3-mavzu: gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda gap (2 soat) R


Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar



Download 129,52 Kb.
bet13/41
Sana10.07.2022
Hajmi129,52 Kb.
#767549
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
3-kurslarga

Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar
Uyushiq bo‘lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatna­shadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko‘rsatadigan so‘z va so‘z birliklari bo‘lib, uyushiq bo‘lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo‘lakdan oldin kelgan umum­lashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo‘lakdan keyin kelgan umum­lashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ulikka jimgina cho‘kdi. (Oybek) Ko‘cha – ko‘y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani so‘roqlayotganday bo‘ladi. (P.Q.)
Uyushiq bo‘lakli gaplarda xilma-xil tinish belgilari qo‘llaniladi.
Uyushuvchilar o‘zaro bog‘lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan) zidlov bog‘lovchilari, takrorlanuvchi bog‘lovchilar; bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo‘yiladi. Masalan, Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo‘lsangiz, 500-600 yillik chinorlarni ko‘rasiz. (A.Aminov. U doktorlarga goh zug‘um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi. (S.Ahmad)
Uyushuvchilar o‘zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog‘lovchilari orqali, shuningdek, yakka ayiruv bog‘lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo‘yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug‘vor oqardi. (F.Musajonov) Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. (S.Karomatov)
Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin kelsa, shu birlikdan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: Hamma yerda: uylarda, ko‘chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo‘lib qoladi. (Oybek)
Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so‘ng kelganda, undan oldin tire qo‘yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo‘ylab chopdilar. (R.Fayziy)


Gapning ajratilgan bo‘laklari
Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo‘laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan bo‘laklar odatda o‘zlari aloqador bo‘lgan so‘zlarning ma’no­sini izohlab, bo‘rttirib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo‘laklardan maxsus to‘xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg‘u oladi. Masalan, Soyda, qo‘sh yong‘oqning tagida, oppoq qorga ko‘milib uzoq turdi. (O.Yoqubov) Ish qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g‘ayrat va shijoat bilan ishlardik. (Ch.Aytmatov)
Birinchi gapda “qo‘sh yong‘oqning tagida” o‘rin holi o‘zidan oldin kelgan “soyda” so‘zining ma’nosini, ikkinchi gapda “yoshlar” o‘zidan oldin kelgan “biz” so‘zining ma’nosini izohlab, asosiy gap bo‘laklaridan to‘xtam (pauza) bilan ajratil­gan. Ajratilgan bo‘laklarning ham ikkisi ham oddiy gap bo‘lagi shaklida qo‘llan­gan.
Ajratilgan bo‘laklar oborot shaklida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, Vohid Mirobidov-ku, uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib, qulog‘ining yonidan o‘tkazib yubordi. (O.Yoqubov)
Keltirilgan gapda “uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib” ravishdosh oboroti kesimdan anglashilgan ish-harakatning qanday holatda bajarilganini ta’kid­lab, alohida ohang yordamida ajratilgan.
Demak, ajratilgan bo‘laklar ikki xil shaklda: 1) oddiy gap bo‘lagi shaklida va 2) oborot shaklida bo‘lishi mumkin.
Ajratilgan bo‘laklar qaysi gap bo‘lagiga oid ekanligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Ajratilgan aniqlovchilar.
2. Ajratilgan izohlovchilar.
3. Ajratilgan to‘ldiruvchilar.
4. Ajratilgan hollar.



Download 129,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish