3-mavzu: Chiziqlarni oriyentirlash.
Reja:
1. CHiziqlarni orientirlash burchaklari
2. Haqiqiy azimut va direksion burchaklar
3. Magnit azimuti va uni o‘lchash
Tayanch iboralar: Orientirlash burchaklari, azimut, haqiqiy azimut, teskari azimut, meridian, magnit meridiani, direksion burchak, rumb burchagi, Erning magnit maydoni, kompas.
Joydagi chiziqni orientirlash bu ushbu chiziqni meredianga nisbatan yo‘nalishini aniqlash demakdir. CHiziqning yo‘nalishini chiziq uchidan o‘tgan meridianga nisbatan aniqlanadi. CHiziq uchidan o‘tgan meridian bilan shu chiziq orasida hosil bo‘lgan burchakka orientirlash burchagi deb aytiladi.
CHiziqlar yo‘nalishini aniqlovchi burchaklar sifatida azimut, direksion burchak va rumblar xizmat qiladi.
Haqiqiy meridian — yarim kun chizig‘i ma’nosida bo‘lib, Er aylanish o‘qi orqali o‘tgan tekislikning Er shari yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘ladigan faraziy chiziqdir.
Bosh meridian — nuqta uzoqligini aniqlashda hisob boshlanadigan meridian tekisligidir. Hozir butun dunyo mamlakatlarida Londondagi Grinvich observatoriyasining markaziy nuqtasidan o‘tgan meridian bosh meridian deb qabul qilingan.
O‘q meridian — zonalar sistemasida bir zonaning o‘rta meridiani shu zonaning o‘q meridiani bo‘ladi.
CHiziqlar yo‘nalishi. CHiziq yo‘nalishi ixtiyoriy nuqtadan o‘tuvchi va meridian deb ataluvchi tayanch chiziq bilan berilgan chiziq orasidagi gorizontal burchak bilan aniqlanadi. Yo‘nalishlarni belgilash uchun turli meridianlar: (a) geodezik (u ko‘pincha haqiqiy meridian deyiladi), (b) astronomik, (s) magnit, (d) to‘r chizig‘i foydalaniladi.
Yerning geografik qutblari o‘rtacha o‘rni orqali o‘tuvchi shimol-janub tayanch chiziqqa geodezik meridian deyiladi.
Yerning geografik qutblari bir lahzalik o‘rni orqali o‘tuvchi shimol-janub tayanch chiziqqa astronomik meridian deyiladi.
Astronomik meridian yo‘nalishi koinot ob’ektlarini dala sharoitida kuzatishdan aniqlanadi. Geodezik va astronomik meridianlar bir-biriga yaqin, biridan ikkinchisiga o‘tish uchun kichik tuzatmalar kiritish orqali o‘tiladi.
Yer magnit qutbining ta’siri ostida magnit milining erkin holati bo‘yicha magnit meridiani aniqlanadi.
Davlat yoki boshqa yassi koordinatalar sitemasida s’yomkalarni bajarishga asoslangan to‘r chizig‘i meridiani foydalaniladi. To‘rning shimoli yassi koordinatalar sistemasini qamrab oluvchi hududning tanlangan markaziy meridiani yoki butun hudud bo‘yicha unga parallel o‘tkazilgan geodezik shimolning yo‘nalishidir.
1-shakl
Joyda haqiqiy meridian yo‘nalishini aniqlash murakkab masala bo‘lib, u astronomik kuzatishlar orqali bajariladi va joydagi chiziqlarni orientirlash uchun ishlatiladi.
Meridianni shimoliy uchidan boshlab soat mili yo‘li bo‘yicha chiziq yo‘nalishigacha o‘lchangan gorizontal burchakka azimut deyiladi.
Azimut A bilan belgilanib 00 dan 3600 gacha o‘lchanadi.
Xaqiqiy azimut deyiladi - agarda u xaqiqiy meridiandan boshlab o‘lchangan bo‘lsa.
To‘g‘ri yo‘nalish MN azimuti A to‘g‘ri va teskari yo‘nalish NM azimuti A teskari azimut deyiladi. Meredianlar o‘zaro parallel emas, shuning uchun chiziqni turli nuqtalaridagi azimuti turli bo‘ladi. Berilgan ikkita nuqtalardan o‘tuvchi meredianlar parallel emas va ular orasidagi burchak meredianlar yaqinlashishi burchagi γ deyiladi. SHakldan chiziqni to‘g‘ri va teskari azimutlari orasidagi bog‘lanish quydagicha ifodalanadi:
Amaliyotda bazida azimutlar o‘rniga rumb burchagidan foydalaniladi.
Rumb o‘tkir burchak 00 dan 900 gachao‘lchanadi va r bilan belgilanib qiymati oldiga u joylashgan chorak nomi yozib ko‘rsatiladi. Azimut bilan rumb orasidagi munosabat quyidagicha ifodalanadi (2-shakl)
2-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |