Xususiy muddatli depozit omonatchi tomonidan bank ixtiyoriga shartnoma asosida ma’lum muddatga butunlay beriladi. Muddat tuga-gandan so‘ng, qo‘yilma omonatchi tomonidan xohlagan vaqtda olinishi mumkin. Bunday depozit uchun to‘lanadigan foiz depozitning muddati, hajmi va omonatchi tomonidan shartnomaning bajarilishiga bog‘liq.
Avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo‘yilgan muddatli depo-zitniolish uchun shartnomaga ko‘ra, omonatchi qachon va qancha miqdorda mablag‘ini olishi haqida bankka xabar berishi lozim. Xabar berish muddatiga ko‘ra, omonatga foiz o‘rnatiladi. Muddatli depozit-larning hajmi shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida o‘zgartirilmaydi. Bu depozitlardan joriy hisob-kitoblar, to‘lovlar uchun foydalanilmaydi.
Jamg‘arma (depozit) sertifikati – bu bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday bo‘limidan belgilangan muddat tugagandan keyin, omonat miqdorini va sertifikatda shartlashilgan foizlarini olish huquqini tasdiq-lovchi qimmatli qog‘ozdir. Jamg‘arma (depozit) sertifikati taqdim etila-digan yoki egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Jamg‘arma (depozit) ser-tifikati muddatdan oldin taqdim etilgan hollarda, agar depozit shartlariga ko‘ra, foizlarning boshqa miqdori belgilanmagan bo‘lsa, ushbu bank sertifikati bo‘yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun to‘lanadigan omonat miqdorini va foizini to‘laydi.
Ko‘pgina banklarda keyingi vaqtlarda mijozlar orasida muddatli depozitlarga bo‘lgan qiziqish juda ortdi va depozitlar umumiy qo‘yil-malar hajmining 80 foizini tashkil qilmoqda. Muddatli depozitlarning turlari orasida yuqori daromadli jamg‘arma qo‘yilmalari, ayniqsa, bozor sharoitidagi o‘zgarishlar tufayli omonatchilar daromadlarining ortib borishiga qattiq ta’sir ko‘rsatuvchi pul bozoridagi depozitlar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Oddiy, talab qilib olinguncha depozitlar hajmi esa keskin qisqardi.
Pulning qadrsizlanishi, pul muomalasining buzilishi, raqobatning kuchayishi hamda mijozlar bilimi va saviyasining ortishi banklar xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan depozitlar tarkibining anchagina o‘zgarib ketishiga olib keladi. Hozirgi davrda jahon amaliyotida keng tarqalgan asosiy depozitlarning ikkinchi turi xorijiy davlatlar, u yerdagi biznes-menlar va fuqarolar depozitlaridir. Depozitlarning bunday turlari mamlakatimiz bank tizimi amaliyotida hali uncha keng qo‘llanilmaydi. Lekin bunday depozitlar haqida bilimga ega bo‘lish foydadan xoli emas.
Bunday depozitlar hajmining tez o‘sib borishi, jahon savdosining rivojlanishi va xorijiy investitsiyalarning oshishi bilan bog‘liq. Lekin keyingi paytlarda bunday depozitlarning hajmi qisqarib bormoqda. Bunga sabab mamlakat ichidagi depozitlarga qo‘yiladigan foiz stavka-larining omonatchilar uchun ancha qulay bo‘lib borayotganidir.
Asosiy depozitlarning yana bir turi boshqa bank qo‘yilmalaridir. Bularga vakillik xizmatlari haqlarini to‘lash maqsadida bir-birlarining banklaridagi hisobvaraqlarda saqlaydigan mablag‘lar kiradi.
Boshqa banklar mablag‘larini o‘zida saqlaydigan bank bu mab-lag‘larni o‘z balansida «loro» hisob raqami bo‘yicha qarz deb hisob-laydi (mazkur bankning vakillik hisob raqamidagi qoldiq). Boshqa bankda o‘z mablag‘ini saqlab turgan bank esa o‘z balansida ularni «nostro» hisoblash raqami bo‘yicha aktiv deb belgilaydi (vakil bank-larda).