2. Estetik tarbiyalashning vazifasi maqsadi va metodi.
Estetik tarbiya (lot ‘estezio” - go‘zallikni his etaman) - shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat, mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning estetik didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, shuningdek, go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni. MTMda tashkil etiladigan estetik tarbiya tarbiyalanuvchilarda axloqiy sifatlar, ijobiy xulk- atvor me’yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini tarakkiy ettirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida tarbiyalanuvchilarda estetik xis-tuygu, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsning vokelikka estetik munosabatini shakllantirishdan iborat. Tarbiyalanuvchilar o`rtasida qo`l mehnati, musiqa, tasviriy san’at ma’lumotlarida, ertaklar o‘qish chog‘ida estetik tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud. Estetik tarbiya xam umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, xis-tuyg‘ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti- harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal qilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik xodisani anglatadi. Shuni ta’kidlash joizki, Qadimgi dunyoda umuman tarbiya maksadi estetik asosda namoyon bo‘lgan. Qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarning har tomonlama rivojlanishiga, “rux va badan” hamohangligini qaror toptirishga yo‘naltirilgan edi. Aristotel va Platon kabi buyuk mutafakkirlarning ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining bir- biridan farqli tomonlari bo‘lgani holda umumiylik ham mavjud bo‘lib, u yagona estetik orzuni qaror toptirishga, yagona axloqiy xulq- atvor va fuqarolik sifatlarini shakllantirishga xizmat kilgan edi. Avvallari estetik tarbiya o‘ta tor va bir tomonlama talqin qilinar, ya’ni uni san’at asarlarini to‘g‘ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at turini bilib olib, muayyan badiiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish doirasida in’ikos etilar edi. Ba’zan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaralar edi. Bularning barchasi badiiy- estetik tarbiyaning vazifa va maksadlari doirasiga kiradi.
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh va individual imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
1. Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi, tabiat va turmushdagi go‘zallikni tushunish, ko‘ra bilishga o‘rgatish. Ularda estetik his-tuyg‘u, did, estetik munosabatni tarbiyalash.
2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida yaratilgan san’at Asarlarini tushunish, sevishga o‘rgatish, ularda estetik ong qirralarini shakllantirish.
3. Bolani san’atning turli sohalariga qiziqishi, izlanishini tarkib toptirish. 3. Estetik tarbiyaning vositalari.
Shaxsning estetik madaniyatini shakllanishi ko‘p jihatdan estetik kamolotiga ta’sir o‘tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog‘liq. Shunday tashqi va ichki shart-sharoitlar estetik tarbiya omillari deb ataladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish uchun ma’lum bir sharoitlarni yaratish lozim. Bolalarni o‘rab turgan muhit, turmush estetikasi ana shunday eng muhim omildir. Agar muhit estetiklikka asoslangan bo‘lsa, agar bola odamlar orasidagi xushmuomala munosabatni ko‘rsa, tevarak-atrofdan olingan taassurotlar ijobiy tavsifga ega bo‘lsa, u kichikligidanok estetik borliqni o‘zi uchun me’yor sifatida qabul qiladi. Turmush estetikasi o‘zida ko‘plab detallarni qamrab oladi. Shuningdek, bolalarni borliqni va uning go‘zalligini tahlil etib borishga o‘rgatish lozim: “Seni ko‘ylagingga qaysi rangdagi tufli mos tushadi, deb o‘ylaysan?”, “Uyimiz devoriga ko‘prok qaysi rangdagi parda to‘g‘ri tushadi: ko‘kmi yoki yashil?”. Mazkur xolatda bolaning aynan javobining o‘zi muhim emas, asosiysi uning e’tiborini rangning mos kelishi yoki kelmasligiga qaratish, shuningdek, bolada u ham go‘zallik yaratishi mumkinligi haqidagi xulosani xosil qilishga erishishdir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili - tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo‘lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha aytganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan go‘zallik manbai. U estetik xis-tuyg‘u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniksa, tabiat badiiiy obrazlar orkali ifodalansa, yanada uzining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |