3-mavzu. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik reja


Xristianlikning Sharqqa tomon tarqalishi, O‘zbekistonda xristian cherkovining tutgan



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana09.03.2023
Hajmi0,55 Mb.
#917284
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-MAVZU. JAHON DINLARI BUDDIZM VA XRISTIANLIK

Xristianlikning Sharqqa tomon tarqalishi, O‘zbekistonda xristian cherkovining tutgan 
o‘rni. 
XI asrning oxirida xristianlikniig Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. 
Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib 
borganlar. 280 yildayoq Talos (Merke) da xristian cherkovlari qurilgan bo‘lib, Samarqandda (301 
yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning 
boShqa Shaharlarida episkoplik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 
yillar), Hirotda (558 yillar) 6-12 episkopliqsan iborat diniy hududiy jamoalar, birlaShmalar 
bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar buddistlar, zardushtiylar, moniylar bilan bir qatorda 
xristianlar ham bo‘lgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qaram erlarda ta’qib qilinganlar. 
O‘rta Osiyo hududida islom tarqatilgan davrlarda bu din bilan xristianlik o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklar keskinlasha boshlagan. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent 
viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Haggo Beruniy yashagan davrda ham (973-
1050) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo‘lgan. 
Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshlagan. Armaniston (301 yil) va 
Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylangan. Kavkaz Albaniyasi hududida esa (hozirga Ozarbayjon 
va Janubiy Dog‘iston xududi) IV-VIII
 
asrlarda hukmron din hisoblangan. 
O‘sha davrdagi ko‘pdan-ko‘p va bir-biriga qarshi kurashayotgan dinlar orasidaga Sharqning 
hukmronlari tomonidan eng ko‘p homiylik ko‘rsatilgan din xristianlikning Sharqiy yo‘nalishi 
bo‘lmish nestorianlik bo‘lgan. Xalif saroylarida nestorianlik patriarxlariga butun Sharq 
xristianligining homiysi sifatida qaralgan, patriarxning qarorgohi esa Konstantinopoldan 
Bag‘dodga ko‘chirilgan. Nestorianlar xristianlikni Turkistonda, Amurgacha bo‘lgan Shimoliy va 
g‘arbiy Xitoyda targ‘ib qilganlar. Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga 
karshi kurashdagi markazi 1257 yildan so‘nggina o‘z faoliyatini to‘xtatgan Samarqand 
mitropoliyasi bo‘lgan. 


Hozirgi mustaqil O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular orasidagi 
dindorlar 17 konfessiyaga, ya’ni diniy uyushmaga e’tiqod qilishadi. Bular doirasida islomdan 
so‘ng 2-o‘rinni xristianlikning pravoslavie oqimi egallaydi. Uning bir necha cherkovi va markaziy 
uyuShmasi, chunonchi baptist, iegovist, adventist kabi sektalari bor. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib ishlab chiqilgan vijdon erkinligi va 
diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi yangi tahrirda e’lon qilingan konunga asosan respublikadagi barcha 
diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli tarzda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu huquq va 
erkinliklar qonun bo‘yicha kafolatlangan. 
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik. hamjihatlilik mavjud bo‘lib, 
xalqimizni tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga xristianlik jamoalari ham salmoqli hissa 
qo‘Shmoqdalar. 
 
Takrorlash uchun savollar 
1. Buddizm ta’limoti qachon, qaerda paydo bo‘lgan? 
2. Buddaviylikning qanday yo‘nalishlari bor? 
3. Xristianlik qachon va qaerda paydo bo‘lgan? 
4. O‘zbekiston hududiga xristianlik dini qachon kirib kelgan? 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish