3-mavzu. Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonasining asosiy kapitali va ishlab chiqarish quvvati. Reja


Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari



Download 163,97 Kb.
bet10/11
Sana21.04.2022
Hajmi163,97 Kb.
#570707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonasining asosiy kapitali va ishlab chiqarish quvvati (1)

5. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari
Asosiy fondlar samaradorligini o‘stirish ularni yuklash darajasi (ayniqsa aktiv qismi)ni oshirish, fondlarni yangilash, ilg‘or, progressiv dastgox, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va malakali xodimlar mehnatidan foydalanish kabi chora-tadbirlar asosida oshirilishi zarur.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy yullardan biri mavjud ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashdir. Ulardan samarali foydalanish masalasi ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida yanada dolzarblashadi. SHuning uchun ham O‘zbekistonda ulardan har taraflama unumli foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to‘la va unumli foydalanilsa, ko‘proq mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi va samaradorligi oshadi.
Kimyo sanoatida asosiy ishlab chiqarish fondlar strukturasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar:

  • Ishlab chiqariladigan mahsulotning harakteri;

  • Mahsulot ishlab chiqarish hajmi;

  • Ishlab chiqarishni tashkil qilish formasi;

  • Avtomatizatsiya va mexanizatsiya darajasi;

  • Korxona joylashishining geografik va iqlim shart-sharoitlari.



6. Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o‘ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha potensial imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko‘rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg‘or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • uskunalar tarkibi va turlar bo‘yicha soni;

  • uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari;

  • uskunalarning ishlash vaqti fondi;

  • ishchilar soni;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi).

Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang‘ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o‘rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. SHu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko‘pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o‘rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig‘uv, quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ilg‘or hamda progressiv bo‘lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo‘g‘inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu erda:
M -sex yoki uchaskaning qabul qilingan o‘lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati;
n - sex yoki uchastkadagi ilg‘or uskunalar soni;
Fmaks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo‘lgan maksimal muddat, soat;
Mt –bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig‘imi, soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisoblashda ba’zida xatolar, ular o‘rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo‘lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

Bu erda:
Mo‘r.yil – korxonaning o‘rtacha yillik quvvati;
Mn – korxonaning yil boshidagi quvvati;
Mv – yil mobaynida kiritiluvchi quvvati;
Ml – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo‘q qilinuvchi) quvvat;
n1 , n2 – ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo‘q qilingandan to yil oxirigacha o‘tgan to‘liq oylar soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur chora-tadbirlar, ko‘pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo‘li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta’minlash manbalariga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi.

Download 163,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish