3-mavzu: Boshlang‘ich ta’lim jarayonida didaktik materiallardan foydalanish o‘qitishning samaradorligini oshirish omili sifatida. Reja



Download 65,5 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi65,5 Kb.
#417685
Bog'liq
3-ma\'ruza


3-mavzu: Boshlang‘ich ta’lim jarayonida didaktik materiallardan foydalanish o‘qitishning samaradorligini oshirish omili sifatida.
Reja:

  1. Boshlang‘ich ta’limning zarur va ustuvor yo‘nalishlari.

  2. Dars ta’limning asosiy shakli.

  3. Boshlang‘ich ta’lim darslarini samarali tashkil etish.

  4. Darslarni zamonaviy usulda tashkil etishdagi metodik va pedagogik talablar.

Tayanch tushunchalar: ilmiy-pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, didaktik materiallar, ommaviy axborot texnologiyalari, innovatsion faoliyat, fanlararo integratsiyalash, masofaviy o‘qitish.

Ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatimizda kechayotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari bilan uyg‘un holda rivojlanmoqda. O‘zbekistoin Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan ta’lim sohasida tub islohotlarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi. Bu borada vazifalar prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham qayd etildi. Xususan, unda O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsad qilib qo‘yilgan ekan, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olishimiz ta’kidlandi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: ... Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik.


Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi.”
Bu o‘rinda Sh.M.Mirziyoyev sharq donishmandlarining “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”, degan fikrlarini keltirib, shu sabali barcha uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerakligini aytib o‘tdi.
Hozirgi davrda boshlang‘ich ta’lim uchun zarur va ustuvor yo‘nalishlardan biri ta’lim mazmunining yangilanishi, darsni ilg‘or tajriba va g‘oyalarga tayanib, zamonaviylashtirilgan, takomillashtirilgan hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalar asosida o‘tish zaruriyatini keltirib chiqardi. Chunki dars ta’lim-tarbiya berishning asosiy o‘zagidir. O‘quvchining o‘quv fanlarini chuqur o‘rganib borishi davomida uning bilimi mustahkamlanadi, savodxonligi oshib boradi. Ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sog‘lom avlod qilib voyaga yetkazishda dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar muhim vosita hisoblanadi.
Dars ta’limning asosiy shakli ekan, o‘qituvchi shu jarayonda o‘z shogirdlarining ongli va faol bo‘lishi, jamiyatning vatanparvar, adolatparvar, mehnatsevar va fidoiyi kishilar bo‘lib ulg‘ayishlari uchun mustahkam zamin tayyorlashi lozim. Bu jarayon o‘quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlash uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida quyidagilarni amalda qo‘llashni taqozo etadi:

  • Darslarda interfaol usullardan keng foydalanish.

  • Dars jarayonida didaktik materiallar bilan ishlash.

  • Ommaviy axborot texnologiyalaridan uzluksiz foydalanish.

  • O‘quvchilarni innovatsion faoliyatga mustaqil tayyorlash.

  • Fanlarni fanlararo integratsiyalash.

  • Masofadan o‘qitishni tizimli shakllantirish.

