Biografik va avtobiografik metodlar-yordamida u yoki bu kishining hayot yo‘li o‘rganiladi.
Sotsiometriya metodi–ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda matematika vositalaridan foydalanishdir. Undan ko‘pincha «kichik guruhlar»ni va ulardagi shaxslararo munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladi.
O‘yin metodlari–boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Imitatsion o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar (ayniqsa, nostandart) vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. O‘yin metodlari orasida psixodrama va sotsiodrama alohida o‘rin tutadi. Ularda ishtirokchilar muayyan individual va gruppaviy vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |