3-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati


 Menejmentning ilmiy maktablari



Download 194,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana28.04.2022
Hajmi194,72 Kb.
#587384
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 maruza

2. Menejmentning ilmiy maktablari 
 
Boshqaruv fikri g’oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar 
mavjud bo’lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha 
farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo’lganlar, shuning uchun 
boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko’proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog’liq 
bo’lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo’yicha mutaxassislar tashkilot 
faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.
Hammadan avval, 
boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan 
yondashuv.
U, o’z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko’rib chiquvchi quyidagi 
beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq 
haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul. 
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920).
Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” 
nomi bilan keng mashhur bo’lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning 


boshlariga to’g’ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor 
(1850-1915) turgan, u o’zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish 
maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi 
menejment zamonaviy kontseptsiyasining asosiy nazariy maktabi bo’lgan. Bu maktabning 
ko’zga ko’ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir. 
F.Teylor o’z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. “Kelishuv 
tizimi” (1895), “TSex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). F.Teylor 
o’z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo’shish, “kapitalistik korxonalarda 
hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni 
jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta sho’’baiqish 
uyg’otgan. 
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish 
uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o’sishi va xo’jayinlar va ma’muriyat 
bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida 
qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to’liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar 
o’rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o’ylagan. 
SHunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir: 
-
ma’muriyat hal qilishi kerak bo’lgan vazifalarni belgilash; 
-
sub’etivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish
-
boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish; 
-
mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga 
yo’naltirish; 
-
faoliyatni qat’ian tartibga solish
-
vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng to’g’ri bajaradigan xodimlarni maqsadga 
qaratilgan xolda tanlab olish, ularni o’qitish; 
-
xo’jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy tahlildan 
foydalanish; 
-
ishlarni rejalashtirish; 
-
xodimlarni rag’batlantirish. 

Download 194,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish