3-Mavzu Kirish. Mikroorganizmlarning fiziologiyasi. Reja: 1



Download 23,92 Kb.
bet1/6
Sana03.07.2022
Hajmi23,92 Kb.
#735790
  1   2   3   4   5   6

3-Mavzu Kirish. Mikroorganizmlarning fiziologiyasi.
Reja:
1. Mikroorganzmlarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi.
2. Mikroorganizmlarning fermentlari.
3.Mikroorganizmlarning nafas olishi.
1-savol. Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi.
Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi. Suv mikrob hujayrasi hayot faoliyati bog’liq bo’lgan asosiy komponentlardan biridir. Uning miqdori o’rtacha 75- 85 % ni tashkil etib, birikkan va erkin holatda bo’ladi. Hujayra sporasida suv birikkan, vegetativ shaklida esa erkin holatda bo’ladi. Sitoplazma tarkibiy qismi sifatida suv- oqsil, uglevod, yog’ molekulalari va boshqa birikmalari bilan birikkan bo’ladi. Shuning uchun erituvchi bo’lolmaydi. Erkin suv kristall moddalar uchun erituvchi, ionlar va elektr zaryadlarini harakatlantiruvchi muhit sifatida xizmat qiladi. Suv ishtirokida hujayrada fiziologik va biokimyoviy jarayonlar kechadi.
Mikroblarning 15- 25 % ni quruq moddalar tashkil etadi: 8-15 % azot, 45- 55 % uglerod, 25-30 % kislorod, 6-8 % vodorod, 2-15 % mineral moddalar(makroelementlar – oltingugurt, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir, sisiliy, xlor va mikroelementlar – margenes, molibden,sink, mis, kobalt, nikel, vanadiy, bo’r). Ana shu organogenlar va ularning birikmalaridan mikroorganizmlar oqsil, uglevod, lipid, nuklein kislotalari, fermentlar, vitaminlar va h.k larni sintezlaydi.
Organik moddalar ichida oqsil hujayraning eng muhim hayotiy moddasi hisoblanadi. Patogen mikroblar tanasida oqsil quruq moddalarning yarmidan ko’pini, boshqalarida esa 80 % gacha miqdorini tashkil qiladi. Antigen, toksin, fermentlar – oqsil bo’lib, mikrob hujayrasi hayotida ularning ahamiyati katta. Oddiy oqsillar – proteinlar, murakkablar – proteidlardir. Proteidlar gidroliz natijasida aminokislotalar hosil qiladi. A.M.Kuzin ma’lumoti bo’yicha patogen mikroblar oqsilda 9 ta amino kislota bor: lizin, argenin, gistidin, prolin, triptofan, tirozin, valin, fenilalanin va leysin.
Boshqa mikroblar tarkibida esa 15- 20 ta aminokislotalar bo’ladi. Proteidlar – oddiy oqsillar (proteinlar) bilan oqsil bo’lmagan guruhlar kompleksidir. Proteidlar nuklein kislotasi bilan birikib, - nukleoproteidlar, polisaharidlar bilan – glyukoproteidlar, yog’simon moddalar bilan – lipoproteidlarni hosil qiladi. Nukleoproteidlar mikrob oqsilining asosiy qismini tashkil etib, hujayraning ko’payishida, irsiy belgilarni o’tkazishda aktiv ishtirok etadi.
Mikrob hujayrasining hayotida nuklein kislotalarning roli juda katta. Ikkita nuklein kislotasi ma’lum ribonuklein kislota – RNK, dezoksiribonuklein kislota –DNK. DNK – hujayra o’zagida, RNK esa sitoplazmada bo’ladi. Uch xil RNK tipi farq qilinadi: ribosomli,infarmasion va transportli. Viruslarda esa bitta nuklein kislota bo’ladi RNK yoki DNK.
Uglevodlar mikrob hujayrasida polisaxaridlar bilan ifodalanadi. Sitoplazmada uglevodlar kraxmal va glikogen donachalari ko’rinishda bo’ladi. Ular asosan energetik material sifatida xizmat qilib, mikrob hujayra sida 12 dan 18 % cha bo’ladi. Azotabakteriyalar, kuydirgi qo’zg’atuvchisi va h.k. lar kabi kapsulali mikroblar uglevodlarga boy.
Har bir mikroorganizmda ma’lum polisaharid bo’lib, mikrobni farqlash ga imkon beradi. Uglevodlardan tarkib topgan patogen mikrob kapsulasi ularning virulentligini oshirib, himoya vazifasini bajaradi.
Lipidlar. Ularning miqdori 3,8 dan 40 % cha bo’ladi. Lipidlar sitoplazmaning ma’lum tuzilishini qo’llab turadi va sitoplazmatik membrana tarkibiga kiradi. Lipidlar mikrob hujayrasida bir xilda taqsimlanmagan. Sitoplazmaning yuza qavati va hujayra qobig’ida ko’proq uchraydi. Lipid va lipoidlar mikroblarning kislota va boshqa moddalarga chidamliligini oshiradi. Tuberkulyoz, cho’chqa saramasining qo’zg’atuvchilarini spora va kapsulasi bo’lmasa-da, lipidlar yordamida ular tashqi muhitning noqulay sharoitlarida uzoq vaqt saqlanishi mumkin.

Download 23,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish