Ilk o’rta asr G’arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari. Birinchidan, o’rta asrlar G’arb va
SHarq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo’lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi.
Feodal
tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan
xususiy xo’jaligi mavjud bo’lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo’lgan, lekin ishchini o’ldirish
huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-Psixologik va
mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integratsion
asos din bo’lgan.
Ikkinchidan, o’rta asrlarda din G’arbda ham, SHarqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi
hisoblangan
. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo’lgan. SHuningdek, u siyosiy jihatdan ham o’ta markazlashgan
tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-bir o’qimishli odamlar bo’lgan. YUris’rudentsiya, tabiatshunoslik va
falsafaning mazmuni cherkov ta’limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan.
Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu davrda bilim emas, balki
e’tiqod, fan emas, balki din afzal ko’rilgan.
Teotsentrizm,
ya’ni Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi sababi
va birinchi asosi sifatida yondashish o’rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan, o’rta asrlarda Xitoyda dao
haqidagi ta’limot din ehtiyojlariga to’la moslashtirilgan: dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun sifatida
namoyon bo’lgan.
Buddizm falsafasi asosiy e’tiborni borliqning o’tkinchiligi va yo’qlikning haqiqiyligi, jonning boqiyligi va
abadiy ma’naviy dunyoni anglab etish yo’lida o’zlikni kamolotga yetkazish orqali uning o’z shakl-shamoyilini
o’zgartirishi muammolarini o’rganishga qaratgan.
Konfutsiychilik feodal tuzumni oqlash uchun buddizm va daosizmning idealistik va daosizm g’oyalarini
o’zlashtirgan: odamlar o’zlarining «yomon» niyatlarini jilovlab, taqdirga bo’ysunishlari lozim. Hokimiyatga
bo’ysunish, uni ardoqlash va hurmat qilishni talab etuvchi «Osmon qonuni» haqidagi ta’limot konfutsiychilikda eng
muhim ta’limotga aylangan.
G’arb Yevropa feodalizmi sharoitida ham xristian dini hukmronlik qilgan. U o’zining odamlar aqli va qalbini
nazorat qilish markazlashtirilgan tizimini ko’p sonli tarqoq feodal davlatlarga qarshi qo’ygan. Bu nazoratni avvalo
Rim papasi boshchiligidagi katolik cherkovi amalga oshirgan. Ayni vaqtda cherkov qadimgi dunyoning «majusiycha»
falsafasiga, ayniqsa materialistik ta’limotlarga yot ko’z bilan qaragan. SHu sababli antik davrning falsafiy merosini
o’zlashtirishga nisbatan xolisona yondashilmagan, bu meros qismlarga bo’lib o’zlashtirilgan, asosan diniy aqidalarni
mustahkamlovchi idealistik g’oyalarni tarqatishga yo’l qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |