Mikroorganizmlarning oziqlanishi.Tirik mavjudotlar ikki usulda oziqlanadi- golozoy va golofit. Galozoy oziqlanish usuli hayvonlarga (yuqori va sodda) xosdir. Bunda hayvon oziqani yutadi va oziqa hazm traktida hazm bo’ladi. Golofit oziqalanish usuli o’simlik va mikroorganizmlarga xosdir. Ular oziq moddalarning suvdagi eritmasini uncha katta bo’lmagan molekulalar ko’rinishida butun tanasi bilan qobig’i orqali ikki tomonlama osmotik xodisa va diffuziya xisobiga iste’mol qiladi.
Metobolizm – assimilyasiya (anobolizm) va dissimilyasiya (katobolizm) sodir bo’ladi.
Mikroblar o’z hujayralarining komponentlarini (qism) biosintezlashlari uchun zarur bo’lgan energiya manbalari va moddalarni tashqi muhitdan shu tariqa olishadi.
Bu xodisaning mexanizmi hujayra va tashqi muhitda eriydigan moddalar qonsentrasiyasining osmatik bosimi farqiga asoslanadi. Erigan moddalar qonsentrasiyasi hujayrada yuqori, uni o’rab turgan muhitda esa kamroq bo’ladi. Hujayraning qobig’i yarim o’tkazgich bo’lib, suv va unda erigan moddalarni o’tkazadi. Murakkab kolloidsimon moddalar hujayraga o’tishlaridan oldin mikroblarning fermentlari tomonidan parchalanishlari kerak. Hujayra tanasida sintezlangan oqsilli moddalar plastik (quruvchi) material bo’lib ishlatiladi. Har xil guruhdagi mikroorganizmlarda oziqaga bo’lgan ehtiyoji bir xil emas.
Oziqalanish turiga ko’ra barcha organizmlar ikkita asosiy guruh autotrof va geterotroflarga bo’linadi. Elektronlar energiya manbai bo’yicha ular xemolitotroflar, xemoorganotroflar va fotoorganotroflarga bo’linadi.
Autotrof mikroorganizmlar (xemolitotroflar, fotolitotroflar) uglerodni attmosferadagi karbonat angidiriddan oladi – ya’ni CO2 karbon manbai, anorganik tuzlar (ammiak tuzlari, azot kislotalari) va suvlardan tuzadi. Bunda ba’zi mineral birikmalarning oksidlanish (xemosintez) jarayonida paydo bo’lgan energiya yoki quyosh energiyasidan foydalanadi (fotosintez).
Xemolitotroflarda xemosintez xodisasida oksidlanish reaksiyasi jarayonida hosil bo’lgan energiyadan bakteriyalar uglerodni o’zlashtirish va organik modda hosil qilish uchun foydalaniladilar. Fotolitotroflar (ko’k yashil suvo’tlari, purpur oltingugurt bakteriyalar va h.k mikroblar) tarkibida pigmentlar bo’lgani uchun, fotosintez qilish xususiyatiga ega. Bu pigmentlar tarkibi bo’yicha o’simlik xlorofillariga yaqin. Fotobakteriyalar, o’simliklar singari karbonat angidiriddan karbonni va quyoshning energiyasini olib, organik moddalar paydo qiladi. Autotrof turidagi oziqlanish asosan saprofitlarda uchraydi, chunki ular murakkab birikmalarni o’zlashtira olmaydilar. Shuning uchun ular hayvonlarga patogen va agressiv ta’sir qilmaydilar.