Bo`shatish mashqlari.
1. Tik turgan yoki erkin turgan holarda pastga erkin tushirilgan qo`llarni bo`shashtirish va silkitish, qo`llarni yuqoriga ko`tarish-bo`shashtirish va silkitish.
2. Qo`llarni yon tomonga uzatish, so`ngra gavdani oldinga engashtirib, yelka muskullarini bo`shashtirish va qo`llarni silkitish.
Kuchli mashqlardan keyin bo`shashtirish mashqlari zanjirini bajarish foydalidir. Masalan, qo`llarni yuqoriga ko`tarish, qo`l panjalarini, bilak, yelka, gavda muskullarini bo`shashtirish, qo`llarni silkitish va gavdani bo`shashtirib cho`qqayish.
3. Qo`l muskullarini bo`shashtirish va avval bir, keyin ikkinchi tomonga aylanma harakat qilish.
4. Oyoqlarni kengroq qo`yib tik turish, bo`shashtirilgan qo`llarni belga tegizib, gavdani chpga va o`nga burish.
5. Bilak va yelka muskullarini bo`shashtirish, silkitish va oldinga uzatish, o`ng qo`l bilan chap qo`lni uqalash va aksincha.
6. Bo`shashtirilgan har ikki oyoq muskullarini qo`l bilan silkitish va uqalash. Intensiv nagruskali mashq bajargandan keyin oyo`larni 45o burchak ostida ko`tarib, biror narsaga tirab yotish foydalidir.
7. Sherigining bo`shashtirilgan qo`llarini silkitish va qo`l hamda yelka muskullarini uqalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |