3-mavzu. Bank operatsiyalari


Bank operatsiyalari tushunchasi va ularni tasnifi



Download 84,84 Kb.
bet2/9
Sana15.04.2022
Hajmi84,84 Kb.
#553397
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-MAVZU. BANK OPERATSIYALARI

Bank operatsiyalari tushunchasi va ularni tasnifi
Bank operatsiyalari deganda banklarning pul mablag‘larini jalb etish va qarz berish, muomalaga pul chiqarish va uni muomaladan olish, hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish va boshqalar tushuniladi.
Qisqacha qilib aytganda, bank operatsiyalari deganda, banklar tomonidan amalga oshiriladigan maxsus ishlar va xizmatlar tushuniladi.
Bank operatsiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • har bir bank operatsiyasi belgilangan buxgalteriya hujjatlari orqali rasmiylashtiriladi;

  • mazkur hujjatlar belgilangan tartibda to‘ldiriladi, imzolanadi va muhrlanadi;

  • har bir bank operatsiyasi belgilangan tartibda qayd etiladi va amalga oshiriladi.

Tijorat banklarining asosiy operatsiyalarini quyidagicha tasvirlash mumkin:

Chizmada keltirilgan bank operatsiyalari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:



  1. Pul mablag‘larini omonatlar va depozitlar sifatida jalb etish, ya’ni depozit operatsiyalari. Agar o‘tgan asrlarda puldorlar o‘z mablag‘larini banklarga talonchilik, bosqinchilik va o‘g‘rilikdan saqlash uchun qo‘ygan bo‘lsalar, endi inflyatsiya oqibatida qadrsizlanishdan asrash va daromad olish maqsadida qo‘yishmoqda.

  2. Kredit operatsiyalari banklarning asosiy operatsiyalaridir. Banklar o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, hamda aholiga kreditlar beradilar. Banklar o‘z daromadlarining katta qismini kredit operatsiyalari natijasida oladilar.

  3. Banklar o‘z mijozlari uchun hisob-varaqlari (schyotlar) ochadilar, ularni yuritadilar ya’ni tushumlarni kirim, harajatlarni chiqim qiladilar, naqd pulli va naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshiradilar. Bu operatsiyalar hisob-kitob operatsiyalari deyiladi.

  4. Banklar naqd pul muomalasini tashkil etish va ta’minlashda bevosita ishtirok etadilar. Ular o‘z mijozlaridan naqd pul mablag‘larini qabul qilib oladilar, saqlaydilar va ish xaqi hamda boshqa to‘lovlar sifatida beradilar. Bu operatsiyalar banklarning kassa operatsiyalaridir.

  5. Banklar korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolardan chet el valyutasini naqd pul va naqd pul bo‘lmagan shakllarda sotib oladilar va ularga sotadilar. Bu operatsiyalar banklar tomonidan valyuta birjasi, hamda valyuta almashtirish shahobchalari orqali amalga oshiriladi va u valyuta operatsiyalari deyiladi.

  6. Banklar muomalaga turli qiymatli qog‘ozlar (aksiyalar, cheklar, sertifikatlar va boshqalar)ni chiqaradilar, sotadilar va sotib oladilar, hisobini yuritadilar va saqlaydilar. Mijozlar bilan kelishuv asosida qiymatli kog‘ozlarni boshqaradilar va boshqa operatsiyalarni bajaradilar. Bu operatsiyalar banklarning qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalari deyiladi.

  7. Banklar mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan to‘zilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqaradilar. Bu operatsiyalar trast operatsiyalari deyiladi.

  8. Banklar uchinchi shaxslar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar beradilar. Bu operatsiyalar kafolat operatsiyalari deyiladi.

  9. Banklar uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish xuquqini oladilar va o‘z mijozlari manfatlarini sud idoralari orqali himoya qiladilar. Bu banklarning faktoring operatsiyalari deyiladi.

  10. Banklar o‘z mijozlariga birjalarga kirish, huquqiy va buxgalteriya hisobi bo‘yicha yordam ko‘rsatishi, axborotlar berishi mumkin. Bu operatsiyalar konsalting operatsiyalari deyiladi.

  11. Banklar hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki po‘lat sandiq(seyf)larni ijaraga berishlari mumkin. Bu operatsiyalar depo operatsiyalari deyiladi.

  12. Banklar mashina, uskunalar, jihozlar, transport vositalari, binolar hamda inshootlarni sotib oladilar va Uzoq muddatga ijaraga beradilar. Bu operatsiyalar lizing operatsiyalari deyiladi.

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan bank operatsiyalari «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 4- moddasida keltirilgan.

Download 84,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish