3-Mavzu
.
Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida
yoritilganlik
Ma’ruzaning maqsadi:
Dorixonada ishlovchi xodimlarga kasbiy ta’sirlarni o’rgatib, optimal
sanitar gigiyenik sharoitlarni yaratish bo’yicha ma’lumot berish. Dorixonada ishlovchi
xodimlarga kasbiy ta’sirlarni o’rgatib, optimal sanitar gigiyenik sharoitlarni yaratish bo’yicha
ma’lumot berish.
Reja
1.Dorixona tarmoqlari strukturasi.
2.Dorixonani qurish uchun ajratilgan maydonga qo’yiladigan gigiyenik talablar.
3. Dorixonalarning ichki loyixasiga quyilgan gigiyenik talablar.
4.Dorixonani obodonlashtirishga qo’yilgan gigiyenik talablar.
5. Dorixona xonalarining ichini loyixalash va jixozlanishga gigiyenik talablar.
6.Dorixonalarda mehnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va ishlab chiqarish omillarining
asosiy gigiyenik tavsiyanomasi.
7. Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi.
Tayanch iboralar:
Tambur, aseptik bloklari, sotuv zali, distillatsion-sterilizatsion.
davolash-profilaktika, Insolyasiya, Yoritilish, rasfasovka xonasi (qadoqlash).
Dorixona loyihasi, qurilishi va jihozlanishiga qo‘yiladigan gigienik talablar.
Dorixona sog‘liqni saqlash tizimiga taalluqli muassasalaridan biri bo‘lib hisoblanadi, u
davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori preparatlari, sanitariya va boshqa tibbiyot
mollari bilan o‘z vaqtida ta’minlaydi. Tayyorlash va saqlashda gigienik rejimlarga qattiq rioya
qilish zarur.
Shuning uchun dorixonada olib boriladigan gigienik tekshiruvlarning natijasiga ko‘ra,
dorixonaga qo‘yiladigan gigienik talablarni o‘rganish ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Dorixonada sanitar-gigienik talablarining buzilishlarini aniqlash, shuningdek zararli ishlab
chiqarish omillarining dorixona ishchilariga ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklarini
aniqlashdan iborat. Dorixona ishchilariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosiy maqsad bo‘lib
hisoblanadi.
Dorixonaga qo‘yiladigan gigienik talablar SanQ va M № 0337-16 “Dorixonalarni
joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha sanitar qoida va me’yorlari ” va SanQ
va M № 0319-15 “Dorivor moddalarni va tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlarni saqlash
omborlarini joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha sanitar qoida va
me’yorlari”da keltirilgan bo‘lib bular quyidagilardan iborat:
– dorixona er maydoniga gigienik talablar;
– dorixona jihozlari, xonalar ichining loyihalashga va jihozlashga qo‘yiladigan gigienik
talablar;
– xonalarni tozalash, dorixona jihozlarini saqlash va avaylashga qo‘yiladigan sanitariya
talablari;
– tozalangan suv va ineksiya uchun suvlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishga
qo‘yiladigan sanitariya talablari;
– dori preparatlarini aseptik sharoitda tayyorlashga qo‘yiladigan gigienik talablar;
– steril dori shakllarini tayyorlashga qo‘yiladigan gigienik talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |