Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to‘plangan ko‘rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‘indisi tashkil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnomasi - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko‘pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag‘ sarflanadi. Odatda, marketing tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k.)
3. Tashkilot ma’suliyati bo‘yicha izlanishlar.
4. Bozor tahlili.
5. Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi o‘tkazish, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha va h.k.).
3.2-rasm. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi
Marketing xususida to‘plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan bo‘lishi tabiiy.
Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar bilan boyitilishini va tegishli axborotni qayta ishlash jarayonida mukammallashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkibi ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan.
Amaliy faoliyatda ularning ko‘lami juda keng bo‘lib, tashkilotda marketing faoliyatining tashkil etilish darajasi, zarurati va salohiyatiga qarab ko‘p yoki kam qo‘llanilishi mumkin. Hozirgi paytda, ko‘plab marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarni kompyuter dasturlari sifatida sotmoqdalar. Shu jihatdan modellar banki doimiy kengayib borish xususiyatiga ega bo‘lib bormoqda.
Har qanday boshqaruv qarorlari (shu jumladan marketing) uchta asosiy jihatlarga (dolzarb, haqqoniy va to‘liq) ega bo‘lgan, axborotlarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida marketing axborotlarini roli quyidagi rasmda keltirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |