Bog'liq 3-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarining davlat boshqaruvi
3.2.2. Malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi 1950-1970 yillarda iqtisodiyot strukturasida fan sektorining rivojlanishi jahon maydonida sobiq SSSRning siyosiy va iqtisodiy qudrati o‘sishiga eng ko‘p xizmat qildi. Statistik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘rsatilgan davr mobaynida Sovet Ittifoqida ilmiy muassasalar soni 1,5 baravar, fan va fanga xizmat ko‘satishda band bo‘lganlar soni 4,5 baravar o‘sgan. Ilmu-fan xarajatlari qariyb 12 baravar o‘sib, 11,7 mlrd. rublga etgan.
Djordjiya Universiteti texnologiyalar institutining tadqiqotlariga ko‘ra, Sovet Ittifoqi 80-yillarning oxiriga kelib sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyat miqyosi, malakali mutaxassislar soni ko‘rsatkichlari bo‘yicha etakchilik qilgan, uning jahon ilmu-faniga qo‘shgan hissasi eng yuqori bo‘lgan. Sovet Ittifoqida ilmiy-ishlab chiqarish komplekslarning tarixiy rivojlanish o‘ziga xosliklari tufayli uning joylashtirilishi va moliyalashtirilishi juda katta nomutanosiblik bilan tavsiflangan. Ilmiy tashkilotlarning taxminan 58%i, OO‘YUning 54%i, aspirantlar sonining 69%i, tadqiqot va ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchilarning qariyb uchdan ikki qismi va bu ishlanmalarga sarflanadigan xarajatlarning to‘rtdan uch qismi Rossiyaning ulushiga to‘g‘ri kelgan.
Bilimlar iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lmagan past texnologiyali ixtisosliklar bo‘yicha o‘qitishda amaliy qism ko‘p hollarda amaldagi ishlab chiqarishda biron-bir loyihalami bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar innovatsion loyihalarni boshqarish bilan bog‘liq yuqori texnologiyali ixtisosliklar bo‘yicha o‘qitish bilan o‘xshashlik o‘tkazadigan bo‘lsak, o‘qitishning amaliy qismi innovatsion loyihalarni amalga oshirishga bog‘lab qo‘yilishi lozim.
Hozirgi kunda o‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga innovatsion iqtisodiyot doirasida e’lon qilingan kadrlar tayyorlash tizimiga xos bo‘lgan jihatlar xarakterlidir.Sxemaning markazi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy qatnashchilari o‘quv muassasasi va talabalar hisoblanadi. XIII asrda dastlabki texnik fakultetlar paydo bo‘lgan davrlardan boshlab o‘ringa ega bo‘lib kelgan ta’lim jarayoni an’anaviy modeliga muvofiq o‘quv muassasasi va talabalar mavjudligi mos keluvchi predmet sohasida yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar chiqarish uchun zarur va etarli shart hisoblanadi.
Taxminan XX asrning o‘rtalariga kelib, ta’lim jarayoni modeliga faol element sifatida ish beruvchilar ham qo‘shildi. Bu turdagi faollashuvning eng keskin holati alohida bir tijorat firmasi (korporatsiya) ehtiyojlari uchun maxsus bitiruvchilar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari hisoblanadi.
Umumiy holatda ish beruvchilarni faol element sifatida kiritish bitiruvchilar tayyorlashda asosiy e’tiborni u yoki bu mutaxassisliklarga talab yuqoriligiga bog‘lab qo‘ymasdan yuqori malaka olishdan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalarda amaliy ko‘nikma va yuqori malaka olishga qayta yo‘naltirishga imkon berdi.
Oliy o‘quv yurtlarining mintaqaviy va mahalliy ijroiya hokimiyati bilan innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorligini muhokama qilish 1990-yillarning o‘rtalari va 2000-yillarning boshidan boshlandi. Bunday model doirasida hokimiyat strukturalarining vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi: Oo‘YUga talab yuqori bo‘lgan ixtisosliklar doirasida mutaxassislar tayyorlash uchun buyurtmalar shakllantirish va mehnat bozorida mos keluvchi ixtisosliklar bitiruvchilariga talabni ta’minlash uchun ish beruvchilarni (birinchi navbatda - kichik va o‘rta biznesni) yuqori texnologiyali biznes yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga rag‘batlantirish.