3-mavzu: gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda gap (2 soat) R


Uyushiq qator a’zolarining o‘zaro aloqaga kirishuvi



Download 129,52 Kb.
bet12/41
Sana10.07.2022
Hajmi129,52 Kb.
#767549
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
3-kurslarga

Uyushiq qator a’zolarining o‘zaro aloqaga kirishuvi
Uyushiq qator a’zolari tenglashish yo‘li bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Bu aloqa teng bog‘lovchilar va teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar hamda bog‘­lovchisiz, faqat intonatsiya, sanash intonatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Sanash intonatsiyasi uyushuvchilarning bog‘lovchilar yordamida aloqaga kirishganda ham mavjud bo‘ladi.
Uyushuvchilar quyidagi bog‘lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:
1. Biriktiruvchilar (va, hamda, ham) Uning tegrasida osmon benihoyat tiniq va ko‘k ko‘rinadi. (P.Q.) U yotoqxonaga borishga qaror berdi hamda nari­ga korpusga qarab ketdi. (P.Q.) Kun bo‘yi quloqlari ostidan juda g‘alati, ham xiyol hazin, ham kishini allaqanday erkalovchi... ajib bir musiqa ketmadi. (O.Yoqubov)
Na ...na inkor yuklamasi biriktiruv bog‘lovchilar vazifasida kelib, inkor ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi: Na hovlidan na uyidan sado chiqdi (I.Rahim)
Va bog‘lovchisi vazifasida -u (-yu), -da, na ...na yuklamalari ham qo‘llanishi mumkin. Keyin chakmonning ikki engini xurjunga o‘xshatib yelkasiga tashladi-da, orqaga qaytdi. (P.Q.) Yigit qora qushlarni ko‘rdi-yu, birdan sergaklandi. (P.Q.)
Va biriktiruv bog‘lovchisi vazifasini bilan ko‘makchisi ham bajarishi mum­kin: Deraza bilan doska orasida qo‘lini orqasiga qilib yurib, lektsiya o‘qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to‘xtadi. (P.Q.)
Bilan yordamchisi, va bog‘lovchisi singari, juft-juft qo‘llangan uyushuvchi­larda har bir juft o‘rtasida keladi: To‘g‘rilik bilan xiyonat, yolg‘onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. (“Oz – oz o‘rganib dono bo‘lur”)
2. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq) Tolibjon bolalarning beg‘ubor, ammo almoyi – aljoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. (S.Ahmad) Usta Qambar o‘g‘lini urmadi, so‘kmadi, lekin bir – ikki oy u bilan gaplashmadi. (P.Q.)
Zidlov bog‘lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo‘llanishi mum­kin. Masalan, O‘ttiz yildan beri Shu qishloqda uy quribman-u, ... Shu buloq ... Oyko‘lni Oyko‘l qilib turgan Shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo‘lib yotganini sezmabman. (P.Q.) U Mullajon qozining bog‘ini ko‘rgan emas, ammo tarifini eshitgan. (A.Qahhor)
3. Ayiruvchilar (yo, yoki, yoxud, yoinki, dam ... dam, goh ... goh, bir ... bir, ba’zan ... ba’zan): Bir xil irmoqlar ... katta-katta toshlarni aylanib o‘tib, ba’zan qoyalarning ostidan yo‘l topib, goh to‘lib, goh mildiratib ohistalik bilan ko‘lga tushadi. (E.Vohidov) U dam sahnada o‘tirganlarga, dam pastdagilarga qarab she’rni sharilatib o‘qib ketdi. (O‘.Xoshimov)



Download 129,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish