3-mavzu. Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonasining asosiy kapitali va ishlab chiqarish quvvati. Reja


Noishlab chiqarish asosiy fondlari



Download 163,97 Kb.
bet3/11
Sana21.04.2022
Hajmi163,97 Kb.
#570707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonasining asosiy kapitali va ishlab chiqarish quvvati (1)

Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, shu sababli o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turar joy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog‘chasi va yaslilar, sport-sog‘lomlashtirish va boshqa ob’ektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy va sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish asosiy fondlari bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o‘z qiymatini sekin-asta yo‘qotishi kabi ko‘p jihatlari bilan o‘xshashdir.
Korxona asosiy fondlari tarkibini quyidagi 3.1 - chizma ko‘rinishida aks ettirish mumkin.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.
Mehnat predmetiga o‘tkazuvchi ta’siriga ko‘ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshoatlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, ya’ni biron-bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar etmay qoladi. Bunday hollar ro‘y berganda korxona shartnoma asosida o‘ziga kerakli bo‘lgan asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara).
Asosiy fondlarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo‘yicha o‘zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo‘yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o‘lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o‘rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo‘lishi lozim. Ularning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi va aksincha.
Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o‘rta korxonalarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo‘lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
«Korxonalar iqtisodiyoti»ga ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi, birinchi o‘rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo‘yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik past bo‘ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko‘payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko‘p xarajatlar sarflanadi.
Sanoat tarmoqlar xususiyatlariga qarab fondlarni umumiy xajmida asosiy va aylanma fondlarning ulushi turlicha. Masalan, umumiy ishlab chiqarish fondlar tarkibida asosiy fondlarning ulushi kimyo sanoatida 90 %, mashinasozlikda 60%, umum sanoat bo‘yicha esa 80% ga teng.
Kimyo sanoati tarmoqlarida ham asosiy fondlarning ulushi quyidagicha:
Lak-bo‘yoq sanoatida 70%;
Maishiy kimyo sanoatida 60%;
Plastmassa va chaqich sanoatida 84%;
Azot sanoatida 97%;
Asosiy kimyo sanoatida 91%;
Tog‘-kimyo sanoatida 93% va x.k.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarishning barcha omillar asosida intensifikatsiyalashtirish asosida iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi zaminidir.




3.1-rasm. Korxona asosiy fondlarining tarkibi

Kimyo sanoatida asosiy ishlab chiqarish fondlar strukturasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar:



  • Ishlab chiqariladigan maxsulotning xarakteri;

  • Maxsulot ishlab chiqarish xajmi;

  • Ishlab chiqarishni tashkil qilish formasi;

  • Avtomatizatsiya va mexanizatsiya darajasi;

  • Korxona joylashishining geografik va iqlim shart-sharoitlari.

Asosiy ishlab chiqarish fondlarning kimyo sanoatidagi strukturasi quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 163,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish