3-mavzu. Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash



Download 89,95 Kb.
bet6/6
Sana11.06.2022
Hajmi89,95 Kb.
#656317
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MAVZU. MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT BILAN TA’MINLASH

Qisqacha xulosalar
Bozor munosabatlarining ravnaqi, erkin raqobat muhitning yaratilishi sharoitida marketing tadqiqotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi tabiiy jarayondir. Xaridor ishtiyoqi, unga ma’qul bo‘lgan tovar va xizmatlarni shakllantirishda, raqobat kurashida muhim va hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lgan marketing tadqiqotlarini samarali tashkil etish, amalga oshirish, hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida mazkur tadqiqotlarni joriy va strategik jihatdagi vazifalardan biriga aylanishini va bu asosda bozorda raqobatbardosh va xaridorgir bo‘lgan «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» tamg‘ali tovarlar turini ko‘paytirishni, xorijiy firmalar bilan keng ko‘lamli hamkorlikni ta’minlash lozim.
Marketing tadqiqotlarini xo‘jalik yuritish faoliyatida yetakchi ahamiyatga ega bo‘lishi ko‘p jihatdan marketing bo‘limlari (xizmatlari) tizimini rejalashtirish va boshqarishda izchil tatbiq etishga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababdan, marketing tadqiqotlarini uyushtirishda va amalga oshirishda tegishli tashkilot va korxonaning maqsadlari va strategik rivojlanish xususiyatlari albatta belgilovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Bozorga kirish, o‘rganish va unda yetakchilik qilish maqsadida amalga oshirilayotgan marketing tadqiqoti bir biridan o‘z ko‘lami, uslublari va ayrim jihatlariga ko‘ra keskin farqlanadi. Har bir tashkilot va korxona o‘zining bozordagi o‘rni, kelgusida rivojlantirish istagida muayyan marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi.
Hozirgi paytda marketing tadqiqotlari amaliy jihatdan dolzarb faoliyat sohalaridan biriga aylanmog‘i lozim. Mukammal va tezkor amalga oshirilgan tadqiqotlar kuchli bozor raqobati sharoitida, xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, favqulodda holatlarga moslashish imkonini beradi. Bu borada tadbirkorlik doirasida ishlab chiqilayotgan biznes rejalariga marketing tadqiqotlari hisoblari, natijalari aks ettirilishi diqqatga sazovordir. Chunki, bozor bilan bog‘liq barcha faoliyat, dastlabki bozor tahliliga, xaridor, uning istagidagi o‘zgarishlarga tayanadi. Bu asosda esa tegishli tashkilotning kelgusi faoliyat sohasi, doirasi aniq belgilanadi.
Marketing tadqiqotlari uchun kerakli va zaruriy axborot va ma’lumotlar ko‘lamini muayyan tartibga solish vazifasini hal qilish bilan mamlakatimizda madaniy bozor tizimi, uning infratuzilmasi barpo etiladi. Ayni vaqtda amalga oshirilayotgan islohotlar bu o‘rinda o‘z samarasini bermoqda va bu hozirgi kunda qaror topayotgan marketing axboroti, jamiyat miqyosida samarali ilg‘or loyihalarni amalga oshirish, korxona va tashkilotlarning eksport salohiyatini oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu sababli, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish xalq xo‘jaligi ahamiyatiga molik vazifalardan biridir.


Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing axboroti tizimi qanday tuzilishga ega?
2. Ichki hisobot tizimida nimalar ko‘rsatiladi?
3. Marketing axboroti asosini nimalar tashkil etadi?
4. Amaliyotda axborot to‘plashning qanday uslublari qo‘llaniladi?
5. Axborot to‘plashning imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz?
6. Axborotlar tahlili qanday olib boriladi?
7. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan foydalaniladi?
8. Axborot manbalari nimalardan iborat?
Download 89,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish