3-mavzu: ma’NAVIYAT VA ma’rifatning o‘zaro aloqadorligi. SHAXS VA MILLAT ma’naviy takomilining uyg‘unligi reja


Ma’naviyat va ma’rifat – ma’naviy barkamollikning asosi



Download 279,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana12.06.2022
Hajmi279,93 Kb.
#658531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 (1)

 
Ma’naviyat va ma’rifat – ma’naviy barkamollikning asosi 
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishimizda ma’naviy 
barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga etkazish biz uchun umummilliy 
miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z istiqboli, 
kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o‘z farzandlarining 
ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero buyuk 
ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun yo 
hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur».
11
Jamiyatni, mamlakatni, xalqni tanazzul va halokatdan asrovchi va qutqaruvchi kuch 
ma’naviyat va ma’rifatdir. Buni bizning ajdodlarimiz to‘g‘ri tushunib etgan va o‘z 
farzandlarini kamolga etkazishda ularning ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasiga katta 
ahamiyat berganlar. Bu haqda eng qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»da shunday 
deyilgan: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. 
Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o‘qishni, keyin esa 
yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin».
12
Ma’naviyat va ma’rifat birgalikda bir maqsadni ko‘zlaydi, ya’ni kishilarni 
kamolot cho‘qqisini egallashlari uchun yo‘l ochadi. Zaminimizda yashab ijod qilgan 
mutafakkirlar o‘z asarlarida ma’rifat ya’ni ilm – fanning inson ma’naviy 
barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida qimmatli fikrlarni bayon qilganlar. 
Ularning ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati 
haqidagi qarashlarini o‘rganish – bugungi kunda ma’naviy barkamol yoshlarni 
tarbiyalash borasidagi vazifalarni amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb 
etadi. «Bizlarni (ilm) jaholat qorong‘ulig‘idan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, 
ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi 
xulq va adab sohibi qilur. Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur... 
Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, 
himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog‘lidur,»
13
- deb yozgan edi 
10
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.:“Маънавият”, 2008.-Б. 95-96. 
11
Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. -Т.: “Ўқитувчи”, 1992. –Б.14.
12
Макавелъский А.О. Авесто.Баку, «Азербажан,» 1960. -Б. 18.
13
Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. -Т.: “Ўқитувчи”, 1992. –Б.22-23.


Abdulla Avloniy. U yana jaholat, ilmsizlik, ma’rifatsizlik va ularning zarari haqida 
shunday deydi: «Jaholat deb o‘qumagan, bilimsiz, hech narsaga tushunmaydurgan 
nodonlig‘ni aytilur. Jaholat insoniyatning eng zo‘r dushmani va yomon xulqlarining 
boshlig‘idur... Jaholat arbobi qayu-erda bo‘lsa bo‘lsin, loyiqi e’tibor o‘lmaq 
sharafindan mahrumdur. Moddiy jihatdan qancha boy va sarvatdor bo‘lsa, ma’naviy 
jihatdan shuncha faqir va zalil hisoblanur. Zeroki, jaholat eng qo‘rqinch faqir va 
muhtojlikdan ziyoda dahshatliroq bir musibatdur».
14
Haqiqatan ham kishida jaholat kuchli bo‘lsa, uning xatti harakatini jaholat 
boshqarsa, bunday kishi ma’naviy tubanlik botqog‘iga botadi va oxir oqibat 
halokatga uchraydi. Agar bunday holat butun jamiyat, millatni o‘z domiga tortsa, 
unda jamiyat tanazzulga uchraydi, millat esa o‘zligini yo‘qotadi.
Ko‘rinadiki, odamzot naslining ulo‘g‘ligi ma’rifat va ma’naviyatdan. U aql-
idrok, ilm tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir. Ma’rifat va ma’naviyat o‘ylab 
ko‘rilsa, misoli bir jilov. U insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan, 
ma’naviyatsizlikdan tiyib turadi. Ma’rifatli va ma’naviyatli insonlar o‘z orzu-
istaklariga etadi, maqsadlariga erishadi. Ma’rifat va ma’naviyatni o‘zida mujassam 
etgan kishilarning foydasi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz bo‘lib, 
hurmatga sazovor bo‘ladilar. 
Ma’naviyat va ma’rifatning inson ma’naviy barkamolligidagi beqiyos 
ahamiyatini hisobga olgan holda mustaqillikka erishganimizdan buyon 
Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat rivojiga katta 
ahamiyat berib kelmoqda. Zero, “... bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli 
va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini 
anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon 
hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi 
mumkin”
15
.
YUqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda ma’naviyat va ma’rifatni uyg‘un holda rivojiga 
alohida ahamiyat berib kelinmoqda.
Bunga Prezidentimizning «Ma’naviyat va ma’rifat jaioatchilik markazini 
tashkil qilish to‘g‘risida» (1994 yil 23 aprel); «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi 
faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida 
«(1996yil 9 sentyabrr);» Respublika ma’naviyat va ma’naviyat kengashini qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida (1999 yil 3 sentyabrr)ga farmonlari; Vazirlar Mahkamasining 
«Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarini yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1998 yil 24 iyul) qarori; Oliy Majlis 
tomonidan «Ta’lim tizimini isloh qilish» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» 
to‘g‘risida (1997 yil 29 avgust) qabul qilingan qonunlar yaqqol misoldir. 
Mamlakatimizda ma’rifatni rag‘batlantiruvchi, unga xomiylik qiluvchi «Is’tedod», 
«Kamolot» kabi jamg‘arma va uyushmalar faoliyat ko‘rsatayotir.
Ko‘rinadiki, mustaqillik yillarida ma’naviyat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga 
oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz xalqimiz ko‘zlagan ezgu 
14
Ўша жойда: -Б. 43.
15
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 16- бет 


niyatlariga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, 
butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratadi.
Ma’naviyat va ma’rifat mamlakat miqyosida va joylarda olib boriladigan 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali kishilar ongiga singdiriladi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sirasiga hozir jamiyat hayotida tobora 
katta ahamiyat kasb etayotgan ommaviy axborot vositalari, ilmiy, badiiy 
adabiyotlar, barcha bilim yurtlarida, jamoatchilik orasida o‘tkazilayotgan suhbatlar, 
uchrashuvlar, munozaralar va boshqalar kiradi. Jamiyat rivojlanib ma’naviy 
kamolotga ehtiyoj kuchaygan sari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ko‘lami kengaya 
boradi. Ammo ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qancha yaxshi yo‘lga qo‘yilsa ham, 
insonning aqliy va axloqiy ya’niki ma’naviy kamoloti birdaniga amalga oshadigan 
ish emas. Garchi insonda ma’naviy barkamollikning nasliy imkoniyatlari bo‘lsa 
ham, ular o‘z-o‘zicha, stixiyali yoki biologik imkoniyatlar asosida amalga 
oshavermaydi. Ma’naviyatli va ma’rifatli ota va onadan tug‘ilgan farzand o‘z-
o‘zidan ma’naviy barkamol, komil inson darajasiga etmaydi. Ma’lum maqsadlar 
bilan bog‘langan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, ta’lim va tarbiya natijasi, oila, 
jamoa, mahalla, jamiyat ta’siri insonning ichki, tug‘ma ma’naviy – ruhiy, nasliy 
imkoniyatlarini ma’naviylik darajasiga ko‘taradi, odam farzandiga insoniylik 
fazilatlarini baxshida etadi, uning axloqi, odobi, bilimi, malakasi, iymon-e’tiqodi, 
dunyoqarashini shakllantiradi, barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishlariga olib 
keladi. 
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga e’tibor bermagan, ta’lim – tarbiya ishlarini o‘z 
oldidagi maqsadlar bilan bog‘lay olmagan jamiyat, davlat ko‘zlagan maqsadlariga 
erisha olmaydi. Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning 
bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Ma’naviyat va ma’rifat O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi 
ma’naviy barkamol, komil insonlarning quyidagi xislat va fazilatlarga ega bo‘lish 
ruhida tarbiyalab voyaga etkazishda muhim ahamiyatga egadir: 
-
aqlli, iymonli, mustaqil fikr yurtga oladigan;
-
odobli-millatimiz to‘plagan barcha ezgu, yaxshi, ijobiy axloqiy fazilatlarga 
ega bo‘lishlik;
-
mehnatsevarlik – aqliy va jismoniy mehnatni o‘zining hayotiy ehtiyojiga 
aylanganlik holati;
-
bilimli – dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur egallab, ularni hayotda qo‘llay 
olishligiga;
-
sog‘lomlik- jismoniy, ruhiy, ijtimoiy-siyosiy dunyo qarashlari va ma’naviy 
jihatdan sog‘lom fikr yuritishlilik;
-
milliy g‘ururga egalik- ajdodlarimiz yaratgan moddiy va ma’naviy merosni 
chuqur egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyituvchi;
-
vatanparvar – vatan taraqqiyoti va kelajagi uchun fidokorona mehnat 
qiluvchi, zarur bo‘lsa, uning uchun jonini ham beruvchi;
-
baynalminal – boshqa millatlarni o‘zining millati qatorida hurmat qilishi;
-
insonparvar – inson zotiga faqat yaxshilik qilishni o‘ylovchi;
-
jasur va shijoatli – qo‘rqmas, har bir ishga faol kirishib, uni oxiriga 
etkazuvchi va boshqalar. YUqoridagilarning ja’mi uzviy birgalikda inson ma’naviy 


barkamolligini o‘zida mujassam etadi. Ma’naviy –ma’rifiy tarbiyadan ko‘zlangan 
maqsad ham ana shunday xislat va fazilatlarga ega bo‘lgan ma’naviy barkamol 
insonlarni tarbiyalab voyaga etkazishdir.
Ajdodlarimiz tashbehiga ko‘ra, ma’naviyat inson qalbida aks etgan ilohiy nur, 
Oliy haqiqat nuri bo‘lib, uni o‘zida aks ettira olishi uchun inson qalbi sayqal 
topmog‘i zarur. Zero, sayqallanmagan ko‘ngilni xudbinlik zangi, g‘araz chirki 
egallab oladi va bunday inson ruhiyatida jaholat va zulmat ustunlik qila boshlaydi. 
"Ko‘ngil ko‘chalari qaylarga boshlamaydi" deyilganda, ana shu zulmatda qolgan 
ko‘ngil ko‘chalaridagi adashuv, gumrohlik nazarda tutilsa kerak. 
Inson qalbiga sayqal berish jarayoni esa ma’rifat deyiladi. Ma’rifat ma’naviyat 
sari eltuvchi yo‘llardan iborat bo‘lib, Alisher Navoiy "ma’rifat vodiysi"ni shunday 
ta’rif etadi: 
Vodiedur yuz tuman ming onda yo‘l,
Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul.
Ixtilofu juzv ila kull mundadur,
Kim taraqqi-yu tanazzul mundadur.
YUz tuman rahrav ko‘rarsen beqaror, 
Har biri bir yo‘lni aylab ixtiyor.
O‘z borur yo‘lig‘a har bir muftaxir,
Yo‘lni aylab o‘z yo‘lig‘a munxasir.
Bu oni tutmay musallam, ul muni,
Har bir o‘zdin o‘zga ko‘rmay, ul buni
16


Download 279,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish