3-Mavzu: Metallarni kesish jarayoni to’g’risida umumiy ma’lumot.
Reja:
1.Kesib ishlash usullarining mashinasozlikda tutgan orni.
2. Kesish jarayonining turlari,Kesgich ,uning qisimlari va elementlari.
3.kesuvchi asboblarning tayyorlash materiallari,ularning xossalari.
4. Keskich burchaklari,ularni tanlash.
Kesish jarayonining turlari.
K esish jarayonining uchta asosiy turi bor. Kesib ajratish. Kesish jarayonining bu turi pona shaklidagi asbob bilan bajariladi, bunda material ikki bo’lakka bo’linadi, misol, zubila bilan qirqish (3.1-shakl).
3.1. – shakl. Kesib ajratish 3.2. – shakl. Kesib olish.
Kesib olish. Bu holda kesish jarayoni ikkita kesuvchi asbob vositasida amalga oshiriladi va bunda ham material ikkiga bo’linadi, misol, mexanik va qo’lda kesuvchi qaychilar bilan kesish (2.2-shakl).
qirindi ajratish. Bunda kesish jarayoni har xil kesuvchi asboblar (keskich, parma, metchik, zenker, razvertka va h.k.z.) yordamida zagotovka sirtidan materialning ma’lum qatlamini qirindi tarzida ajratib olishidan iborat (2.3-shakl).
Birinchi holda ta’sir ettiriladigan kuch kesuvchi asbob tanasidan o’tib, o’kirlik burchagi ni teng ikkiga bo’ladi, buning natijasida tig’ning ikkala yuzasiga qariyb bir xil yuklanish tushadi, bunda qirindi hosil bo’lmaydi.
3.3.–shakl. qirindi ajratish 3.4.–shakl.Tokarlik keskichi
Ikkinchi holda kesish kuchi asbobning yuzalaridan biri bo’ylab o’tadi va kesish kuchlanishi hosil qiladi, bunda ham qirindi hosil bo’lmaydi.
Uchinchi holda kesish kuchi asbobning oldingi yuzasiga tushadi, buning natijasida esa materialning ma’lum qavati qirindi tarzida ajraladi.
Keskich, uning tuzilishi, qismi va elementlari.
Keskich metall ishlash sanoatida eng ko’p tarqalgan asbobdir. Nazariya va tajribalarga asoslanib, keskich tig’i burchaklarining optimal qiymatlari va tig’ining shakli topildi. Kesish burchaklarining to’g’ri tanlanishi kesish jarayonini osonlashtirishga, qirindining to’g’ri ajralishi va chiqishiga yordam beradi, uning natijasida esa energiya sarfi kamayadi, asbobning xizmat qilish muddati va dastgohning ish unumi ortadi. Keskich ikki qismdan: kallak, ya’ni ish qismidan va keskichni supportga yoki tutkichga mahkamlash uchun xizmat qiladigan tana, ya’ni sterjendan iborat (2.4-shakl). Keskich kallagi quyidagi elementlardan tashkil topgan.
1.Oldingi yuza. Keskichning qirindi chiqadigan yuzasi oldingi yuza deb ataladi (3.5-shakl).
2.Asosiy va yordamchi ketingi yuzalar.Keskichning yunilayotgan detalga qaragan yuzalari ketingi yuzalar deb ataladi.
3. Kesuvchi qirralar. Bu qirralar oldingi hamda ketingi yuzalarning kesishuvidan hosil bo’ladi va asosiy ishni bajaradigan asosiy kesuvchi qirra bilan yordamchi kesuvchi qirraga bo’linadi.
4. Keskichning uchi. Keskich kallagining bu elementi asosiy kesuvchi qirra bilan yordamchi kesuvchi qirraning to’tashuv joyidan iborat.
5.Keskich kallagining balandligi. Keskich uchidan tayanch yuzasigacha bo’lgan va shu yuzaga perpendikulyar holda o’lchangan masofa keskich kallagining balandligi deb ataladi va h harfi bilan belgilanadi (3.6-shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |