Takrorlash uchun savollar
1.Texnologiyalar transferi to‘g‘risida tushuncha bering.
2.Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari nimadan iborat?
3. Texnologik konsorsiumlarning qanday turlari bor?
4. Texnologiyalar konsorsiumining innovatsiyalarga ta’siri qanday?
5. Texnologik innovatsiyalar va ularning turlarini sanab bering.
6. Jaryonlar bo‘yicha innovatsiyalar.
7. Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot deb nimaga aytiladi?
3.2.-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish
3.2.1. Kadrlarni boshqarish startegiyasining mohiyati va turlari
3.2.2. Malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi
3.2.1. Kadrlarni boshqarish startegiyasining mohiyati va turlari
Davlat innovatsion siyosati haqida gapirganda doimo innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash haqida yodda tutish lozim. Agar iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida “kadrlar hamma narsani hal qiladi” qoidasi aksariyat holatlarda to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, iqtisodiyotning ko‘p ilm talab qiladigan sektorlarida ushbu fikrning ahamiyati bir necha marotaba ortadi.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda bilim vositalari birinchi darajali, eng muhim aktivlar hisoblanadi. Oqibatda etarli darajada bilimlarga ega bo‘libgina qolmay, ularni amaliyotda qo‘llay oladigan, bilimlar eskirib borishi bilan ularni uzluksiz yangilab beradigan malakali mutaxassislar tayyorlash juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassislar tayyorlash masalalari bilan an’anaviy ravishda oliy o‘quv yurtlari (OO‘YU) shug‘ullanib keladi. Biroq, so‘nggi yillarda xorij tajribasining ko‘rsatishicha, OO‘YU bu masalani mintaqaviy va federal hukumatlar, shuningdek, yirik biznes vakillari ko‘magida ancha samaraliroq hal etishlari mumkin ekan.
XXI asrda davlatlarning iqtisodiy o‘sishi ko‘p jihatdan ishlab chiqarishning barcha sohalarini intellektuallashtirish va ilmiy-innovatsion taraqqiyot bilan ta’minlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda YAIM o‘sishining 70%dan 85%igacha yangi texnologiyalar, asbob-uskunalar, yangi bilim yoki echimlarga ega bo‘lgan mahsulotlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Fan-texnika taraqqiyoti (FTT) yutuqlari bizning kunlarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tobora keng va chuqur kirib bormoqda. Innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasidan erishiladigan sinergetik samara vositasida mintaqalar va butun davlat jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tayanch elementiga aylanadi.
Mutaxassislarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni to‘g‘risida to‘xtalar ekanmiz, “Tyuksberi, Krandall va Kreynlar 20 ta eng ko‘zga ko‘ringan innovatsiyalarning bergan samarasini tekshirishdi va undan xususiy tarzda olingan o‘rtacha daromad indeksi 27%ni tashkil qilgan bo‘lsa, ijtimoiy bergan samarasi 99% ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, 4 barobar ko‘proq deganidir”4 deb ta’kidlashgan.
Milliy dasturining maqsadi etib belgilandi. Dasturning strategik maqsad va vazifalri bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich -(1997-2000 y.y.,o‘tish bosqichi), kadrlar tayyorlash tizimi potensialini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy ,me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish Milliy dasturni amalga oshirishning boshlanishi.
Ikiknchi bosqich (2000-2005 y.y.) - Milliy dasturni keng miqyosda amalga oshirish. Tizizm faoliyatining samaradorligini, mehnat taqsimotini, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikning monitoringi asosida uning asosiy g‘oyalari va qoidalariga oydinliklar kiritish.
Uchinchi bosqich (2005 - 2009 y.y.) to‘plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida va o‘zgarib borayotgan , ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlami e’tiborga olgan holda , uni takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ta’lim tizimini boshqarishda o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vako-latli davlat organlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari va huquqdoiralari belgilab qo‘yilgan. Umuman, ta’lim muassasalarining davlat boshqaruvi
(1-rasm) quyidagicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
|
|
|
|
|
Vakolatli davlat organlari
|
Mahalliy davlat organlari
|
|
|
|
|
Ta’lim muassasalari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |