3.2. RELELARNING ISHLATISHGA
QO’YILADIGAN TEXNIK TALABLAR
Relelarga qo‘yiladigan talablar, temir yo‘l avtomatikasini ishlash xususi-yatlari bilan belgilanadi:
1) poezdlarning harakat xavfsizligini ta’minlash;
2) uzoq (20…30 yil) xizmat muddati; 3) poezdlarni shiddatli zich harakati sharoitida uzluksiz (kechayu-kunduz) ishlashlik xususiyati;
4) mamlakatning turli hududlaridagi murakkab ob-havo sharoitida ishlashligi;
5) temir yo‘l tizimlari qurilishligi va ishga tushishi munosabati bilan ko‘p sonli relelarga ehtiyojni borligidir.
Yuqorida sanab o‘tilgan talablar, ayniqsa I sinf ishonchlilik ta’minlaydigan relelardan ishonchlilik, xavfsizlik, uzoq muddatga chidamlilik, past narxlik, harorat o‘zgarishlariga, zarba hamda vibratsiyalarga (titrashga) bardoshlik, ishlab chiqarish texnologiyasi qulay hamda ta’mirga yaroqli bo‘lishligini qat’iy istaydi.
I sinf ishonchlikka ega, g‘altak zanjiri uzilganligida ro‘para kontakt soxta tutashishi (xavfli nosozlik) bo‘lmasligini yuqori darajadagi ehtimollik bilan ta’min-lanishi kerak. Xavfli nosozlik, tegishli (masalan, svetoforni ochishga yoki strelkani o‘tkazishga) buyruq bo‘lmagan holda, bu buyruqni bajarilishiga olib keladi. Ana shu munosabat bilan I sinf ishonchlik relelar, nosimmetrik nosozlik rele bo‘lib, xavfli nosozlikga nisbatan, yuqori ishonchlilik maxsus konstruktiv tadbirlar yordamida erishiladi. Agar I sinf ishonchlilikka ega (НМШ) releda umumiy nosozlilik jadalliligi 0,110-6 1/s bilan baholansa, unda xavfli nosozliklar jadalligi xn10-8...10-9 1/s bilan baholanadi.
Releda xavfli nosozlik qoldiq magnit oqimi tasiri tufayli yakorni magni-taviy yopishib yoki yakorni tortilgan holda mexanik qadalib qolishi, shuningdek ro‘para va umumiy kontaktlarni payvandlanib qolishi yoki kontakt prujinalarini deformatsiyasi natijasida bir holatdan ikkinchi holatga o‘tmay qolishligida ko‘rinadi.
Bu hodisalar bilan kurashish uchun I sinf ishonchlikka ega relelarga, xavfsizlik talablari deb ataladigan – majburiy talablar qo‘yiladi, ya’ni rele yakorini, uning og‘irligi ta’siridan yoki yakordagi yaxlit yuk ta’siridan qo‘yib yuborish kerak. Og‘irlik kuchi hech vaqt yo‘qolmasligi tufayli, yakorni qo‘yib yuborishlik – qanchalik uni yoki yukni og‘irligi katta bo‘lsa, shunchalik ishonchli bo‘ladi, ro‘para va umumiy kontaktlar har qanday sharoitda ham payvandlanib qolmasliklari kerak. Bu esa, o‘sha kontaktlarni payvandlanmaydigan matrialdan tayyorlashni talab qiladi. Shu maqsadda ro‘para kontakt grafit va kumush qorishmasidan, umumiy kontakt kumushdan tayyorlanadi.
Agar ana shu ko‘rsatilgan ikki talabdan birortasi bajarilmasa, rele I sinf ishonchlilikka ega bo‘lmagan deb hisoblanadi. Xavfli nosozlik sabablarini kamay-tirish uchun yana ushbu talablar qo‘yiladi:
1
3.3-rasm. Magnitaviy матеriallarning таvsifi
) relening magnit tizimi kichik qoldik induksiya Br va kichik koerisitiv kuch Hc ga (3.3-rasm), ega bo‘lgan magnitbop yumshoq ferromagnit materialdan tayyor-lanadi. Odatda, kam uglerodli elektrotexnik po‘latlar ishlatiladi. Qoldiq Br induksiya-ni kichik qiymati, rele tarmoqdan uzilganda, kichik qoldiq oqim beradi, bu esa yakorning yopishib qolishlik ehtimolligini kamaytiradi. Hc kichik qiymati esa, rele sirtmog‘i kichik maydonlik bo‘lishligini belgi-laydi, hamda qayta magnitlanish isroflarini kamaytiradi;
2) rele yakoriga antimagnit (ya’ni magnit-lanishga qarshi) bronzadan tayyorlangan shtift 5 o‘rnatilgan bo‘lishi kerak (3.2-rasmga qarang). Uni balandligi 0,1…0,3 mm bo‘lganida, yakor tortilgan holatida yakor va o‘zak orasida kichik havo tirqishi bo‘lishligini kafolatlaydi. Bu esa, qoldik magnit oqimni keskin kamayishligni taminlaydi hamda yakorni magnitaviy yopishib qolishligiga yo‘l bermaydi;
3) kontakt prujinalarining egilishi tufayli kontaktlarning xato tutashishiga yo‘l bermaslik uchun, kontaktlar orasidagi masofani etarli katta (1...3 mm) bo‘lishligini ta’minlash zarur;
4) kontakt prujinalarining uzoq xizmat muddati davomida deformatsiya bo‘lishligini oldini olish uchun, kontakt prujinalarini yuqori taranglik moduliga ega materialdan tayyorlash zarur (asosan, fosforli bronza yoki neyzilber ishlatishadi).
Ko‘rsatilgan (og‘ir va yaxlit yakor, kontaktlar orasidagi katta masofa) talablar, aloqa va sanoat avtomatikasi relelariga nisbatan I sinf ishonchlilikka ega relelarning etarli katta o‘lchamli bo‘lishliklarini belgilaydi. Bu esa ularni ishlab chiqarilishida kamchil (kumush, mis) materiallarning ko‘p sarf bo‘lishli-giga hamda rele narxiga ta’sir ko‘rsatadi. Temir yo‘l avtomatikasining relesi uchun “kichik o‘lchamli“ atama, nisbiy mazmunga ega, chunki temir yo‘l texnikasidagi relelarning rivojlanishi, I sinf ishonchlikni saqlab qolishlik bilan birga, rele o‘lchamlarini kamaytirishlik izlanishlari, bir vaqtni o‘zida olib boriladi. Ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan НР, НШ, НMШ, РЭЛ turdagi relelar yaratilgan edi. 80-yillardan boshlab ishlab chiqariladigan РЭЛ turdagi rele eng kichik o‘lchamlarga ega.
Temir yo‘l avtomatika va aloqa relelariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyi-dagilardir:
1) atrof muhitni harorati minus 40C to plyus 60C hamda havoni nisbiy namligi to 95% bo‘lganida ham buzilmasdan ishlashlik;
2) rele kontaktlari toksiz yuklamani 107 kam bo‘lmagan tutashtirishi va 50 mA toki va 24 V kuchlanishi bo‘lgan yuklamali sxemani rele 3106 dan kam bo‘lmagan tutashtirishlarni ta’minlashi;
3) bitta bo‘lsa ham ro‘para kontakt tutashganda, barcha orqa kontaktlar ajralishi va aksinchaligini taminlashi;
4) zanglashga bardosh bermaydigan relening metalli detallari zanglashga qarshi materiallar (rux yoki nikel) bilan qoplangan bo‘lishligi;
5) releni metalli bo‘lmagan qismlari yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi;
6) tashqi muhitni chang va nam tasiridan himoyalash uchun, rele mustahkam tiniq hamda tamg‘alangan qopqoq bilan berkitilgan bo‘lishligi zarur.
Releni xizmat muddati 20 yildan kam bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |