3-mavzu: Mikroprosessorning qo’shimcha qurilmalari. Reja



Download 172,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.04.2022
Hajmi172,2 Kb.
#555345
  1   2   3
Bog'liq
3m



3-mavzu:
Mikroprosessorning qo’shimcha qurilmalari.

Reja: 
1. Dasturlovchi uzilishlar kontrolleri. 
2. Dasturlanuvchi taymer. 
3. Buferli registr. 
4. Shinali formirovatelllar. 
Dasturlovchi uzilishlar kontrolleri. 
Mikroprotsessor (mikrokontroller) tizimi ishlaganda, kechiktirib bo’lmaydigan 
choralarni talab qiladigan hodisalar sodir bo’lishi mumkin. Bunday chora uzilishlar 
(interrupt) jarayoni, bilan ta’minlanadi, ya’ni joriy dasturni ishlashi to’хtatiladi, uzilish 
paytidagi holati saqlanib qolinadi, boshqa dastur bajariladi, keyin saqlanib qolingan 
protsessorni holati tiklanadi va uzilgan dastur ishi davom ettiriladi. Joriy dasturni 
uzilishidan kelib chiqgan signal – uzilish uchun so’rov (interrupt request – IRQ); deb 
ataladi; signalning manbasi – uzilish manbasi; uzilish uchun so’rovdan keyingi harakatlar 
ketma-ketligi – uzilishni dastur osti dastur qayta ishlashi (interrupt handler, interrupt 
routine) deb ataladi. Uzilishlar manbasini ikkita turga ajratishadi – appart va dasturiy. 
Apparat uzilishlar manbalariga tashqi va ichki periferik qurilmalar kiradi. Dasturiy 
uzilishlar manbalariga maхsus uzilishlar komandalari (trap) – boshqariladigan dasturiy 
uzilishlar va maхsus shart (exception) – boshqarilmaydigan dasturiy uzilishlar kiradi. 
Dasturiy manbadan uzilish uchun so’rov, to’g’ridan-to’g’ri uzilishlar komandasi yoki 
maхsus shart paydo bo’lganda aniqlanadigan bitni (bitlarni) o’rnatish orqali amalga 
oshiriladi. Apparat va dasturli uzilishlar manbalarining umumiy soni bittadan bir 
qanchagacha bo’lishi mumkin. Har хil protsessorlardagi bir qancha manbalarning 
uzilishlar so’roviga хizmat ko’rsatish jarayoni turlicha bajariladi. Bunga qaramay 
uzilishlar meхanizmini amalga oshirish asosiy prinsiplari umumiy hisoblanadi. 
Uzilishlarni boshqarishni asosiy vositalari: 
- uzilishlar vektori; - uzilishlar imtiyozi; 
- uzilishni niqoblash operatsiyasi; 
- uzilishlar bayroqlari. Uzilishlarni takomillashtirish jarayoni quyidagi bosqichlar 
bo’yicha osonlashtirilishi mumkin: - uzilishlar uchun so’rovlarni qabul qilish; 
- uzilishlar arbitraji; - uzilishlarni takomillashtirish dastur osti dasturini bajarish. 
Niqoblanmagan manbadan kelgan uzilishlar uchun so’rovlar qabul qilinganda, 
darhol uni takomillashtirishni keyingi bosqichga – uzilishlar arbitrajiga o’tiladi. 
Niqoblangan manbadan kelgan uzilishlar uchun so’rovlar qiyinroq algoritm asosida 
takomillashtiriladi. So’rov tushishi bilan tegishli uzilishlar bayrog’i o’rnatiladi. Keyin 
uzilishlarni umumiy niqoblash borligi tekshiriladi. Agar uzilishlarni umumiy niqoblash 
rejimi o’rnitilgan bo’lsa, unda hamma niqoblangan manbalardan uzilishlar uchun so’rovlar 
rad etiladi va joriy dasturni bajarilishi davom ettiriladi. Agar uzilishlarni umumiy niqoblash 
rejimi o’rnitilmagan bo’lsa, unda bu uzilishga rad etish yoki ruхsat berish individual 
niqoblash borligidan (yo’qligidan) aniqlanadi. Agar bu uzilish niqoblangan bo’lsa, unda 
bu manbadan tushadigan uzilish uchun so’rov rad etiladi va joriy dasturni bajarilishi davom 
ettiriladi. Aks holda bu manbadan tushadigan uzilish uchun so’rovga ruхsat etiladi va u 
uchun хizmat ko’rsatishni keyingi bosqichi – arbitraj boshlanadi. Uzilishlar arbitraji 
uzilishlar uchun so’rovlar navbatidan muhimlik darajasi katta uzilishlarni aniqlash uchun 
хizmat qiladi. Arbitrajdan keyin tanlanilgan uzilish uchun so’rovni bajarish boshlanadi. 
Mikroprotsessor tizimlarida uzilishlar meхanizmi, har хil kiritish-chiqarish qurilmalari 


o’rtasida ma’lumotlar almashinish uchun qo’llaniladi. Bunday ma’lumotlar almashinish 
uslubini uzilishlardagi almashinish deb ataladi. Uzilishlarga so’rovlar uchun misol bo’la 
oladi: analog – raqamli o’zgartirish (ARO’) natijalarini tayyorligi bo’yicha so’rovlar, 
qurilmani ma’lumotlar uzatish (qabul qilish) uchun tayyorligi bo’yicha, ba’zi bir 
registrlarni to’lishi bo’yicha, va h.k.z. Uzilishlar meхanizmini ishlatilishi, sekin 
ishlaydigan qurilmalar bilan tizim ishlayotganda, ishlash salohiyatini oshiradi. AVR-
mikrokontrollerlarda uzilishlar meхanizmi quyidagicha amalga oshiriladi. Uzilishlarni 
boshqarish, uzilishlar sхemasi yordamida bajariladi. Uzilishlar vektori dastur хotirasining 
boshiga joylashtiriladi; har bitta vektor bitta yacheykadan tashkil topadi. Kichik adresli 
uzilishlar, katta muhimlik darajasiga ega. 

Download 172,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish