Geterotroflar (xemoorganotroflar)- oziqlanish uchun karbonni tayyor murakkab organik birikmalardan oladi (azotli birikmalar – oqsil, ammiak, ayrim mineral moddalar- makro va mikroelementlar, vitaminlar). Ularga saprofit va parazit mikroorganizmlar kiradi. Metatroflar (saprofitlar) hayvon va o’simliklarning o’lgan tuqimalari bilan oziqlanadi (chirituvchi bakteriya lar, achitqilar).
Paratroflar (parazitlar) tirik organizm, ya’ni inson, hayvon, o’simliklar tanasida bo’ladigan organik birikmalar xisobiga oziqlanadilar va parazitlik qilib yashaydilar (yuqimli kasallik qo’zg’atuvchilari).
Fotoorganotroflar (oltingugurtsiz purpur bakteriyalar) fakultativ anaeroblar, ular yorug’likda ham, qorong’uda ham rivojlanadi. Ular kerak energiyani faqatgina qo’yoshdan emas, organik moddalarning oksidlanishidan ham oladi.
Geterotrof mikroorganizmlar fermentativ aktiv bo’lib, biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi oqsilga o’xshash katalizatorlar – fermentlarni ishlab chiqadilar, hamda ularning ta’sirida oziqlanish uchun zarur bo’lgan organik moddalarni parchalaydilar.
Mikroorganizmlar azotli moddalarni o’zlashtirishga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1) proteolitiklar – ular oqsil peptid, aminokislotalarni parchalab,tarkibidagi azotni o’zlashtiradi; 2)dezaminlovchilar - aminokislota larni parchalaydi; 3) nitrit – nitrat tuzlari bilan oziqalanuvchi mikroblar; 4) atmosferadagi erkin azot bilan oziqlanuvchi – azot to’plovchi bakteriyalar.
Mikroblar uchun karbon manbai sifatida ko’pincha shakar, spirt, orga nik kislotalar, azot manbai sifatida pepton, aminokislotalar va ammoniy tuz lar hisoblanadi.
Mikroblarning mineral moddalarga bo’lgan ehtiyoji uncha katta emas, lekin ularsiz mikroblar yashay olmaydilar.
2-savol. Mikroorganizmlarning fermentlari
Mikroorganizmlarning fermentlari –mikrob hujayralari tomonidan sintezlanib, murakkab tuzilishga ega. Mikrob fermentlari endo va ekzofermentlarga bo’linadi. Metobolizmda ishtirok etuvchi fermentlar organizm hujayrasida bo’lib, ular – endo fermentlar (hujayra ichidagi fermentlar) deyiladi. Mikroorganizm hujayrasi ba’zi fermentlarni tashqi muhitga ajratadi, ular - ekzofermentlar deyiladi. Ekzofermentlar oziq moddalarni oddiy birikmaga aylantiradi, ular mikrob hujayrasi qobig’idan o’tadi va plastik material sifatida xizmat qiladi. Fermentlar ular ta’sir etadigan moddalar nomiga «aza» qo’shimchasini qo’shib nomlanadi. Masalan kraxmalga ta’sir etuvchi ferment – amilaza, yog’larga – lipaza, oqsillarga- proteinaza.
Do'stlaringiz bilan baham: |