- Mafkuraning falsafiy ildizlari deganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunda har bir xalqning o’ziga xos falsafiy merosi, qarashlari, g’oyalari ularning maqsadlarida o’zining ifodasini topadi. Sharq va Garb falsafasi bunga yorqin misoldir. Masalan, mazkur mafkuralar Rim imperiyasi parchalangandan keyin o’z davlatchiligiga ega bo’lgan xalqlarning o’ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalar asosida shakllandi. Shu bois, o’sha davrdagi italyan, ingliz, fransuz, nemis falsafasi o’zi mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat kildi. Shu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta’limotlar, ma’rifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga salmokli hissa bo’lib qo’shildi. Jumladan, havqiqiy milliy xususiyatlarga ega bo’lgan Gegel falsafasi Avstriya—Vengriya imperiyasidan ajralib, mustaqil yo’lni tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasiga ko’tarilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |