3-mavzu: ma’NAVIYAT VA ma’rifatning o‘zaro aloqadorligi. SHAXS VA MILLAT ma’naviy takomilining uyg‘unligi reja



Download 279,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana12.06.2022
Hajmi279,93 Kb.
#658531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 (1)



3-MAVZU: MA’NAVIYAT VA MA’RIFATNING O‘ZARO 
ALOQADORLIGI. SHAXS VA MILLAT MA’NAVIY TAKOMILINING 
UYG‘UNLIGI
REJA: 
1. Ma'rifat tushunchasi.Uning mazmun va mohiyati.Ma'naviyat va ma'rifatdagi 
o’zaro uyg‘unlik. 
2. Ma'naviyat va ma'rifatning yangi jamiyatni qurishdagi qudratli kuch va bebaho 
manba ekanligi. 
3.Ta'Iim-tarbiya - shaxs mahiaviy fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan 
tizim.Ta’lim va tarbiyadagi uzviylik. 
4.Shaxs va millat ma’naviy takomilining uyg’unligi. 
5.Ma’naviy qashshoqlikning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri. 
Jamiyat taraqqiyotini ma’rifatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. «Ma’rifat» arab 
tilidan olingan bo‘lib, «bilish», «bilim», «tanish» kabi ma’nolarni bildiradi. Bu so‘z 
qadim zamonlardan tortib, to XX asr boshlarigacha asosan bilim va ilm, uni egallash 
borasida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya jarayoni ma’nosida qo‘llab kelingan.
Evropa adabiyotida bu tushuncha XVII asr oxiri- XVIII asr boshidan beri 
qo‘llanila boshladi. Bu tushunchani G‘arb falsafiy faniga birnchi bo‘lib Vol’ter va 
Gerder kabi ma’rifatparvar olimlar olib kirgan. 
Nemis mumtoz falsafasining asoschilaridan biri Kant mazkur tushunchaning 
mazmun va mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. U o‘zining «Ma’rifat nima? 
degan savolga javob» nomli maqolasida bayon qilishicha, ma’rifat inson shaxsini 
tarbiyalash, uning aqli, axloqi imkoniyatlaridan jamiyatning ilgarilama, ya’ni 
yuksaklik tomon taraqqiyoti manfaatlari yo‘lida foydalanishdir.
Ma’naviyat va ma’rifat. XX asr boshlarida taniqli rus sharqshunosi Oldenburg 
Evropaning ma’naviyat sohasida shu kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlari o‘tmishda 
SHarq ma’naviyati ko‘tarilgan kamolot cho‘qqilariga nisbatan go‘dak bolaning 
"chug‘ur-chug‘uri" darajasidadir, degan edi. Nega endi? Mening nazarimda, bu 
xulosa SHarqda ko‘p asrlik ma’naviy takomil jarayonida ongli ravishda ishlab 
chiqilgan mukammal ma’rifat yo‘llari, ma’naviy tarbiya vosita va usullaridan hayrat 
zaminida shakllangan bo‘lishi kerak
1

Ma’rifat – bilim va ilm, uni egallash ma’nosida u yoki bu insoning tabiat
jamiyat, inson mohiyati haqidagi bilim va ilmlarni egallaganlik darajasi va unga 
aloqadr bo‘lgan jihatlarni aks ettiruvchi tushunchadir.
Ma’rifatni kishilar ongiga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Maorif ma’rifatni xalq orasida yoyish quroli va vositasidir. U o‘z ichiga 
maktabgacha tarbiya muassasalari, o‘rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlari kabi o‘quv yurtlarini qamrab oladi. Ma’rifatni talaba yoshlar o‘rtasida 
yoyishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlari ham muhim o‘rin 
tutadi. 
Ma’rifat qaramlik, qo‘rquv va hadikni bartaraf qiladi, insonga beqiyos ilohiy 
qudrat, mislsiz salohiyat ato etadi. Bizning o‘lkamiz xalqlari azal-azaldan ma’rifatga 
1
Имомназаров М. Миллий маънавиятимиз асослари. Ўқув қўлл./ -Т.: Ўзбекистон файласуфлари миллий 
жамияти. 2006.-Б. 217. 


intilib yashagan. SHuning uchun ham bu o‘lkadan umuminsoniyat ilm rivojiga ulkan 
hissa qo‘shgan mutafakkirlar, ilmu ulamolar etishib chiqqan. Ular Farg‘oniy, 
Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Buxoriy, Termiziy, Marg‘iloniy, Motrudiy, 
Zamaxshariy va boshqalar nafaqat ilm cho‘qqilarini egallabgina qolmay, uni – ya’ni 
ma’rifatni keng targ‘ib etganlar, o‘rgatganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar.
Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, Ashurali Zohiriy, 
Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat, Ahmad Donish va boshqalar mamlakatni, 
xalqni milliy zulm va ma’rifiy qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma’rifatda 
deb bildilar.
Ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy inson ma’naviy yuksalishida bilim va 
ilmning ahamiyati ustida to‘xtab shunday yozgan edi: «Ilm dunyoning izzati, 
oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. 
Zeroki ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, 
fikrimizni qilich kabi o‘tkur qilur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur»
2

Ingiliz faylasufi F.Bekon ta’kidlashicha «Bilim kuch, kuch esa bilimdadir», 
Rudakiy esa «Bilim – barcha kulfatlarga qalqon» deb bilimning inson hayotida 
muhim ahamiyatga ega ekanligini izohlaydi. Prezidentimiz Islom Karimov «Kuch – 
bilim va tafakkurda»degan konseptual g‘oyani ilgari surib, bilimning inson 
ma’naviyatini butun qiladigan, har qanday qiyinchiliklarni engib o‘tishda, yovuz va 
begona g‘oyalarga qarshi kurashda unga madad beradigan kuch ekanligini 
ta’kidlaydi.
Prezidentimiz buyuk ajdodlarimizning ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligi 
haqidagi qarashlarini umumlashtirib: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan 
ajratib bo‘lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir,”
3
- deb 
ta’kidlagan edi.
Inson shaxsini shakllanishida tarbiya ustivor ahamiyatga ega bo‘ladi. U ta’lim 
berish jarayonini, barcha ma’rifiy tadbirlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Har qanday 
ta’lim tarbiya bilan uyg‘unlashgandagina etuk ma’naviyatga, ma’naviy barkamol, 
komil insonni voyaga etkazishga zamin bo‘ladi. 

Download 279,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish