3.1. Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv xonasiga qo‘yiladigan umumiy talablar.
Bugungi kundagi amalga oshirilaѐtgan ijtimoiy – iqtisodiy, siѐsiy islohatlar mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan bo‘lib, aholining turmush darajasini yaxshilash, o‘sib kelaѐtgan ѐsh avlodni mustaqil fikrlaydigan, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan chiniqqan qilib tarbiyalashning poydevori qurilmoqda. Bu sohada iqtisodiy bilim asoslari fanining ham o‘ziga xos o‘rni bordir. Barkamol avlodning bilim darajasini jahon andozalari darajasiga yetkazish, ularni fanga bo‘lgan qiziqishlarini zamon talabi darajasiga ko‘tarish ko‘p jihatdan fan kabinetlarini o‘ziga xos tarzda jihozlanishiga ham bog‘liq. O‘qitish jaraѐnida ko‘rgazmalilik usulidan foydalanishning muhimligi o‘qituvchining o‘rganilaѐtgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o‘quvchini undash, mantiqiy va nazariy bilimlarni amaliѐtda qo‘llay olishga o‘rgata bilishi bilan izohlanadi. Ta’lim jaraѐnining samaradorligi darsda qo‘llaniladigan o‘quv vositalari, ko‘rgazmalar tizimining mukammalligi, ularning ѐsh avlod ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga bog‘liqdir. Ko‘rgazmali materiallar o‘rganilaѐtgan mavzuning mazmunini ochib berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning ѐshi va o‘ziga xos xarakter xususiyatlariga, umumiy tayѐrgarligiga, saviyasiga mos keladigan bo‘lishi lozim. Ta’lim jaraѐnida belgilangan ko‘rsatmali materiallardan unumli foydalanish uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullarini to‘g‘ri tanlash muhimdir.
O‘quv jaraѐnida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali vositalarga quyidagilar kiradi:
1. Aslicha ko‘rsatish mumkin bo‘lgan buyum va narsalar: kolleksiyalar, ma’danlar, asbob hamda mashinalar.
2. Real ob’ektlarni aks ettiruvchi maxsus tayѐrlanadigan illyustrativtasviriy vositalar: plakat, sxema, rasm, fotosurat, grafik qo‘llanmalar.
3. Shartli-ramziy vositalar: karta, globus, maket.
4. Ko‘rgazmalikning texnik namoyish qilish manbalari: diaproektor, videoproektor, elektron doska, videoѐzuv, ovoz ѐzilgan magnit tasma, disk.
O‘quv jaraѐnida texnika vositalaridan 5% ishlatilishini hisobga olgan holda, hamda texnika vositalari cheklanganligi alohida kabinet bo‘lishini taqozo etadi. Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv xonalari o‘ziga xos xususiyatiga egadir. Ushbu fan kabinetlari o‘quvchilarni iqtisodiy bilim asoslari fanidan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lishi zarur. Fan kabineti o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazadigan xona bo‘libgina qolmay, o‘qituvchining metodik ishlarni bajarishda, darsga tayѐrgarlik ko‘rishda asosiy baza bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi keyingi darsga tayѐrgarlik ko‘rar ekan, albatta fan xonasida mavjud bo‘lgan didaktik vositalar, badiiy va boshqa turli adabiѐtlardan foydalanishi zarur. Shuning uchun fan kabineti o‘qituvchi faoliyatini yuksalishida, darsga tayѐrgarlik darajasini yaxshilanishida katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi fan kabinetlarida mavjud bo‘lgan texnika, didaktik vositalardan, elektron darsliklardan badiiy adabiѐtlardan qaysi darsda qanday foydalanishni oldindan rejalashtiradi va tayѐrlab qo‘yadi. Shundagina oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishishimiz ya’ni o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari fanidan chuqurroq bilim berish mumkin.
Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek ―...kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq...‖. Shuningdek ―...farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim...‖ Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv xonasi, uning estetik jihozlanishi, o‘quvchilarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishda va o‘quv xonasi jihozlashda quyidagi talablar qo‘yilgan: Pedagogik talablar: iqtisodiy bilim asoslario‘quv xonasida pedagogika oliygohlarini (bitiraѐtgan) bitirgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, iqtisodchi kadrlar ta’lim berish lozim. Ilmiy talablar: mazkur fan xonalaridagi ko‘rgazmali vositalar DTS talablari asosida tayѐrlangan bo‘lishi lozim. O‘quvchilarga hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy, ilmiy texnika taraqqiѐti yangiliklari haqida ma’lumotlar berishga moslashtirilishi lozim. Ruhiy-fiziologik talablar: 1. o‘qituvchilar dars berish jaraѐnida o‘quvchilarning ruhiy holatini, fan texnika yangiliklari haqida ma’lumot berishda ruhiy ong darajalarini e’tiborga olishlari lozim; 2. sinf xonasining devorlariga ishlatilgan ranglar sanitariya-gigiena qoidalariga mos kelishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |