71. Kamayuvchi, ayriluvchi va ayirmaning yig’indisi 816 ga teng. Kamayuvchini toping?
72. Ota o’zining katta o’g’lidan 3 marta katta, kichik o’g’lidan esa 40 yoshga katta. Katta o’g’il ukasidan 3 marta katta bo’lsa, ularning har birining yoshi nechada?
73. Kitob betlarini sahifalab chiqish uchun 658 ta raqam ishlatildi. Agar sahifalash 3-betdan boshlangan bo’lsa, kitob necha betlik?
74. O’quvchiga testda 30 ta masala berildi. Har bir to’g’ri yechilgan masala uchun 5 ball berilib, noto’g’ri yechilgan har bir masala uchun 9 ball chegirildi. Agar o’quvchi 66 ball to’plagan bo’lsa, u nechta masalani noto’g’ri yechgan?
75. Agar maydonning har gektaridan 36 sr dan bug’doy hosili olinsa, planni bajarish uchun 10 t yetmaydi. Agar har gektaridan 44 sr dan hosil olinsa, plan 70 t oshirib bajariladi. Maydonning yuzi necha gektarga teng?
Do'stlaringiz bilan baham: |