Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlar hayot faoliyatiga ta’siri. Tashqa muhit sharoitlar qanchalik mos bо‘lsa, mikroorganizmlar shunchalik tez kо‘payadilar. Mikroorganizmlarni tashqi muhit bilan aloqasi, ularni butun rivojlanish davrida davom etadi va kо‘p qirrali xarakterga ega.
Harorat, oziqa moddalarining miqdori, bosim, pH va boshqa bir qator omillarni о‘zgarishi natijasida mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi buziladi, oqibatda ularni о‘sishi va rivojlanishi sekinlashadi yoki butunlay tо‘xtaydi. Mikroorganizmlarning rivojlanishiga ta’sir etadigan barcha omillar uch guruhga bо‘linadi: fizikaviy, kimyoviy va biologik omillar.
Fizikaviy omillardan eng katta ahamiyatlisi - namlik, moddalar miqdori, harorat, bosim, radiatsiya, yorug‘lik bо‘lsa, kimyoviy omilarning ahamiyatlisi - muhitning pH i, kislorod va har xil kimyoviy moddalar; biologik omillardan esa mikroblarga qarshi moddalar, biostimulyatorlar diqqatga sazovordir.
Fizik omillar. Namlik — mikroorganizmlar hujayrasida bir murakkab, makromoddalar parchalansa, boshqa bittasi kichik molekulalardan paydo bо‘ladi. Har ikkala jarayon ham kо‘plab biokimyoviy jarayonlar natijasida amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning barchasi faqatgina suvli muhitda amalga oshadi, xolos. Suvsiz muhitda oziq moddalari hujayra ichiga kiraolmasliklari sababli oziqlanish tо‘xtaydi. Mikroorganizmlarni suvsizlikka chidamliligi ham turli xil bо‘ladi. Quritilgan holda mikroorganizmlar faoliyat kо‘rsata olmaydilar, chunki suvsizlikda barcha kimyoviy jarayonlar, ya’ni metabolizm sekinlashadi va tо‘xtaydi, oqibatda hayotiy zarur jarayonlar tо‘xtab anabioz boshlanadi. Bunday hujayralar namlanganda yoki suvli sharoitga о‘tkazilganda yana hayot boshlanadi, biokimyoviy jarayonlar tiklanib, metabolizm boshlanadi. Mikroorganizmlarni suvsiz sharoitga о‘tkazish usuli, ularni va ular asosida tayyorlangan biopreparatlarni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi.
Osmotik bosim - Mikroorganizmlarni hayoti uchun katta ahamiyatga molik omil muhitni bosimi bо‘lib, u muhitda erigan moddalar miqdori bilan о‘lchanadi. Agar oziqa muhitida erigan moddalarni miqdori baland bо‘lsa, osmotik bosim oshadi, ba’zida hujayra ichidagi suv tashqariga chiqa boshlaydi, hujayra suvsizlanadi, tashqi muhit bilan almashinuv jarayonlari buziladi, oqibatda plazmoliz boshlanadi va hujayra nobud bо‘ladi. Kо‘pgina bakteriyalar, hujayra devorining о‘ziga xosligi va sitoplazmatik membranalarini boshqaruv funksiyalari tufayli tuzlar miqdoriga unchalik e’tibor bermaydilar, hatto 0,5-3,0% - li tuzli eritmalarda ham yashayveradilar. Ba’zi bir bakteriyalar yuqori osmotik bosimda ham mо‘tadil ravishda rivojlanib kо‘payadilar. Osh tuzining tо‘yingan eritmasida rivojlanadigan bakteriyalar ham ma’lum. Bunday mikroorganizmlar osmofillar deb ataladi.
Gidrostatik bosim - Hamma mikroorganizmlar ham gidrostatik bosimga bir xil chidamli emas. 100-140 MPa bosimga hamda chuqur vakuumga ham chidamli mikroorganizmlar ma’lum. Ammo kо‘pchilik mikroorganizmlar ham tabiiy ham laboratoriya sharoitlarida mi’tadil sharoitda, ya’ni oddiy atmosfera bosimida yashab, о‘sib, rivojlanadilar.
Harorat - Mikroorganizmlarni tashqi muhit haroratiga chidamliligi katta ahamiyatga ega. ×unki, harorat nafaqat, mikroorganizmlarni о‘sish tezligini, balki ularni yashash imkoniyatlarini ham belgilaydi. Har bir mikroorganizm о‘zining ma’lum о‘sish haroratiga ega. Mikroorganizmlar о‘sish va rivojlanishning haroratga bog‘liqligiga qarab, uch guruhga bо‘linadilar:
psixrofillar;
mezofillar;
termofillar.
Psixrofil mikroorganizmlarni mi’tadil о‘sish harorati 15-200S, mezofillarniki 25-270S, termofillarniki esa 500S dan oshmaydi. Haroratni mikroorganizmlarga nisbatan о‘ldirish imkoniyatiga asoslanib, pasterizatsiya va sterillash jarayonlari ixtiro qilingan. Pasterizatsiya (fransuz olimi Lui Paster nomi bilan bog‘liq) mikroorganizmlar saqlovchi suyuqliklarni 60-700S da bir necha daqiqa qizdirishga bag‘ishlangan bо‘lib, natijada vegetativ hujayralar nobud bо‘lsada, sporalar tirik holda saqlanib qoladi. Sterilizatsiyada esa butun tirik mikroorganizmlarni vegetativ hujayralari va sporalari nobud bо‘ladi. Sterilizatsiya yuqoriroq haroratda va har xil bosimda olib boriladi, u haqda ushbu kitobning “Oziqa muhitini tayyorlash va sterilizatsiya qilish” bо‘limida batafsilroq tо‘xtalib о‘tilgan. Past harorat ham mikroorganizmlar hayotiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Kо‘pchilik hollarda past harorat bakteriostatik samara kо‘rsatib, bakteriyalar о‘sishi, rivojlanishi va kо‘payishini tо‘xtatib qо‘yadi.
Yorug‘lik - Mikrorganizmlarni rivojlanishiga quyosh yorug‘ligi va boshqa nurli energiya shakllari о‘ziga xos ta’sir kо‘rsatadi. Quyosh yorug‘ligi (tо‘lqin uzunligi 300-1000 nm) faqat ma’lum bir guruh mikroorganizmlar uchungina ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Bu guruhga, xlorofill saqlovchi bakteriyalar kirib, ular yorug‘lik energiyasidan fotosintez uchun foydalanadilar. Barcha boshqa bakteriyalar qorong‘uda yaxshi rivojlanadilar. Mikroorganizmlarga, kо‘rinmas, qisqa tо‘lqinli ultra binafsha nurlar (tо‘lqin uzunligi 10-300 nm) eng katta ta’sir kо‘rsatadilar. Ularni ta’siri ildiruvchi, yoki mutagenli, ya’ni irsiyatni о‘zgartiruvchi holatda bо‘lishi mumkin. Ionlashtiruvchi radiatsiya (tо‘lqin uzunligi 10 nm dan kichik) ham ultra binafsha nurlari kabi yoki о‘ldiruvchi, yoki mutagen ta’sir etadi. Ammo, tabiatda yuqori meyorli ultra binafsha yoki ionlashtiruvchi radiatsiya nurlariga chidamli bakteriyalar ham kо‘plab uchraydi. Ulardan ba’zilari atom reaktorlaridan ajratilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |