Transport vositasi qatnov masofasi va undan foydalanish.Transport vositasining qatnov masofasi deyilganda, uning kmlarda o'lchanuvchi bosib o'tgan yo'li tushuniladi. Avtomobilning ish marshrutidagi harakati ortish-tushirish (passajirni transport vositasiga chiqish va tushish) joylari o'rtasidagi ayrim qatnovlardan hamda avtomobilning ATS va ishlash marshruti orasidagi harakatidan iborat bo'ladi.
Yuk avtomobillarini ishini tashkil qilishda ular barcha xarakat davrlarida yuk tashish bilan band bo'ladi yoki harakat vaqtining bir qismini yuk olishga borish uchun sarflaydi. Aytilganga ko'ra, qatnovlar unumli va unumsiz bo'lib, TV bosib o'tgan yo'lining bir qismi unimli ( ish bajarish bilan band) va ikkinchi qismi unimsiz, ya'ni bo'sh qatnovdan iborat bo'ladi. Avtomobillarda tashilayotgan yuk hajmi miqdoridan qat'iy nazar bunday qatnovlar unumli hisoblanadi (6.1-rasm).
Yuk avtomobillarining unumsiz qatnov masofasi o'z navbatida boshlang'ich va ish nihoyasidagi ATS va ish marshruti o'rtasidagi nolinchi qatnovdan hamda ish marshruti ichidagi bo'sh qatnovidan iborat bo'ladi.
Nolinchi qatnov (/0)
deyilganda, ATS dan to birinchi yuk ortish joyigacha va yuk tashish ishi nihoyasida so'nggi tushirilgan joydan ATS ga qatnov masofasi tushuniladi. Ayni transport jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan barcha qatnov yo'l masofalari nolinchi qatnovlar hisoblanadi.
Bo'sh qatnov (£s) deyilganda avtomobilni yukdan bo'shatilgandan keyingi yuk ortish joyigacha qatnovi tushuniladi. Tashish transport jarayonining ajralmas qismini hisobga olib, marshrut ichi bo'sh qatnovni shartli ravishda nazariy jixatdan unumli qatnov deyilsa ham bo'ladi.
Agar transport jarayonini bajarish bilan bog'liq qatnovini £M, nolinchi qatnovni esa 4 deb belgilasak, avtomobilning umumiy qatnovini quyidagicha ifodalash mumkin.
£ um = £ м+ £ 0, Km £ M = £ yuk + £ b ligini hisobga olsak,
£um = £yuk + £b,+£0, kmbo'ladi. Bir guruh avtomobillar va avtomobillar saroyining transport jarayonini bajarishlik uchun umumiy qatnov masofasi quyidagiga teng bo'ladi. Lum = Lyuk+ Lb+ L0> km Transport vositasining qatnov masofalaridan foydalanish darajasini belgilovchi koeffitsient / unumli qatnov masofalarini umumiy masofasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Bir avtomobilning bir yukli qatnovi uchun
££ yu k yu k / _£ ».+ 4 + 4
um yuk b 0
Bir avtomobilni smena yoki bir sutka davomidagisi
Lyu k Lyu k / ~ _ Lt + L + L um yu k b o Avtomobil saroyini bir kunlik ishi davomidagisi n LK>KLюк p~L ~L + L+ L
ум юк о o Ayni bu ko'rsatgich kalendar kunlar uchun
/ =AKк■ dan iborat bo'ladi.
ak к ■ LyM TV bosib o'tgan masofasi tashishni muvaffaqiyatli bo'lishiga katta ta'sir etadi. Mablag'lar va vaqt sarfi talab etilishini hisobga olinsa, qatnov masoflaridan foydalanish koeffitsientining iloji boricha katta bo'lishi va uning qiymati bir yoki unga yakinlashishi tashish tannarxini arzonlashtirishga imkon beradi.
O'rtacha qatnov masofasi, yuk tashish o'rtacha masofasi, passajirlar o'rtacha qatnov masofasi
Bir sutkali o'rtacha qatnov masofasi miqdori TV va haydovchilarning qanchalik jadal ishlashlariga bog'liq bo'lib, yoqilg'i sarfi, TKX chizmasi, rejadagi yoki xisobiy davr ichida transport ishi hajmida o'z aksini topadi.
Avtomobilb saroyi bo'yicha o'rtacha sutkali qatnov masofasi, barcha marka avtomobillar umumiy qatnov masofasini ekspluatatsiyadagi avtomobil-kunlar yig'indisiga nisbati bilan aniqlanadi:
XL L + L +... + L