3-mavzu: Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida: konfliktogenlar
Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari:
1-vaziyat. Tadqiqotchilarning fikricha, agar qulog‘i kar bolalar so‘zlashishga o‘rgatilsa, u holda 3 yildan so‘ng ularning ko‘pgina faoliyat turlari va psixik jarayonlarida kechikish kuzatiladi; mazmunli-rolli o‘yinlarga zarurat paydo bo‘lmaydi, fikrlashining rivojlanishi kechikadi.
Vazifa: nima uchun bevosita shu yoshda bolada ko‘pgina faoliyat turlarida kechikish hosil bo‘ladi?
JAVOB: Bolalarda bu holat kuzatilishining asosiy sabablari sifatda shuni ko'rsatish mumkinki, mana shu muddat ichida bola ancha-muncha so'zlarni yod oladi va endi u o'zi bilgan so'zlarni ko'proq qo'llashga intiladi , unga kursatilgan tushuntirilgan narsalarni endi anglashdan ko'ra uning aytilishi ularning asosiy etiborida bo'ladi. Bola o'ziga kursatilgan narsalarga qiziqish faqat uni to'g'ri talaffuz qilish ,odamlar uni qanday qabul qilishlarini ,berilgan narsaning nomi to'g'ri aytilgani muhim bo'ladi. 3- yil ancha katta muddat bo'lib bu davrda bola mazmunli rolli o'yinlardan ancha uzoqlashadi, rolli o'yinlarning asosiy maqsadi kamroq so'z ishlatib bolaning asosiy etiborini so'zning asl ma'nosini tushuntirishga qaratiladi.
2-vaziyat. Fransuz psixologi A.Peron tomonidan taklif etilgan vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Sayyoramiz halokatga uchradi deb, faraz qilaylik. Buning natijasida, aholining katta yoshlilari vafot qilib, yer yuzida faqat kichik yoshdagi bolalar qoldi. Lekin, barcha moddiy ne’matlar saqlanib qolgan bo‘lsin.
Vazifa: bu holda insoniyatga, uning tarixiga nima bo‘lar edi? Bolalarning psixik rivojlanishi qanday kechar edi?
JAVOB: Insoniyat tarixiga nazar soladigan bulsak u o'zining boshlang'ich nuqtasida ham yuqoridagi kabi vaziyatda aslida qachonlardir bulgan. Dastlabki odamlar ham aslida bolalarday barcha narsalarga yuzaki qarab ish tutganlar ,ammo bizning buguni kun bolalari ulardan ancha aqilliroq ,nima uchun deganda bizning bolalarda ,,men'' tushunchasi paydo bo'gandan boshlab o'zlari uchun qanday narsalar yaxshi yoki yomon ekanligini anglab yetadilar. Biz bugungi kunda farzandlarimizga bergan tarbiya qanday bulsa insoniyat taqdiri ham shunday kechadi. Moddiy boyliklar dastlab bolalarni etiborini tortishi mumkin biroq usib ulg'aygan sari barchasi ahamiyatsiz bo'ladi ,bolalar ham o'zlarining qon -qoniga sinib ketgan ota-onalari,bobo va buvilarini jamiki insoniyat yashagan muhitni qayta tiklaydilar.Ularning psixikasida mustaqillik, o'z kuchiga ishonch, qo'lida bor narsalardan oqilona foydalanish ko'nikmalari paydo bo'ladi, ular bir-birlariga hamdardlik, yordam qo'lini cho'zish, mehr -muhabbat tuyg'ularga asoslangan yangi jamiyat barpo etadilar.
3-vaziyat. Bolalar bog‘chasining o‘rta guruhiga shu kunga qadar bolalar bog‘chasiga qatnamagan 4 yoshli Xurshid qabul qilindi. Xurshid mashinachasini o‘ynab bo‘lgandan keyin uni xona o‘rtasida qoldirib ketdi.
Vazifa: ushbu vaziyatda tarbiyachi qanday yo‘l tutishi kerak?
JAVOB: Bolalar odatda o'z narsalarini quygan joylarida unitib qoldiradilar, bunga asosiy sabab ularning beetiborligidir. Buning oldini olish uchun bu holatda tarbiyachi ertasi kun bolani yoniga olib bog'cha va uning tartib qoidalarini yaxshilab tushuntirishi, misollar keltirishi , bo'chaga o'yinchoqlar olib kelinmasligini, ularning yo'qolib qolishini yoki behosdan ularga kimdir shikast yetkazishini,har bir inson tartib- intizomli bo'lishi kerakligini aytishi kerak.Xurshid 4-yoshda bulsa u hammma narsani tushunadi, biz yordamga uning ota-onasii ham jalb qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |