3-Mavzu: Milliy g’oyaning nazariy konseptual asoslari reja



Download 73,56 Kb.
bet6/13
Sana03.04.2021
Hajmi73,56 Kb.
#62548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-MAVZY BAYONI (4)

Milliy mafkura - millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo’lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy asrash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi.

«Milliy mafkura»ni faqat bitta millat yoki xalqning mafkurasi, deb tushunish to’g’ri emas. U muayyan jamiyat yoki davlatning umumiy mafkurasi ma’nosini ham anglatadi. CHunki «milliy» sifati «millat» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, nafaqat muayyan etnik birlik, balki «davlat» ma’nosini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Masalan, «milliy daromad», «milliy qurolli kuchlar» birikmalarida u aynan, «davlat» so’zining ma’nodoshi sifatida ishlatiladi.

Milliy istiqlol g’oyasining hayotbaxshligi taraqqiyotning o’zbek modelini amalga oshirishda yaqqol namoyon bo’ladi.

O’zbek modelining asoschisi Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilayotgan taraqqiyot yo’lining ko’pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma’nodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir. SHu sababdan u iqtisodiyot bilan bir qatorda davlat qurilishi, ijtimoiy soha va ma’naviyatni, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi.

O’zbek modeli tushunchasi, avvalo, O’zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo’lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo’naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo’ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi.

Biz qanday jamiyat barpo etmoqlamiz, degan masala Prezidenti-mizning «O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda» (1997), «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» (2002), «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» (2005) kabi asarlarida ayniqsa o’zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish milliy istiqlol g’oyasining pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga yetishga xizmat qiladi.

Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko’pmulkchilikka va ular o’rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo’lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.

Ko’pmulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish orqali yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat’iy nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash - davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.

Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini mustahkamlash istagi-umumiy taqdir va kelajak, O’zbekistonda yashaydigan barcha fuqarolarning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashni nazarda tutadi. Bu sohada ham hayotni yanada yuksak pog’onaga ko’tarilishga da’vat etadi. Bugungi hayotiy, zarurat ana shuni taqozo etmoqda. Har bir kishining farovonligi xalq farovonligi va faoliyatining asosidir.

O’z navbatida demokratiya, siyosiy hayotni erkinlashtirish orqali fuqarolardan o’z manfaatlarini davlat va jamiyat manfaati bilan uyg’unlashtirishni, yuksak siyosiy madaniyatga ega bo’lishni talab qiladi.

O’zbekistonda yangi jamiyat barpo etilmoqda. Jamiyat deganda biz odamlar uyushib, jamoa va xalq bo’lib yashaydigan ijtimoiy-siyosiy tuzumni tushunamiz. YAngi jamiyat deganda esa xalqning maqsad-muddaolari va manfaatlari asosida barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati tushuniladi. O’zbekistonda barpo etilayotgan ana shu jamiyatning ma’no-mazmunini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida quyidagicha ifodalab berdi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo’lidan og’ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir»1.


Download 73,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish