. Qadimgi amaliyot va yangi fan.
Tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo’lsa boshqaruv jarayonini amalga oshirishi shart.
Qadimgi zamonlarda ham tashkilotlar bo’lgani kabi, ularda boshqaruv ham mavjud bo’lgan.
Demak, boshqaruv amaliyoti qadimdan beri mavjud bo’lgan. Temuriylar bog’lari, Buxoro va
Samarqanddagi tarixiy obidalar, shaharlar, mamlakatlar o’rtasida yuz bergan urushlar, Misr
exromlari – bular barchasi tashkiliy harakatlar natijasida amalga oshgan. Bu harakatlar barchasi
boshqaruv faoliyati orqali amalga oshirilgan. Belgilangan maqsadga erishish esa samarali tarzda
boshqarishni, ishlarni to’g’ri tashkil etishni talab qilgan.
Yillar o’tishi bilan tashkilotlar kengayib, ularni faoliyati murakkablashib borgan. SHu
sababli, ularni boshqarish ham murakkablashib boradi. Qadimgi boshqaruv bilan zamonaviy
boshqaruv orasida katta farq bor. Boshqaruv faoliyati qadimiy bo’lgani bilan boshqaruv g’oyasi
ilmiy fan sifatida, tadqiqotlar sohasi sifatida, nisbatan yangidir. Rivojlanish davom etib borgan
sari boshqaruvga fan sifatida qarash boshlandi. Boshqaruv faoliyati tadqiqotlar sohasiga aylandi,
samarali boshqaruv yo’llari izlana bordi.
7. 1900 yilgacha bo’lgan tashkilotlar va ularni boshqarish.
Tashkilotlar ham qadimdan mavjud bo’lgan. Ammo, qadimgi tashkilotlar hozirgi
tashkilotlardan ko’p jihatdan farq qilgan. Qadimgi tashkilotlarda ham zamonaviy tashkilotlarning
ba’zi bir jihatlari mavjud bo’lgan. Rivojlanish natijasida tashkilotlar ham murakkablashib
borgan.
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlarni 1-jadvalda
ko’rsatilgan.
1-jadval
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlar
Qadimgi tashkilotlar.
Zamonaviy tashkilotlar
Kichik va mayda tashkilotlar.
Yirik va bakuvvat tashkilotlar.
Rahbarlarning kamligi.
Rahbarlarning ko’pligi.
O’rta bo’g’in rahbarlarining yo’qligi.
O’rta bo’g’in rahbarlarining ko’pligi.
Boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat
turlaridan ajralmaganligi.
Boshqaruv faoliyatining mustaqilligi.
Rahbarlikni avloddan-avlodga o’utishi
yoki kuch ishlatib olinishi.
Rahbarlikni qonuniy yo’l bilan, ilm va
bilim egallanishi.
Tashkilot uchun muxim qarorlar
kamchilik tomonidan qabul qilingan.
Muxim
qarorlar
qabul
qilishda
ko’pchilikning qatnashuvi.
Buyruq bilan ishlash.
Jamoa mehnati va samarali faoliyatga
asoslanish.
Tashkilotlar va boshqarish qadimda va hozir mavjud bo’lgani bilan ular orasida juda katta
farq bo’lgan. Avvalgi vaqtlardagi tashkilotlarda, ya’ni, XX-asrgacha bo’lgan tashkilotlarda
boshqaruvni qanday qilib tizimli tarzda amalga oshirishga qiziqish bo’lmagan, asosan ko’proq
pul ishlab topish asosiy maqsad hisoblangan. SHu bilan birgalikda siyosiy xokimiyatga ega
bo’lishga qiziqish katta bo’lgan. Qanday kilib samarali boshqarishni amalga oshirish to’g’risida
fikr yuritilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |