1.3-rasm. Korxonada mehnat taqsimotining turkumlanishi
Operatsiyali mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonini tor doirada ixtisoslashuviga olib keladi, bu o’z navbatida har bir operatsiyani bajarayotgan ishchilarni ixtisoslashgan darajasini yuqori bo’lishiga va mehnatni mexanizatsiyalash imkoniyatlarini oshishiga va ishchilarni mehnat mahoratlarini tezroq o’zlashtirishlariga yo’naltirilgandir.
Engil sanoat korxonalarida operatsiyali mehnat taqsimoti quyidagi asosiy xususiyatlar bo’yicha amalga oshiriladi:
1) bajariladigan ishlar tarkibining bir xildaligi;
2) bajariladigan ishlarning hajmi.
Bajariladigan ishlar tarkibining bir xildaligi bo’yicha mehnat taqsimoti quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
a) tayyorgarlik ko’rish ishlarini asosiy ishlardan ajratish;
b) yordamchi ishlarni asosiylaridan ajratish;
v) malakali ishni malakasiz ishlardan ajratish.
Bajariladigan ishlarning hajmi bo’yicha mehnat taqsimotini qo’llash - bu ishchilarga ularning shaxsiy unumdorligiga mos ravishda ish hajmini belgilashdan iboratdir. Mehnat taqsimotining ushbu xususiyati asosan uzluksiz potok ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladi, ishchilarning shaxsiy unumdorliklari potokning quvvati va maromiga moslashtiriladi va shunga ko’ra bitta ish o’rnida bir ishchi bir necha texnologik operatsiyani bajarsa, boshqa ish o’rnilarida bitta texnologik operatsiyani bir necha ishchi bajaradi. Masalan, potokning quvvati 500 dona mahsulotga teng, bitta ishchi unumdorligi 100 dona bo’lsa, ushbu hajmdagi ish 5 kishi o’rtasida taqsimlanadi. Bajariladigan ishlarning hajmi bo’yicha mehnat taqsimotida operatsiyalarning o’rindoshligi amalga oshiriladi, bir ish o’rnida bir necha texnologik operatsiyalar bajariladi.
Operatsiyali mehnat taqsimotining samaradorligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
a) ishchilarni nisbatan tor doiradagi ishlarni bajarishga ixtisoslashganligi kadrlarni tayyorlash muddatlarini ancha qisqartiradi;
b) bir xil operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashganlik ishning qat’iy maromining ishlab chiqilishiga, ishchilarning maromining oshishiga, mehnat harakatlarini bajarish tezligining amalga oshishiga ko’maklashadi. Bu o’z navbatida mahsulot tayyorlashga ketgan umumiy vaqt xarajatlarining kamayishiga olib keladi;
v) ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, yuqori unumli ixtisoslashgan uskunalarni joriy etish uchun zamin yaratadi;
g) mehnat sarfi iqtisodini ta’minlaydigan ixtisoslashgan asboblarni, moslamalarni qo’llashga imkon beradi;
d) mehnat vazifalarining ixtisoslashuvi ish o’rnida mehnatni tashkil qilishni yaxshilaydi, bu ish vaqtidan va uskunalardan maqsadliroq foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Mehnat kooperatsiyasi mahsulot ishlab chiqarish jarayonini qismlarga ajratib, ularni bajarish bilan bog’liq bo’lgan xodimlarni birgalikda faoliyat yuritishini taqozo qiladi. Ishlab chiqarishning yakuniy maqsadiga erishishi uchun alohida ijrochilarning birgalikdagi faoliyati - mehnat kooperatsiyasi deyiladi.
Kooperatsiya korxonalarda jonli mehnatning unumdorligini oshirishda kuchli vosita bo’lib hisoblanadi, ma’lumki, kishi faoliyatini ishlab chiqarish jarayonida oddiygina birlashtirish hisobiga ularni ish qobiliyatini, ishlab chiqarishdagi faolligini oshirish mumkin, kishilarda raqobatchilik ruhi paydo bo’ladi.
Mehnat kooperatsiyasi mehnat taqsimotining bevosita natijasidir. Mehnat taqsimoti qanchalik chuqur bo’lsa, kooperatsiya shunchalik keng bo’ladi, ishlab chiqarish jarayoni qanchalik maydalangan bo’lsa, u shunchalik ko’p kishilar faoliyatini birlashtiradi, ularning birgalikdagi faoliyati yordamida, korxona oldiga qo’ygan oliy maqsadga erishadi.
Korxonalarda mehnat kooperatsiyasining turli shakllarini qo’llash asosida ishlab chiqarish jarayoni tartibga solinadi, xodimlar orasida oqilona ishlab chiqarish aloqalari o’rnatiladi.
Engil canoat korxonalarida ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy darajasining rivojlanishi, ishlab chiqarish jarayonining tashkil qilish shakli va mehnat taqsimotining turlariga ko’ra, mehnat kooperatsiyasining sexlararo, sexlardagi uchastkalararo yoki sex ichidagi va ijrochilararo ishchilar orasidagi kooperatsiyaning turlari mavjud.
Sexlararo kooperatsiya - bu korxonadagi bir necha sex jamoalarining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki har xil lekin bir-biri bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonida birgalikda ishtirok etishi tushuniladi. Korxonalarning ishlab chiqarish tizimlariga ko’ra asosiy ishlab chiqarish sexlari yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi sexlar bilan bevosita aloqada bo’ladi. Masalan, asosiy sexlarni elektr energiya, suv, bug’ bilan ta’minlash yordamchi sexlarning vazifasi bo’lib, asosiy sexlar esa gazlamalarni tekshirish, bichish sexlari kabi tayyorgarlik sexlari bilan o’zaro bog’langan. Asosiy sexlar tayyor mahsulot ishlab chiqarishning aniq bir texnologik jarayonini amalga oshiradilar.
Sex ichidagi kooperatsiyada bir necha uchastka jamoalarining bir xil yoki bir-biri bilan bog’liq holda bo’lgan har xil ishlab chiqarish jarayonlarida hamkorlikda faoliyat yuritishiga aytiladi. Sex ichidagi kooperatsiya ishlab chiqarish uchastkalarida aloqalarning aniq shakllari, ularning ixtisoslashuv xarakteri va tashkiliy tamoyillariga ko’ra belgilanadi. Masalan, tikuvchilik sexlari mayda detallarga ishlov berish, detallarni yig’ish, tayyor mahsulotni pardozlash uchastkalaridan tashkil topgan bo’lib, ular o’zaro bog’langan holda ishlab chiqarishda qatnashadilar.
Ishchilar orasidagi kooperatsiya - bitta texnologik jarayonni amalga oshirishda ishchilarni hamkorlikda faoliyat yuritishiga aytiladi. Mahsulot tayyorlash texnologik izchillikka amal qilgan holda tashkil qilingan ish o’rinlarida ishchilar tomonidan amalga oshiriladi, bir ishchining bajargan ishini ikkinchisi davom ettiradi.
Kooperatsiyaning oqilona turini tanlashda brigadalarning ahamiyati katta bo’lib, ular hamkorlikda ishlashning eng sodda ko’rinishidir. Brigadalar har xil texnologik operatsiya va vazifalardan tashkil topgan aniq bir ishni bajarish uchun, jamoaning yuqori unumdorlikka erishishida ishchilarning javobgarlik hissini o’stirishda va ularni jamoa moddiy rag’batlantirishdan manfaatdor bo’lishlarini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadi.
Demak, brigada a’zolarining sonini tanlashda buning uskunalar va mehnat unumdorligiga qanday ta’sir qilishini hisobga olib, iqtisodiy asoslash kerak. Brigada bir necha turga bo’linadi:
1. Brigadalar tuzilishiga ko’ra ixtisoslashtirilgan va kompleks brigadalardan iborat bo’ladi. Bir xil kasb yoki ixtisosdagi ishchilardan tuzilgan brigadalar ixtisoslashtirilgan brigadalar deb yuritiladi. Ular bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Har xil kasb ixtisosdagi hilma-xil funksiyalarni bajaruvchi ishchilardan tashkil topgan brigadalar kompleks brigadalar deb yuritiladi. Kompleks brigadalarda ishchilarning hammasi yoki bir qismi bir-birining ishini bajara olish prinsipi asos qilib olinadi. Mehnat bu usulda tashkil qilinganda ish vaqti va jihozlari oqilona foydalaniladi, brigadada ish haqi jamoaning shu natijalariga ko’ra to’lanadi.
2. Ishlab chiqarish brigadalari bajariladigan ishlar hisobi yuritiladigan davrga ko’ra smenali va sutkali brigadalarga ajratiladi.
Bir smenali ishchilardan tashkil topgan brigada smenali brigada, ikki yoki uch smena ishchilarini o’z ichiga olgan brigada sutkali brigada deb yuritiladi.
Sutkali brigadaning afzalligi shundaki, bunda jihozlarning bo’sh turib qolish vaqti kamayadi va hisob kitob operatsiyalari qisqaradi.
Kooperatsiyani oqilona turini tanlashda brigadalarning ahamiyati katta bo’lib, ular hamkorlikda ishlashning eng sodda ko’rinishidir. Brigadalar har xil texnologik operatsiya va vazifalardan tashkil topgan aniq bir ishni bajarish uchun, yuqori unumdorlikka erishishda ularni javobgarliklarini oshirish va jamoa moddiy rag’batlantirishdan manfaatdor bo’lish maqsadida tashkil qilinadi. Kompleks brigadalar - har xil kasb va mutaxassislik ishchilaridan tashkil topadi. Bu brigadalarning paydo bo’lishi texnik progressning hosili, ishlab chiqarishga yangi takomillashgan uskunalarni kiritilishi.
Kompleks brigadalarni 3 xil turi mavjud: to’la mehnat taqsimoti bilan, to’la bo’lmagan va mehnat taqsimotisiz brigadalar.
Kompleks brigadalar to’la mehnat taqsimoti bilan - har xil mutaxassislik va har xil malakali ishchilarni birlashtiradi. Ularning har biri o’zining malaka darajasiga to’g’ri keladigan qandaydir mehnat funksiyasini bajaradi.
To’liq taqsimotisiz kompleks brigadalarga har xil mutaxassis ishchilar kiradi, lekin bu erda mehnat funksiyalarining tor ixtisoslashuvi yo’q. Ishchilar o’z vazifalaridan tashqari har xil boshqa operatsiyalarni ham bajaradilar.
Mehnat taqsimoti bo’lmagan kompleks brigadalar - bir kompleks ishlarni bajaruvchi keng soha ishchilarni birlashtiradi. Kompleks brigadalar mehnatni tashkil qilishni progressiv shakli bo’lib hisoblanadi.
Ular quyidagi masalalarni samarali hal qilishga ko’maklashadi:
- ma’lum ishlab chiqarish kompleksini hamma ishlarini bajarishda kerak bo’lgan kelishuvni belgilash;
- brigada a’zolari orasida vazifalarni ratsional taqsimlash, operatsiyalararo tanaffusni qisqartirish, ishchilarni o’zaro o’rin almashishini asosiy ish funksiyalarini optimal moslashuvini ta’minlash.
Kompleks brigadalar keng ahamiyatga ega bo’lmoqda. Bir qator tarmoqlarda ishchilar mehnatini tashkil qilishni asosiy shakli bo’lib qoldi.
Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi mehnatni ilmiy tashkil qilishning asosiy yo’nalishi bo’lib, undan samarali foydalanish asosida yuqori unumdorlikka erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |