar tizimi bilan uyg’un bog’langan bo’lib, u quyidagi holatlar bilan ifodalanadi:
1. Mamlakat hududiy yaxlitligi va mustaqilligini saqlab, chegara-larimiz butunligi va daxlsizligini ta’min etishga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda bu yurtimizning fazo va vaqtdagi umumiy birligini ta’minlovchi manfaat.
2. YUrtning tinchligi va osoyishtaligi, ya’ni davlatimizning harbiy, iqtisodiy (energetik), ekologik, informatsion va g’oyaviy tahdidlardan muhofazalanganligi.
3. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlash manfaati.
4. Har bir oila va butun xalqning farovonligini ta’minlash, ya’ni badavlatlilik manfaati.
5. Jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o’z-o’zini boshqarish tamoyilini ta’minlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |