3-mavzu. Hisob-kitob, valyuta va maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga olish



Download 23,33 Kb.
bet1/2
Sana26.03.2022
Hajmi23,33 Kb.
#511440
  1   2
Bog'liq
2 5325796426708424441

3-MAVZU. HISOB-KITOB, VALYUTA VA MAXSUS SCHYOTLARDAGI PUL MABLAG’LARINI HISOBGA OLISH

REJA


3.1. Bankdagi hisob-kitob schyotiga doir muomalalar hisobi.
3.2. Bankdagi maxsus schyotlar va boshqa pul mablag‘lariga doir schyotlar bo‘yicha muomalalar hisobi..
TAYANCH IBORALAR
Hisob-kitob schyoti, ustav kapitali, valyuta schyoti, kurs farqi, devalvatsiya, qo’shilgan kapital, xususiy kapital, vakillik banklari, debitor, valyuta kursi, talab va taklif, tovarlarning naflilik, raqobat shakllari, inflyatsiya darajasi.


3.1. Bankdagi hisob-kitob schyotiga doir muomalalar hisobi.
Korxonalar pul mablag‘larini saqlash va turli hisob-kitoblarga oid muomalalarni amalga oshirishlari uchun bankda hisob-kitob schyoti ochadilar. Buning uchun bankka xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari va bosh buxgalterining yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan 2 nusxada arizasi, imzolar namunasi, muhr izi tushirilgan kartochka, korxonaning notarial idora tomonidan tasdiqlangan nizomidan 1 nusxa va yuqori tashkilotning korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi buyrugidan ko‘chirma taqdim etiladi.
Hisob-kitob schyotiga sotilgan mahsulot va bajarilgan ishlar uchun tayyorlov tashkilotlari va boshqa xaridorlardan kelib tushgan pul; kassadan topshirilgan naqd pullar; debetor qarzlarning to‘lanishi; tabiiy ofat natijasida ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun o‘tkazilgan sug‘urta to‘lovlari; ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bank tomonidan berilgan ssudalar hamda korxonaning hisob-kitob schyotida saqlanayotgan puli uchun bank tomonidan berilgan foizlar kelib tushadi.
Hisob-kitob schyotidan quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi: sotib olingan tovar-moddiy boyliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar, mehnat haqi to‘lash va xo‘jalikning turli ehtiyojlari uchun naqd pullarni kassaga berish, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarni to‘lash, bank ssudalari bo‘yicha qarzlarni to‘lash, akkreditivlar qo‘yish va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlar. Bank hisob-kitob schyotidan to‘lovlar o‘tkazishni to‘lov hujjatlarining kelib tushishiga qarab amalga oshiradi. Agar kelib tushadigan hujjatlarning hammasini to‘lashga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda to‘lovlar qathiy navbat asosida amalga oshiriladi.

Download 23,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish