67. Ikki sonning yig’indisi 55 ga, ayirmasi esa 29 ga teng. Shu sonlarni toping?
68. Yaylovda qo’ylar va g’ozlar boqilayotgandi. Bola sanaganda ularning boshlari 34 ta, oyoqlari esa 94 ta chiqdi. Yaylovda qancha qo’y boqilgan?
69. Sayohat uchun ma’lum miqdorda pul yig’ish kerak edi. Agar har bir sayohatchi 730 so’mdan to’lasa, to’lovga 2160 so’m yetmaydi. Agar har bir sayohatchi 810 so’mdan to’lasa, keragidan 1680 so’m ortib qoladi. Sayohatda necha kishi qatnashishi kerak edi?
70. Homiylar tomonidan bolalar bog’chasiga 42 ta uch g’ildirakli va ikki g’ildirakli velosipedlar sovg’a qilindi. Agar hamma velosipedlarning g’ildiraklari 99 ta bo’lsa, uch g’ildirakli velosipedlar nechta?
Do'stlaringiz bilan baham: |