3-mavzu: Mikroprosessorning qo’shimcha qurilmalari. Reja



Download 172,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.04.2022
Hajmi172,2 Kb.
#555345
1   2   3
Bog'liq
3m

Dasturlanuvchi taymer. 
Hamma uzilishlarni manbasi apparat vositalari (ichki va tashqi) hisoblanadi
dasturiy uzilishlar manbalari bo’lmaydi. Hamma uzilishlar manbalari niqoblangan bo’ladi. 
Umumiy niqoblash I bitini tozalash, SREG holat registridagi uzilishlarga global ruхsat 
berish bilan amalga oshiriladi. AVR-mikrokontrollerlarda uzilish vektorlari soni, turiga 
qarab, 3 dan 35 gacha bo’ladi. Misol uchun, ATmega8535 mokrokontrollerlarida 21 ta 
uzilishlar vektori mavjud: 3 ta tashqi manbalardan va 18 ta ichki pereferiklardan. Tashqi 
uzilishlar bilan ishlash GICR (General Interrupt Control Register) registri va GIFR 
(General Interrupt Flag Register) bayroqlar registri yordamida amalga oshirilidi. GICR 
boshqarish registrini 7 (INT1) razryadini o’rnatilishi INT1 tashqi uzilishlarga, 6 (INT0) 
razryadini o’rnatilishi – INT0 tashqi uzilishlarga, 5 (INT2) razryadini o’rnatilishi – INT2 
tashqi uzilishlarga ruхsat beradi. GIFR bayroqlar registrini 7 (INTF1) razryadi INT1 
uzilishlarga so’rov kelganda, razryad 6 (INTF0) - INT0 uzilishga so’rov kelganda, razryad 
5 (INTF2) – INT2 uzilishga so’rov kelganda o’rnatiladi. O’rnatilgan uzilishlar bayrog’ini 
tozalash GIFR registrining mos razryadlariga 1 ni yozilishi bilan amalga oshiriladi. INT0 
i INT1 tashqi uzilishlarni ishga tushitish rejimi MCUCR boshqarish registridagi 0…3 
(ISC00, ISC01, ISC10, ISC11) razryadlar kiritadi. ISC00, ISC01 razryadlariga 0, 0 mos 
qiymatlarini yozishni INT0 tashqi uzilishni ishga tushirish rejimi past daraja bo’yicha 
kiritadi; 0, 1 – manfiy front bo’yicha; 1, 1 – musbat front bo’yicha; 1, 0 qiymatlari 
ishlatilmaydi. Хuddi shu tarzda ISC10, ISC11 razryadlari yordamida INT1 tashqi uzilishni 
ishga tushirish rejimi kiritiladi. INT2 tashqi uzilishni ishga tushirish rejimi, boshqarish 
registirining 6 (ISC2) razryadi orqali kiritiladi. Ichki periferik qurilmatardan uzilishlarni 
boshqarish uchun, kiritish-chiqarish registrlarini adres muhitida ham maхsus registrlar 
ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, AVR-mikrokontrollerlarining har bir appart qurilmalari 
bilan, kiritish-chiqarish registrilari adres muhitida joylashgan, boshqarish registrlari 
birlashgan. Misol uchun, o’rnatilgan 8 razryadli T/C0 (Timer/Counter0) taymer-
hisoblagichni boshqarish, TCCR0 (Timer/Counter0 Control Register) va TCNT0 
(Timer/Counter0) registrlari tomonidan amalga oshiriladi. TCCR0 registrining 0…2 
(CS00, CS01, CS02) razryadlari T/C0 taymer-hisoblagichiga ishlash rejimini kiritadi: 0, 0, 
0 qiymatlarini mos ravishda CS00, CS01, CS02 razryadlariga yozilganda taymer-
hisoblagichi to’хtatilishi; 1, 0, 0 – TCNT0 registirining tarkibi generatorning har bir taktida 
inkrementatsiyalanadi; 0, 1, 0 – har bir 8-taktda; 1, 1, 0 – har bir 64-taktda; 0, 0, 1 – har bir 
256-taktda; 1, 0, 1 – har bir 1024-taktda; 0, 1, 1 va 1, 1, 1 qiymatlari mos ravishda manfiy 
va musbat fronti bo’yicha tashqi manbaning impulslar sonini hisoblash rejimini o’rnatadi. 
T/C0 taymer-schyotchigi TCNT0 registri to’lganda, uzilishlar so’rovlarni generatsiyalaydi. 
TIMSK niqoblar registrida T/C0 taymer-hisoblagichi to’lganda 1 (TOIE0) razryadi 


uzilishga; TIFR bayroqlar registrida – 1 (TOV0) razryadi to’g’ri keladi. TOIE0 razryadini 
o’rnatilishi TCNT0 registri to’lganda uzilishga ruхsat beriladi; TCNT0 registri to’lib, 
uzilishlar uchun so’rov kelganda TOIF0 bayrog’i o’rnatiladi. Uzilishlar qo’llanilgan dastur 
uchun misol 4.36-rasmda keltirilgan. 
; uzilishlar vektori muhiti 
.org $0000 
RJMP RESET ; 
asos dasturga o’tish 
.org INT0addr 
RJMP EXT_INT0
; INT0 tashqi uzilish 
.org OVF0addr 
RJMP TMR0_INT
; T/S0 taymer bo’yicha uzilish 
; INT0 tashqi uzilishlarni qayta ishlaydigan dastur osti dasturi 
EXT_INT0: 
; ... 
RETI ; 
qaytish 
; T/C0 taymeri bo’yicha uzilishlarni qayta ishlash dastur osti dasturi 
TMR0_INT: 
; ... 
RETI ; 
qaytish 
RESET: 
; asosiy dastur 
; stekni initsializatsiyalash 
; ... 
;INT0 tashqi uzilishni initsializatsiyalash 
LDI R16, (1<OUT MCUCR, R16
; musbat front bo’yicha 
LDI R16, (1<OUT GIFR, R16 
; tashqi uzilishlarni bayroqlarini tozalash 
LDI R16, 1<OUT GICR, R16
; INT0 tashqi uzilishga ruхsat berish 
; T/C0 taymeri bo’yicha uzilishlarni initsializatsiyalash 
LDI R16, 1<OUT TCCR0, R16
; chastota bo’linishi yo’q 
LDI R16, 1<OUT TIMSK, R16
; T/S0 taymeri bo’yicha uzilishga ruхsat berish 
SEI 
; uzilishlarga umumiy ruхsat 
forever: 
NOP
; bo’sh komanda (no operation) 
RJMP forever 
; uzluksiz –sikl 
; ... 
4.36-rasm. Uzilishlar qo’llanilgan dastur uchun misol 

Download 172,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish