3.3-rasm. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyati Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirish ulkan nazorat ahamiyatiga ega, chunki barcha schotlarning debetidagi yozuvlar barcha schotlarning kreditidagi yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘ladi. Bunday tenglikning bo‘lmasligi ikki yoqlama yozuvda xatoga yo‘l quyilganligini, ya'ni schotlardagi yozuvlarda xato borligini bildiradi. Bunday xatolarni o‘z vaqtida topish va tuzatish kerak.
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda aks ettirish natijasida schotlar o‘rtasida o‘zaro aloqa yuzaga keladi. Bunday o‘zaro aloqa schotlar korrespondensiyasi deyiladi. Shunday qilib, schotlar korrespondensiyasi deganda, ularda xo‘jalik muomalalari natijasida sodir bo‘lgan hodisalarni aks ettirishda schotlar orasidagi o‘zaro aloqani ifodalash tushuniladi.
Xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozish uchun hujjatlarda debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar ko‘rsatiladi, ya'ni buxgalteriya yozuvi (schot formulasi) tuziladi. Demak, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schot va aks ettiriladigan xo‘jalik muomalasining summasini ko‘rsatishga buxgalteriya yozuvi (provodkasi) deyiladi.
Buxgalteriya yozuvini tuzish uchun nafaqat ma'lum bilimlar yig‘indisiga ega bo‘lish, balki uni rasmiylashtirish ketma-ketligini ham bilish zarur. Eng avvalo, muayyan xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyatini aniq tushunish kerak. Faqat shunday tushuncha asosida mazkur muomala qaysi ikkita korrespondensiyalanuvchi schotlarda aks ettirilishini aniqlash mumkin(2.4-rasm).
Biz ko‘rib chiqqan oldingi misolda xo‘jalik muomalasi ikkita schotda, ya'ni bir schotning debetida ikkinchi schotning kreditida aks ettirilgan edi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik muomalasini schotlarga bunday aks ettirishga oddiy yozuv deyiladi. Ayrim xo‘jalik muomalalari xususiyatiga ko‘ra bir schotning debetida va bir necha schotning kreditida yoki aksincha aks ettiriladi. Bunday buxgalteriya yozuvini buxgalteriya hisobida murakkab yozuv deyiladi.
Schotda yangi qoldiq chiqarish uchun avvalo uning debeti va kreditidagi summalarni jamlash zarur. Debet bo‘yicha jami summa (boshlang‘ich qoldig‘isiz) schotning debet oboroti, kreditning jami summasi (boshlang‘ich qoldig‘isiz) kredit oboroti deyiladi.
1-misol. Balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasida hisobot davri boshiga 100 000 so‘m ko‘rsatilgan. 0400-«Nomoddiy aktivlar schotini ochganda ushbu summa boshlang‘ich qoldiq sifatida schotning debet tomoniga yoziladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y bergan:
Minyeral suv ishlab chiqarish uchun litsenziya olindi. Litsenziya qiymati 80 000 so‘m.
Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun patent boshqa korxonaga sotildi. Patentning balans qiymati 90 000 so‘m.
Belgilangan tartibda 200 000 so‘mga litsenziya ro‘yxatdan o‘tkazildi va balans kirim qilindi..
Boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida «Nou-xau» kiritildi (qiymati 120 000 so‘m)
Nomoddiy aktivlarning kirim bilan bog‘liq barcha muomalalarni 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining chap, ya'ni debet tomoniga, chiqimi esa schotning qarama-qarshi tomoniga, ya'ni kreditiga yoziladi
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 80 000 so‘m va 200 000 so‘mni 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining debet tomoniga, 90 000 so‘m va 120 000 so‘mni esa kredit tomoniga yozish kerak. Yozilgan summalarni hisoblaymiz.
Schot debeti bo‘yicha oborot 280 000 so‘mni (80 000 so‘m Q 20 000 so‘m), krediti bo‘yicha— 210 000 so‘mni (90 000 so‘m Q 120 000 so‘m) tashkil qiladi. Yakuniy qoldiq 170 000 so‘mga (100 000 so‘m Q 280 000 so‘m — 210 000 so‘m.) teng bo‘ladi.
Oxirgi qoldiq manfiy bo‘lishi mumkinmi degan savol tug‘iladi? Ha, mumkin. Bu ko‘p hollarda, agar u yoki bu aktiv hisobot oyining oxirgi sanalarida mol yetkazib beruvchi tomonidan daqdim etilgan hujjatlarsiz qabul qilingan xollarda bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda mazkur davrda xarajatlar qilinganda salbiy qoldik chiqdi. Shunga qaramasdan, aktiv schotning umumiy tuzilishini buzmaslik uchun, hisobot oyining oxiriga bunday qoldiq baribir schotning debet tomoniga, ammo qizil siyoh bilan yoziladi.
Schotlarda qoldiq (saldo) chiqarishni matematik modellar orqali ifodalash mumkin. Oldingi belgilar va misoldan foydalanib, aktiv schotlarda oxirgi qoldiq (saldo) chiqarishning matematik modelini quyidagicha tuzamiz:
S'dt+DOto-KOto=S''dt ,(4) Ushbu model aktiv schotning ma'lum sanaga bo‘lgan debet qoldig‘i boshlang‘ich qoldiqqa shu schotning ma'lum vaqt oralig‘idagi debet oborotini qo‘shib, shu vaqt ichidagi kredit oborotini ayrilganiga teng deb o‘qiladi.
Passiv schotlarda oxirgi qoldiq chiqarish uchun kreditdagi boshlang‘ich qoldiqqa kredit oborotini qo‘shib, hosil bo‘lgan summadan debet oboroti ayriladi. Passiv schotlarda manbalarning ko‘payishi kreditda, kamayishi esa debetda ko‘rsatilishi sababli qoldiq faqat kreditda yoki nolga teng bo‘lishi mumkin.
2-misol. Balansning «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» moddasida hisobot davri boshiga 190 000 so‘m qoldiq ko‘rsatilgan. Joriy hisobda ushbu modda 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schotiga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y bergan:
Budjetga daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik aks ettirildi 400 000 so‘m.
Hisob-kitob schotidan o‘tkazish yo‘li bilan 120 000 so‘m qarzdorlik uzildi.
Moliya organlarining yakuniy hisob-kitoblariga ko‘ra budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik 80 000 so‘mga ko‘paydi.
Budjetga qarzdorlik bankdan 160 000 so‘m ssuda olish yo‘li bilan uzildi.
Korxonaning budjetga to‘lanmagan majburiyatlari bo‘yicha kiruvchi (boshlang‘ich) qoldig‘i 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schotining kredit tomoniga yoziladi. Schotnng shu tomonida korxonaning soliq organlari oldidagi majburiyatlarining 480000 so‘mga kupayishi aks ettiriladi (400000 so‘m 80000 co‘m). Qarzlarning 280000 so‘mga (120000 so‘m 160000 so‘m) ko‘payishi qarama-qarshi tomonda, ya'ni debetida ko‘rsatiladi.
Schotning oxirgi qoldig‘i 390000 so‘mni tashkil etadi (190000 so‘m Q 480000 so‘m – 280000so‘m).
6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz” passiv schotining ko‘rinishi qo‘ydagicha:
6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schoti
Budjetga to‘lanmagan qarz
bo‘yicha yakuniy qoldiq …….... 390 000
Endi istalgan passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiq chiqarishning matematik modelini ko‘rib chiqamiz. U quyidagicha bo‘ladi:
S'kt+KOto-DOto=S''kt,(5) Ushbu model passiv schotning ma'lum muddatga bo‘lgan oxirgi qoldig‘i uning boshlang‘ich kredit qoldig‘iga ma'lum davr ichidagi kredit oborotini qo‘shib, shu davr ichidagi debet oborotining ayrilganiga teng deb o‘qiladi.
Har qanday aktiv yoki passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiqning matematik modeli ikki variantda bo‘lishi mumkin. Birinchivariant. Boshlang‘ich qoldiq (saldo) debet bo‘lib, kredit oboroti boshlang‘ich qoldiq va debet summasidan kichik bo‘lganda. Unda matematik model quyidagicha bo‘ladi:
S'dt+DOto-KOto=S''dt, (6) Agar kredit oboroti boshlang‘ich debet qoldiq va debet oboroti summasidan katta bo‘lsa, u holda qoldiq kreditda qoladi;