Demak, bugungi interfaol darslarni tashkil qilish uchun interaktiv metodlarni amalda joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirishda ma’lum maqsadga erishishda, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich ta’lim darslarini samarali tashkil etish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Bolaning ongi va tafakkuri shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, interfaol darslarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq etishi, ta’limning yangi-yangi usullarini izlashi, ilg‘or pedagogik tajribalardan foydalana olishi juda muhimdir.
Interfaol darslarni tashkil etish boshlang‘ich sinf uchun bilim, ko‘nikma, malakani qiziqib o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, o‘qituvchining tajribasi oshib borishida ko‘mak beradi. Boshlang‘ich sinflarda interfaol darslarni tashkil etish o‘z o‘rnida juda samarali. Masalan, darsda ko‘zlangan maqsadga erishishda, o‘quvchilar diqqatini bir joyga jamlashda, ularni darsga qiziqishini oshirish va faollikka undashda katta ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi dars jarayonlarida uchraydigan muhim muammolaridan biri bu o‘quchilar diqqatini darsga jalb etish va uni boshqara olishdir. Shunday ekan, o‘qituvchi bu muammodan mohirona chiqib ketishi va o‘quvchilar e’tiborini darsga qarata olishi uchun doimo samara berib kelgan interfaol darslarni tashkil etishi lozim. Darsni samarali tashkil etish boshlang‘ich sinflar uchun qanday vazifani bajaradi?
Darslarni samarali tashkil etish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim-tarbiyasida bir nechta xususiyatlarga ega. Ularga alohida e’tibor qaratamiz. Darslarni samarali tashkil etishning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida motiv (qiziqish) hosil qilishdagi o‘rni beqiyos. Bu o‘rinda didaktik materiallar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg‘otadigan uchqundir. Ular orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi. Bolaning shaxsi shakllanadi, munosabatga kirishishi o‘sib boradi. Didaktik materiallar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson faoliyatining shakllanishi rivojlanib, mehnatga layoqati va mas’uliyati shakllanib boradi. Ayniqsa, ualr bola shaxsi psixologiyasining shakllanishida yordam beradi. Didaktik materiallardan oqilona foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamkorlikda ishlashni o‘rganadilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini darsga qiziqtirish va ular diqqatini bir maromda ushlab turish har doim ham oson kechavermaydi. Buning uchun o‘qituvchi o‘z mahoratiga suyangan holda didaktik materiallardan foydalanishi yaxshi natijaga erishishda yo‘l ochib beradi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamma vaqt ham mavzuga bir xilda qiziqavermaydi. Bunday paytda o‘quvchilarni o‘quv materialiga qiziqtirishning birdan-bir yo‘li turli didaktik materiallardan, xususan, didaktik o‘yinlardan foydalanishdir.
Jamiyatimizning barcha jabhalariga innovatsion yondashuv bo‘lgani kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham yangilanish zarurligi namoyon bo‘lib bormoqda. Hech sir emas, ta’limning an’anaviy usuli hozirgi kun talablarini qondirmay qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh,M,Mirziyoyev aytganidek, “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g`inlari faoliyatini bugungi zamon talabalari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz, deb bilamiz”.
Shu bois hozirda darslarni ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu narsa ko‘pchilik o‘qituvchilarni qiziqtirmoqda.
Bugungi kunda boshlang`ich ta’limning sifati, samaradorligi butkul o‘qituvchi zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o‘z mas’uliyatini qay darajada xis etishiga ham bog`liq bo‘lib qoldi. Har bir boshlang`ich sinf o‘qituvchisi o‘zi o‘qitayotgan sinf o‘quvchilari o‘quv yili yakunida fanlardan egallashlari lozim bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalar mezoni talablari darajasida bilim, malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga erishishi kerak. Shunday ekan, darslarni qanday usul bilan olib borish masalasini o‘qituvchi ixtiyoriga berish ma’qul deb bilamiz. Lekin o‘qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mehnat qilishi, darsning har bir bosqichiga mas’uliyat bilan yondashmog`i lozim. Shuningdek, o‘quvchilarga puxta bilim berish va darsning samaradorligini oshirish uchun unga ijodiy va yangicha yondashib, zamonaviy darslar tashkil qilmog`i kerak. Oshkor aytish mumkinki, hozirgi kundagi darslarimiz kundan-kunga bolalarimizni zeriktirib qo‘yadigan tartibda olib borilyapti. Ko‘pgina o‘qituvchilar hanuzgacha darsni tashkil etish, o‘tilgan mavzuni takrorlash va o‘quvchilar bilimini baholash, yangi mavzuni bayon etish, uni mustahkamlash va uyga vazifa topshirish bilan chegaralanib kelmoqdalar. Bunday dars hozirgi kun talabiga mutlaqo javob bermaydi. O`quvchilar bunda faqatgina tinglovchi bo‘lib qolmoqdalar. Tayyor bilimlar o‘qituvchi tomonida o‘quvchilarga bayon etilmoqda. Ammo “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da kadrlar tayyorlashning milliy modelini belgilashda birinchi o‘ringa shaxs qo‘yiladi. Bunda asosan o‘quvchi shaxsi, qolaversa, o‘qituvchi shaxsi, rahbar shaxsiga yangicha yondashish, yangicha talablar ko‘zda tutiladi. Ta’limdan asosiy maqsad, bolalarga ilgarigidek bilim berish emas, ularni bilim olishga o‘rgatishdir. Bunda o‘quvchilar nofaol tinglovchi bo‘lib qolmay, balki bilim olish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishlari kerak. Bu demakki, o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabati va bilim olish jarayonidagi ruhiy holati tubdan o‘zgarishi lozim.
Demak, dars jarayonida o‘quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan qilib yetishtirish lozim. Hozirgi kunda o‘qituvchilardan talab etilayotgan narsa, o‘quvchilarni faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik bo‘ladi.
Darslarni zamonaviy usulda tashkil etish uchun bir qator metodik va pedagogik talablarga qat’iy rioya qilish lozim.
Birinchi navbatda, o‘qituvchi nazariy va metodik tomondan yaxshi qurollangan va o‘z kasbining jon kuyar fidoiysi bo‘lmog`i kerak.
Ikkinchidan esa, estetik did bilan ma’lum bir tizimda ishlangan ko‘rgazmali qurollar va tarqatma didaktik materiallarga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, o‘zi o‘qitayotgan sinf o‘quvchilarini o‘z farzandi mehri bilan sevishi va o‘z oldigan yosh avlodni kelajakning yetuk hamda barkamol avlodi etib tarbiyalashdek murakkab va mas’uliyatli vazifa turganini unutmasligi kerak. Keyingi yillarda ijodkor o‘qituvchilar bolalarning qayerda toliqib qolishlarining oldini olish, ularni o‘qishga, ilm olishga qiziqtirish maqsadida turli usullardan foydalanib kelmoqdalar.
Ma’lumki, bola maktabga kelganga qadar asosan o‘yin bilan mashg`ul bo‘lgan. Ularda chaqqonlik, ziyraklik, hozirjavoblik, sinchkovlik, epchillik kabi ijobiy xislatlar kurtak ota boshlagan, lekin hali yetilmagan bo‘ladi. Muttasil o‘yin bilan mashg`ul bo‘lgan bolaning faoliyati endilikda o‘zgaradi. Kechagi o‘yin bilan mashg`ul bo‘lgan bola endilikda 40-45 daqiqa davomida diqqatini bir yerga to‘plab, talabga rioya qilgan holda o‘qituvchi bilan faoliyatda bo‘ladi, bilim oladi, mushohada qiladi. Bu bola uchun juda murakkab jarayondir. O‘qituvchi yana shunday vaqtda o‘quvchilarni o‘quv mashg`ulotlariga qiziqtirish yo‘llarini topishi o‘z ishiga ijodiy yondashuvi lozim.
O‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tafakkurini rivojlantirishda didaktik materiallarni qo‘llash yaxshi natija beradi. Didaktik materiallar turli ko‘rinishlari qo‘llangan noan’anaviy darslarning oddiy darslardan farqi shundaki, o‘qituvchi darsni o‘yin tariqasida tashkil etadi va bolalarni hayolan turli olamga, ertaklar olamiga, kosmos va hatto Marsga ham olib chiqishi mumkin. Masalan, “Ertaklar olamiga sayohat”, “Marsga sayohat”, o‘yin, munozara (savol-javob), mushohada bellashuv, sahnalashtirilgan, uyg`unlashgan, test-sinov kabi dars shakllari noan’anaviy darslar jumlasiga kiradi. Bunday dars darslikda berilgan materiallardan ham tashqari materiallarni qo‘llashni taqozo etadi. Bu materiallardan egallangan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash maqsadida unumli foydalanish ham mumkin bo`ladi. Bunday noan’anaviy darslar, albatta, qiziqarli o‘tadi. O‘quvchilarning diqqati tarbiyalanadi. O‘yin faoliyati tobora jiddiy tus olib, mashg`ulot (dars) bilan almashinadi, ya’ni topshiriqlar, suhbatlar, savol-javoblar asta-sekin murakkablashib boradi. Ba’zan darsda o‘quvchilarni mustaqillikka, ijodkorlikka yo‘naltirish maqsadida juda ko‘p didaktik materiallardan foydalangan holda darslar tashkil etiladi. Bunday hollarda dars strukturasi buziladi. Ana shu dars strukturasining buzilishi noan’anaviy dars demakdir. Demak, noan’anaviy dars bu -dars strukturasining buzilishi.
Bilamizki, boshlang`ich ta’limda o‘zbek (ona) tilini o‘qitish markazida til o‘rganuvchilarning o‘zaro hamda o‘qituvchisi bilan nutqiy muloqoti turmog`i lozim bo‘ladi. Ammo mana shu muloqot to‘g`ri yo‘lga qo‘yilishi uchun grammatika qonun-qoidalarini yaxshi bilishga ko‘maklashuvchi topshiriqlardan iborat mashg`ulotlar nazariy yoki amaliy ahamiyat kasb etibgina qolmay, o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini shakllantiradi, orttirishga ham hissa qo‘shishi talab etiladi.
Ana shu qiziqishni shakllantirishda, uni tobora mustahkamlab borishda didaktik materiallardan, ya’ni qiziqarli grammatik topshiriqlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabda tayanch grammatik bilim olgan o‘quvchilar uning amaliy tadbiqini tavsiya etilajak qiziqarli topshiriqlar misolida rivojlantirishlari ko‘zda tutiladi.
O‘qituvchi har bir mavzu va topshiriqni nafaqat nutq o‘stirishga, shuningdek, yoshlar dunyoqarashini boyitishga, tafakkur doirasini kengaytirishga ham xizmat qildirishi shart ekanligini yodda tutishi darkor.
Til ta’limidagi to‘rt zaruriy amal – tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozishning mutanosib tarzda olib borishga harakat qilish zarurligini ta’kidlash joiz. Ammo mavzuning mazmuniga mos ish tutib, bir xil topshiriqlar og`zaki nutq, boshqalari yozma nutq ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, o‘zlashtirilgan har bir mavzu darsdan tashqari tadbirlar bilan uzviy bog`lanishiga erishish lozim. Bularni o‘rni bilan sahna chiqishlarini tashkil etish, rolli o‘yinlar o‘tkazish yaxshi samara beradi.
Shu bilan birga boshlang`ich sinflar darslarida o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantiruvchi didaktik materiallar- o‘quv topshiriqlari, xususan mustaqil ishlarning bajarishda ularga qo‘yiladigan talablarni aniqlash, o‘quv topshiriqlarining tuzilishi, vazifalari va imkoniyatlarini tavsiflash, boshlang`ich sinf darslarida o‘quvchilarning faol fikrlashlarini va tafakkurini rivojlantirishda didaktik materiallarning o‘rni va rolini belgilash, uning muhim vosita ekanligini, o‘quvchi-yoshlarning bilim saviyalari yanada yuqorigi bosqichlarga ko‘tarish va mustahkamlash omili ekanligi uni har tomonlama o‘rganishni talab qiladi, uning dolzarb pedagogik va metodik muammo ekanligini belgilaydi.
Ta’limning poydevori hisoblangan boshlang`ich tizim o‘quvchini yoshligidanoq har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Bu mas’uliyatni to‘g`ri his etgan har bir boshlang`ich sinf o‘qituvchisi darsga puxta tayyorlangan holda didaktik materiallardan - ko‘rsatmali qurollardan foydalanib dars o‘tsa, bolalarga bilim berish ancha osonlashadi, bir soatlik saboq mazmundorligi ancha oshadi. Ayniqsa, bu borada boshlan`gich ta’lim darslaridagi o‘quv materiallar o‘quvchilar oldiga ijodiy izlanish, tashabbuskorlik xislatlarini qo‘yadi. Darslikdagi o‘quv topshiriqlarni bajartirishda turli usullar va zehnlarni o‘stiruvchi vositalardan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Chunki boshlang`ich sinf o‘quvchilari bir soatlik darsda ko‘pi bilan 15-20 daqiqagacha diqqatlarini to‘play oladilar, shundan so‘ng beixtiyor ularning xayollari bo‘linadi. Shuni to‘g`ri his etgan boshlang`ich sinf o‘qituvchisi darsni bir xil andozada o‘tmay, balki rang-barang usullar va uslublar asosida olib borsagina, unda maqsadga muvofiq turli didaktik materiallardan foydalansagina kutilgan natijaga erishadi.
Didaktik materiallar boshlang`ich sinf darsliklaridagi nazariy va amaliy xarakterdagi o‘quv materiallarini egallashda, qolaversa, egallangan bilim va ko‘nikmalarning qay darajada ekanligini aniqlab olishda alohida o‘rin tutadi.


Nazorat uchun savollar:

  1. Boshlang‘ich ta’limning zarur va ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat?

  2. Dars ta’limning asosiy shaklini ayting.

  3. Boshlang‘ich ta’lim darslarini samarali tashkil etish usullari qaysilar?

  4. Darslarni zamonaviy usulda tashkil etishdagi metodik va pedagogik talablar nimalardan iborat?

Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish