Tizimli va vaziyatli yondashuvlar
Bu yondashuvlar
orqali esa,
mehnat faoliyatidagi shaxs uchun har qanday
vaziyat, shart-sharoitlar hulqiga ta’sir etuvchi omil ekanligi ta’kidlanadi. Mehnat
jamoasidagi amalga oshayotgan jarayonlar, ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi
hamma ishtirokchilar o’rtasida sababiy aloqa mavjudligi,tashqi muhit va vaziyat
xodim xulqidagi hal etuvchi omil ekanligini tushuntiradi. SHaxsni
shug’ullanayotgan faoliyat turi uni fikrlashiga, hulq-atvoriga mazmunan ta’sir
qiladi. Shu bois muhit va vaziyatlarni tashkilot va jamoalarda ijobiy ta’sir
kuchiga egaligini inobatga olish boshqaruvni samarasiga ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |