3-mavzu. Korrupsiya va uning asosiy ko’rinishlari. Korrupsiyani bartaraf etishning asosiy yo’nalishlari. Reja: 1



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/61
Sana31.12.2021
Hajmi0,93 Mb.
#251825
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Bog'liq
4-Маъруза

Korrupsiyani 

o‘lchash 

usullari 

xilma-xilligiga 

qaramay, 

mutaxassislar 

korrupsiyaning  aniq  xarajatlari  va  oqibatlarini  aniqlashda  jiddiy  muammolarga  duch 

kelmoqdalar: 

 

korrupsiya  xatti-harakatlari  odatda  yashirin  bo‘lib,  bu  ularni  aniqlash  va  yozishni 



qiyinlashtiradi;  korrupsiya  faoliyati  to‘g‘risida  ko‘pincha  xabar  berilmaydi,  chunki  to‘lashi 

kerak  bo‘lganlar  qasos  olinishidan  yoki  biron-bir  darajada  jinoyat  uchun  javobgarlikni  o‘z 

zimmalariga olishlari mumkinligidan qo‘rqishadi; 

 

korrupsiya  turli  shakllarni  oladi  –  o‘g‘rilik,  firibgarlik,  qarindoshchilik,  poraxo‘rlik, 



tovlamachilik  va  pul  yuvish  (otmivaniye),  bu  korrupsiya  amaliyotini  yagona  indikator 

ko‘rinishida  qamrab  olish  imkonsiz  ekanini  ko‘rsatadi.  Masalan,  biror  bir  ishda  mansabdan 

foydalanib o‘z yaqin kishisiga yordam berish (boshqalar zarari hisobiga) va buning uchun to‘lov 

olmaslik, mohiyatan korrupsiya, lekin buni aniqlashning deyarli iloji yo‘q. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida pora 

beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu 

jahon  yalpi  ichki  mahsulotining  5  foizidir.  BMT  Bosh  kotibining  bildirishicha,  “Korrupsiya 

odamlarni  maktab,  kasalxonalardan  mahrum  qiladi,  investorlarni  vahimaga  soladi,  tabiiy 

resurslar  talon-taroj  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi,  boshqa  turli  jinoyatlar  paydo  bo‘lishiga  shart-

sharoit yaratadi. 

Jahon  mamlakatlari  orasida  korrupsiyaning  yoyilishi  indeksi  har  yili  xalqaro 

Transparency 

International 

tashkiloti 

tomonidan 

aniqlab 

chiqiladi. 

Transparency 

Internationalning  2018  yil  uchun  indeksi  180  mamlakatni  qamrab  olgan  va  0  dan 

(korrupsiyaning  eng  yuqori  darajasidan)  100  gacha  (korrupsiyaning  eng  past  darajasigacha) 

bo‘lgan  ko‘rsatkich  asosida  korrupsiyaning  qanchalik  yoyilganini  ko‘rsatadi.  Ushbu  indeks 

bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar sirasiga Daniya, Yangi Zelandiya kiradi. Eng 

ko‘p  korrupsiyalashgan  mamlakatlar  esa  Somali,  Suriya,  Janubiy  Sudan  bo‘lib,  Transparency 

International tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 

13 gacha. Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat 

mansabdorlarining  korrupsiyaviy  faoliyatga  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida  qator  taqiqlar,  cheklov 

va  yo‘l-yo‘riqlar  standartlari  kiritilishidan  tashqari  yana  maxsus  “korrupsiyaviy  bardoshlilikni 

tekshirish” usuli ham joriy etilgan. 

O‘zbekistonda  mustaqillik  yillarida  ba’zi  mansabdorlarning  tadbirkorlar  va  fermer 

xo‘jaliklari  mulklariga  ta’magirlik  ko‘zi  bilan  qarashi,  bankdan  kredit  olishi  yo‘liga  sun’iy 

to‘siqlar  qo‘yishi  zamirida  korrupsiyaviy  manfaatlar  yotgan  edi.  Yoshlarning  oliy  ta’lim 

muassasasi, tanlov yuqori bo‘lgan kollej va litseyga o‘qishga kirishida, talaba bo‘lgandan so‘ng 

esa  joriy,  oraliq  va  yakuniy  nazorat  bo‘yicha  zarur  ballarni  to‘plashida  ayrim  “ustoz”larning 

ta’magirligi negizida ham shu illat yashab keldi. Shuningdek, nufuzi va maoshi yuqori bo‘lgan 

korxona-idoralarga  ishga  kirishda,  yuqori  mansab  darajasiga  ko‘tarilishda,  turli  tenderlarni 

yutishda, xomashyo va boshqa resurslarni taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb 

ataluvchi  ko‘rinishi  urchiy  boshladi.  Ba’zan  aholiga  uy  solish  yoki  foydalanish  uchun  yer 

maydoni ajratish, davlat mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuritish bo‘yicha litsenziya olish kabi 

talab-ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalar ham o‘zini korrupsiya manbai o‘laroq namoyon etgani hech 

kimga sir emas. 

To‘g‘ri,  mustaqillik  davrida  korrupsiyani  jilovlash  va  tugatish  borasida  birmuncha 

islohotlar  amalga  oshirildi.  2008  yilda  O‘zbekiston  BMTning  Korrupsiyaga  qarshi 



konvensiyasiga  qo‘shildi.  2010  yilda  Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  tashkilotining 

Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i – Istanbul harakat dasturiga qo‘shildi. Xalqaro va milliy 

huquq me’yorlariga asoslangan Korrupsiyaga qarshi kurashishning Milliy rejasi ishlab chiqildi. 

Jinoyat  va  Jinoyat-protsessual  kodekslarida  korrupsiyani  sodir  qilgan  va  unda  qatnashgan 

shaxslarga nisbatan tegishli jazolar belgilandi. Shuningdek, Budjet va Bojxona kodekslari (yangi 

tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Tezkor-

qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” kabi qonunlar qabul qilindi. 

Korrupsiyaga  qarshi  kurashishning  huquqiy  asoslarini  takomillashtirish  va 

demokratlashtirish  maqsadida  2014  yilda  qabul  qilingan  “Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi 

organlari  faoliyatining  ochiqligi  to‘g‘risida”gi  qonun  esa  axborotdan  erkin  foydalanish  va  bu 

borada xalqaro standartlar me’yorlarini implementatsiya qilishda muhim qadam bo‘ldi. 

Taassufki,  korrupsiyaga  qarshi  kurashishda  bu  ijtimoiy  illatning  tomirlarigacha  yetib 

borilmadi, oqibatda ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar besamar ketdi. 

3.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Korrupsiyaga  qarshi  kurash  tug‘risida”  gi 



qonuni.    Mamlakatimizda  korrupsiyaga  qarshi  ayovsiz  kurash  2016  yilning  oktabr  oyidan 

boshlandi.  Shu  yilning  14  oktabrida  O‘zbekiston  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoevning 

konstitutsiyaviy  qonunchilik  tashabbusi  asosida  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to‘g‘risida”gi 

qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi, qonun 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga 

kirdi. Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy 

tartibga  solish,  davlat  boshqaruvi  organlari  hamda  fuqarolik  jamiyati  institutlarining 

korrupsiyaga  qarshi  kurashi  yuzasidan  ko‘rayotgan  chora-tadbirlar  samaradorligini  oshirish, 

fuqarolarning  huquqiy  ongi  va  madaniyatini  yuksaltirish  orqali  jamiyatda  korrupsiyaga  toqat 

qilmaslik muhitini yaratish ko‘zda tutildi. 

Shuningdek,  bu  davrda  korrupsiyaga  qarshi  kurashuvchi  turli  sub’ektlar  faoliyatini 

muvofiqlashtirib,  ularning  o‘zaro  hamkorligini  kuchaytirish  maqsadida  respublika  idoralararo 

komissiyasi  tuzildi,  uning  tarkibiga  davlat  organlari  vakillaridan  tashqari  tadbirkorlar,  jamoat 

birlashmalari  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  vakillari  kiritildi.  Umuman  davlat 

korrupsiyaga  qarshi  kurashni  izchillik  va  qat’iyat  bilan  tashkil  eta  olishining  huquqiy  asoslari 

yaratildi. 

Milliy  qonunchilik  hujjatlarini  xalqaro  standartlarga  muvofiqlashtirish  uchun  ular 

muttasil  ravishda  takomillashtirib  borildi.  Chunonchi,  korrupsiyaga  doir  jinoyatlar  sub’ektlari 

doirasini kengroq ifodalab beradigan qonunchilik asoslari shakllantirildi. Bundan tashqari, pora 

va’da  qilganlik  yoki  taklif  etganlik,  g‘ayriqonuniy  tarzda  boylik  orttirganlik,  ta’sir  doirasini 

suiiste’mol qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni, shuningdek, sudyalar va deputatlarning xizmat 

rutbasidagi immunitetini belgilovchi huquqiy asoslar ishlab chiqildi. 

“Elektron  hukumat”ning  korrupsiyani  kamaytirishdagi  roli  e’tiborga  olinib,  uni 

boshqaruv  tizimiga  keng  joriy  qilish  boshlandi.  Ayniqsa,  davlat  xizmatlaridan  yuzdan  ortig‘ini 

amalga  oshirish  elektronlashtirish  va  yagona  elektron  davlat  portalini  yaratish  vositasida 

bajarildi. Keyingi vaqtda me’yoriy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazib borish 

an’anasi shakllandi. Shuningdek, biznes sohasida ta’magirlikka sabab bo‘ladigan tartibsizliklarga 

chek  qo‘yish  chora-tadbirlari  ko‘rilmoqda.  Jumladan,  aksiyadorlik  jamiyatlarida  korporativ 

boshqaruv tizimini joriy etish va ular samaradorligini oshirish yo‘l-yo‘riqlari belgilandi. Savdo-

sanoat  palatasi  “Biznes  yuritish  odobi  kodeksi”ni  qabul  qildi.  Ayni  chog‘da,  kichik  va  o‘rta 

biznesga  (xususiy  korxonalarga)  ichki  nazorat  tizimini  barpo  etishda  ko‘maklashish  chora-

tadbirlari ishlab chiqish va qabul qilish rejalari hozirlandi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  2  fevraldagi  “Korrupsiyaga  qarshi 

kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qaroriga  binoan  Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  respublika 

idoralararo komissiyasi tuzildi. 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish