3-ma’ruza rels zanjirlari. Rels zanjirlar nazariyasining asosiy tushunchalari va tariflari



Download 423,02 Kb.
bet1/3
Sana18.03.2022
Hajmi423,02 Kb.
#499787
  1   2   3
Bog'liq
3-maruza


3-MA’RUZA
RELS ZANJIRLARI. RELS ZANJIRLAR NAZARIYASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA TARIFLARI.

REJA:
3.1.Rel’sli zanjirlarining birlamchi parametrlari
3.2.Birlamchi parametrlarni o’lchash usullari
3.3.Rel’s zanjirlarining parametrlarini o’lchashga ko’rsatmalar

Tayanch so’z va iboralar
Ijro mexanizmlari, rel’sli zanjirlar, maxsus o’lchovlar, birlamchi parametrlar, ikkilamchi parametrlar, rel’s qarshiligi, o’lchash usullari, izolyatsiya o’tkazuvchanligi, kirish qarshilik, sekinlatgichlarning ko’rinishlari

3.1. REL’SLI ZANJIRLARINING BIRLAMCHI PARAMETRLARI
AT qurilmalarining eng muhim elementlaridan biri rel’sli elektr zanjiri hisoblanadi, u poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash, temir yo’l uchastkalarini o’tkazuvchanligi qobiliyatini yashirish uchuch ishlatiladi. SHuning uchun belgilangan me’yorga muvofiq rel’sli zanjirlardan foydalanish masalalariga eng katta ahamiyat beriladi. Rel’sli zanjirni tekshirish jarayonida tashqi tekshiruv va zarur maxsus o’lchovlar o’tkaziladi.
Rel’sli zanjirning ishonchligi releli va oziqlantiruvchi uchlarning apparaturani optimal elektr va vaqt tavsiflarini aniqlash rel’sli zanjirning birlamchi parametrlarini aniq bilmasdan tanlab bo’lmaydi.
Rel’sli zanjir ishini ifodalovchi kattaliklarga:
-rel’sli iplarning qarshiligi;
-ballastni elektr qarshiligi;
-tutashmalarni o’tuvchi qarshiligi;
-rel’sli zanjirning turli nuqtalarida kuchlanish va tok kattaligi;
O’zgaruvchan tokli rel’sli zanjir uchun – fazali nisbatlar, so’nish koeffitsiyenti va boshqalar kiradi.
Rel’sli zanjirlarning birlamchi parametrlariga quyidagilar kiradi:
-rel’slarning qarshiligi; zejφp = r+jωL
-izolyatsiyani o’tkazuvchanligi: yejφb = q+ jωtsb
Rel’slarning qarshiligi deganda, biriktiruvchi nakladkalar va ulovchi tutashmalar bilan rel’sli halqa qarshiligi tushuniladi.Odatda, hisoblashda solishtirma qarshilikdan foydalaniladi, ya’ni rel’sli yo’lning bir kilometrlik qarshiligidan. Bu qarshilik yotqizilgan rel’s turi va ulovchi tutashmalar bilan biriktiruvchi nakladkalar holatiga bog’liq bo’ladi. Rel’s qanchalik og’ir bo’lsa, ya’ni ularning ko’ndalang kesmasi qanchalik katta bo’lsa, shuncha ularni qarshligi kam bo’ladi va rel’sli zanjirning ishlash sharoiti yaxshi bo’ladi. Agar biriktiruvchi nakladkalarni ichki yuzi zangdan ozod bo’lsa va nakladkalarning boltlari yaxshi mahkamalangan bo’lsa, unda rel’slarning qarshiligi kam bo’ladi. O’lchovchi tutashmalarni uzilganda yoki yomon o’rnatilganda va ular ahvolini kuzatilishi yetarli bo’lmaganda, rel’slarning qarshiligi shunday oshadiki, rel’sli elektr zanjirni ishi tuturiqsiz bo’ladi. 50A gacha toklardagi qarshilik deyarli chiziqli, chunki rel’slarning kesma katta bo’lgani uchun materialni magnit to’yinishi sodir bo’lmaydi.
Zp ma’lum darajada oziqlantiruvchi tokning chastotasiga bog’liq. CHastota o’sishi bilan rel’slarning qarshiligi moduli Z chastotaga proporsional ravishda o’sadi, uni argumenti esa 500 Gs dan yuqori chastotalarda deyarli o’zgarmaydi.



3.1-rasm. Zp ni signal tokning chastotasiga bog’liqligi.


Ko’p o’lchovlar va hisoblar asosida o’zgarmas tokda rel’s qarshiligi tutashma ulovchilar turiga qarab, 0,1 dan 0,6 Om/km gacha o’zagarishi aniqlangan.
Signal tokning 25, 50 va 75 Gs chastotalarda rel’sli halqaning solishtirma qarshligi quyidagi qiymatlarni qabul qilingan:
Z 25 = 0,5e j52 Om/km;
Z 50 = 0,8e j 65 Om/km;
Z 75 = 1,07e j 68 Om/km.
Rel’sli zanjirlar maxsus izolyatsiyaga ega emas, shuning uchun tokning bir qismi ballast va shpallar orqali tutashadi. Izolyatsiya o’tkazuvchanligi deganda, yeli yo’l ballast va shpallar orqali bir rel’sdan boshqa rel’sga sirqish tokka o’tkazuvchanligi tushuniladi. Rel’sli zanjir murakkab elektr tizimni tashkil etadi, unda elektrodlar sifatida rel’sli iplardan tashkil topgan qismlar hisoblanadi. elektrodlarda elektrokimyoviy jarayonlarni oqish tezligi bilan aniqlanuvchi izolyatsiyaning o’tkazuvchaligi nochiziqli va harorat hamda namlikka bog’liq bo’ladi.
Uning qiymati havoga, hamda ballast va shpallarning sifati va holatiga bog’liq bo’ladi. Kuchli va uzoq davom etgan yomg’irlar natijasida ballastlar suvni shimib olishga ulgurmaydi va shpalalar ho’l bo’ladi, Zb kichik qiymatga ega bo’ladi. YOzda quruq havoda Zb anchagina yuqori ahamiyatga ega. Eng yuqori qiymatga u qattiq sovuqlarda erishadi.
O’lchovlar shuni ko’rsatadiki, toza shag’alli ballastda izolyatsiya qarshiligi juda yuqori va aksincha, ballastni izlarini ichi axlat, tuzlar bilan ifloslangan bo’lsa, Zb anchagina pasayadi.
Undan tashqari, Zb ni qiymatigaa shpallarning sifati, eski chuqur darzlar va ichidagi kamchiliklar ta’sir etadi. SHpallarni shimdiriladigan kimyoviy tarkib ham katta ahmiyatga ega. Ba’zi antisentiklar, masalan, xlorli ruh Zb ni pasaytiradi. SHpalalarni kreozot bilan singdirilishi yaxshi natijalar beradi.
Undan tashqari ballast va rel’s tagi orasidagi masofaga ham ahamiyat berish zarur, u 30 mm dan kam bo’lmasligi kerak.11
Izolyatsiyani maksimal o’tkazuvchanligi ba’zi o’ta namlik bilan birgalikda yuqori t0 da kuzatiladi, min esa past t0 da. O’zgarmas tokda izolyatsiyaning o’tkazuvchanligi deyarli 52 1/Om*km dan 0,10,001 1/Om*km gacha (sm/km) polyarizatsion sig’im hisobiga sig’im tashkil etuvchi paydo bo’ladi va u rel’s zanjirda 25, 50 Gs da bir qancha mkF/1 km erishadi.
Biroq o’tkazuvchanlik argumenti 100 dan oshmaydi, shuning uchun bir qator amaliy hollarda izolyatsiya o’tkazuvchanligi aktiv Rb deb hisoblanadi.
Rel’sli elektr zanjir bir tekisda tarqalgan parametrlar bilan chiziqli zanjirni tashkil etadi: rel’sli zvenolarning elementar qarshiliklar bilan (ketma-ket ulangan) ballastning elementar qarshiliklari (parallel). Rel’sli zanjir elementi quyidagi ekvivalent o’rin bosish sxemasi bilan ifodalash mumkin (4.2-rasm). Rel’slar qarshiligi va ularning yerga nisbatan qarshiligi teng bo’lganda, ya’ni Z1qZ2 va u1qu2 bunday rel’sli zanjir simmetrik deyiladi. Bu yerda Z1 va Z2 rel’slar qarshiligi; U1-2 – izolyatsiyani o’tkazuvchanligi; u1,u2 – rel’slarning yerga nisbatdan o’tkazuvchanligi; Zvx – rel’s zanjirning kirish qarshiligi.
Agar rel’s qarshiligi yoki ularning yerga nisbatan o’tkazuvchanligi bir xil bo’lmasa (rel’s izlari singanida yoki rel’slardan bittasi kontakt tirgaklarni zaminlashda ham bo’ladi) rel’sli zanjir elementining ekvivalent o’rin bosish sxemasi murakkablashadi; va bundan rel’s zanjir nosimmetrik deb ataladi (Z1=Z2 va u1=u2).
Sirqish tokka o’tkazuvchanligida uchta tashkil etuvchini farqlaydi: yerga har bir rel’sdan sirqish tokka o’tkazuvchanlik (u1,u2) va ballastni ustki qismidan bir rel’sdan boshqasiga sirqish tokka o’tkazuvchanligi (u1-2). Bu holatda amaldagi rel’sli zanjir ko’pincha simmetrik bo’lmaydi.
Sirqish tokka o’tkazuvchanligida uchta tashkil etuvchini farqlaydi: yerga har bir rel’sdan sirqish tokka o’tkazuvchanlik (u1,u2) va ballastni ustki qismidan bir rel’sdan boshqasiga sirqish tokka o’tkazuvchanligi (u1-2). Bu holatda amaldagi rel’sli zanjir ko’pincha simmetrik bo’lmaydi.




3.2-rasm. Rel’s zanjirning ekvivalent o’rin bosish sxemasi.

Birlamchi parametrlar bir qator omillardan murakkab bog’liqlik xarakter natijasida ularni aniq ahamiyati faqat real sharoitlarda o’lchovlar asosida aniqlash mumkin.


Download 423,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish