Auskultatsiya. Eshitish metodi travmatologiya va ortopediyada deyarli kam ishlatiladi. Xar xolda bo’g’imlarning faol va passiv xarakat qilishida auskultatsiya boshqa tekshirishlar bilan birgalikda qo’shimcha klinik simptomlarni boyitib, tashxis qo’yishni yengillashtirishi mumkin. Suyaklarni to’qillatish (perkussiya qilish) bilan birga eshitish (auskultatsiya) qimmatli axborotni berishi mumkin. Buning uchun fonendoskop suyak yuzasiga: zararlangan o’choqdan yuqoriga yoki pastga qo’yiladi. Jaroxatlanish gumon qilingan qismni qarama-qarshi tomonidan suyakni perkussiyalash, perkutor tovushning sust o’tishi yoki mutloq o’tmayotganligini qayd qilib o’tish mumkin. Suyak orqali tovushning o’tishi sinishlarda, soxta bo’g’imlarda, o’smalarda sog’lom tomoniga nisbatan keskin susayishi mumkin. Singan diafiz bitishi suyak to’qimasidan tovush o’tkazilishi qayta tiklanishiga olib keladi, buni xam auskultatsiya metodi bilan aniqlasa bo’ladi.
Bo’g’imlarda xarakat amplitudasini aniqlash. Tekshirishning bu qismi kasallik yoki shikast klinikasiga ko’shimcha axborot berib, to’g’ri tashxis qo’yish va zarur davolashni belgilashga imkon beradi.
Oyoq yoki qo’lni shikastlangan segmentining funksional xolatiga baho berish uchun bo’g’imdagi faol va passiv xarakatlar xajmini o’rganish kerak Sagittal yuza bo’yicha bajariladigan xarakat bukish va yozish (fleksiya, ekstenziya) deb ataladi.
Bilak-kaft usti bo’g’imidagi xarakatlarni kaft va kaft orqa tomoni bukilishi, boldir - oshiq bo’g’imida boldir oldi va kaft tomon xarakat deyiladi.
Frontal yuza bo’yicha tanadan uzoqlashtirish (abduksiya) va yaqinlashtirish (adduksiya) xarakatlari bo’lishi mumkin. Bilak-kaft usti bo’g’imi xarakatiga baho berib, ko’pincha qo’l panjasining bilak va tirsak tomonga buqilishi deb ataladi. Bundan tashqari, bo’ylama o’qi atrofidan aylanish xarakati (ichki va tashqi rotatsiya) xam bo’ladi. Bilak-tirsakning tashqariga rotatsiyasi – supinatsiya va ichkariga rotatsiyasi – pronatsiya deyiladi. Faol xarakatlar xajmini o’rganish (bemorning o’zi bajaradi) passiv xarakatlarni (uni tekshiruvchi bajaradi) shikastlanmagan bo’g’imi bilan solishtirish maqsadga muvofiqdir.
Faol va passiv xarakatlarni burchak o’lchagich bilan aniqlanadi. Olingan natija kasallik tarixiga yoziladi. Burchak o’lchagich oyoq, yoki qo’l segmenti o’qiga qo’yiladi. Xarakat amplitudasi oyoq-qo’l segmenti neytral xolatidan (boshlang’ich nuqtadan) boshlanadi. Yyelka bo’g’imining rotatsion xarakatlarini o’rganishda dastlabki xolat osilib turgan qo’lning tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak ostida buqilgan xolatda sagittal yuzada turishi xisoblanadi. Bu xolatda yelka dumboqlari frontal xolatda, yelka suyagining kichik do’ngliga esa oldingi tomonda turadi.
Chanoq-son, tizza, tirsak bilak-kaft usti va barmoqlar bo’g’imlari uchun dastlabki xolat ularning 180° gacha yozilgan xolati xisoblanadi. Tashqariga va ichkariga burilishni (pronatsiya va supinatsiya) aniqlashda dastlabki xolat bilak uchun uni tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak ostida bukish, panja esa sagittal xolatda bo’lishi kerak Sonning rotatsion xarakatlarini o’lchashda oyoq to’g’ri tana o’kida joylashib, tizza qopqog’i oldinga qarab turishi kerak Yelka bo’g’i-mining extimol tug’ilgan xarakatini burchak o’lchagich bilan aniqlanadi; shunda o’lchagichning bitta branshi tanaga uzunasiga ko’yiladi, ikkinchisi esa yelka o’ki bo’ylab ko’yiladi shunda uning markazi (oshiq-moshiq) yelka boshchasi proyeksiyasiga to’g’ri keladi. Yelka bo’g’imidagi bukish va yozishni aniqlash uchun burchak o’lchagichni xam yelka suyagi boshchasi terisining proyeksiyasiga qo’yiladi (5-rasm, a, b).
5-rasm. Yelka bo’g’imi xarakatini o’lchash. a – qo'lni tanadan uzoqlashtirishni o’lchash; b – bukish va yozishni o’lchash.
Tirsak bo’g’imi xarakatlar xajmini aniqlash uchun burchak o’lchagichni yelkaning tashqi dumboridan picha pastroqqa joylashtirib, uning branshlarini yelka va bilak o’ki bo’ylab ko’yiladi (6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |