3. Ma’ruza. O’simliklar morfologiyasining qonunyatlari va ularning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati Ildiz vazifasi va tuzilishi. Reja



Download 21,59 Kb.
bet8/8
Sana26.07.2021
Hajmi21,59 Kb.
#128755
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NqN6DFcvnLqA7X1G gEaU6A0qkJyjnBp

Nafas oluvchi ildizlar botqoqlik yoki botqoqlashgan joyda o’suvchi o’simliklarda uchraydi. Bunday ildizlar uchun ayerenxima to’qimasining kuchli taraqqiy etganligi xarakterlidir. Nafas oluvchi ildizlar mangra o’simliklarida, xususan Amerikada o’suvchi botqoqlik sarvisida uchraydi.

Ilashuvchi ildizlar plyush o’simligi turlarida uchraydi. Ular novdalardan qo’shimcha o’sib chiqadigan cho’tkasimon ildizlardir. Ilashuvchi ildizlarlari yordamida o’simlik tik tayanchga ilashib yuqoriga tomon o’sib boradi. Ilashuvchi ildizlar vanilda, fikusning ba'zi turlari va boshqalarda hosil bo’ladi.

Havo ildizlar daraxt tanalarida yashovchi epifit o’simliklar uchun xarakterlidir. Havo ildizlar po’stloq parenximasidagi xloroplastlarda uchraydi. Po’stloqning tashqi qavatidagi hujayra devorlari spiral qalinlashgan o’lik hujayralar qatlamidan tashkil topgan. Havo ildizlar ban’yan, epifit holdagi salabdoshlar, kuchaladoshlar va bromeliyadoshlar va boshqalar boshqalarda keng tarqalgan.

Yuksak o’simliklar ildizlari yordamida bakteriya va zamburug’lar bilan hamkor holda yashashi mumkin. Ildizning keng tarqalgan hamkor yashash ko’rinishlariga mikoriza va tugunak bakteriyalarning birgalikdagi yashashi misol bo’la oladi.



Mikoriza. Ko’pincha o’simlik ildizning ichki to’qimalarida yoki yuzasida zamburug’larning yashashida kuzatiladi. Ba'zi bir o’simliklar, ayniqsa daraxtlarda (eman, oddiy qarag’ay, tog’terak va boshqalar), mikorizaning bo’lishi zaruriyat hisoblanadi. Chunki ularda maxsus turdagi mikotrof oziqlanish kelib chiqqan. Mikorizasiz bu o’simliklar juda yomon o’sadi. Mikoriza faqat daraxt o’simliklarda bo’lmay, balki o’t o’simliklar, don - dukkakli va boshoqli o’simliklar uchun ham xarakterlidir. Mikoriza tuzilishiga ko’ra ikki asosiy turga ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof) mikoriza. Ektotrof mikorizada o’simlik ildizning uchki qismini zich g’ilof ko’rinishda zamburug’ mitsiliysi o’rab oladi va undan zich to’rsimon zamburug’ iplari tarqalib ketadi. Bu turdagi mikoriza asosan daraxt o’simliklar ildizida tarqalgan (oqqayin, arg’ug’on, eman, tog’terak va boshqalar). Tashqi mikorizada o’simlikning ildiz tuklari yo’qolib ketadi. Uning o’rniga zamburug’ gifalari xizmat qiladi. Endotrof mikorizada zamburug’ ildiz yuzasida yashamay, balki uning ichki qsmiga kirib boradi. Zamburug’ kirib olgan ildiz hujayralari tirik holda bo’lib, zamburug’ gifalari hujayrada sekin - asta parchalanadi va u o’simlik hujayrasi tomonidan o’zlashtirib yuboriladi. Ichki mikoriza ko’pincha o’t o’simliklarda uchraydi. Ayniqsa, vereskdoshlar va salabdoshlar kabi oila vakillari uchun xarakterlidir.

Mikorizadan tashqari yuksak o’simliklarning bakteriyalar bilan hamkorlikda hayot kechirishi ham ma'lum. Bu turdagi hamkorlik asosan dukkakli o’simliklar (loviya, beda, no’xat, sebarga, yantoq va boshqalar)da keng tarqalgan. Tugunak bakteriyalarning dukkakli o’simliklar bilan hamkor hayot kechirishida ularning ildizida maxsus o’simtalar - shishlar, ya'ni tugunaklar hosil bo’ladi. Bunday tugunaklarning hosil bo’lishi tugunak bakteriyalarning faoliyati bilan bog’liq. Tugunak bakteriyalar tuproqdan ildiz tuklari orqali uning ichiga kirib oladi. Bakteriyaning ta'siri natijasida ildizning chekka qismlarida parenxima hujayralarining kuchli bo’linishi va hajmining ortishi kuzatiladi. Natijada ildiz hujayralari o’sib ketadi va unda o’simtalar, ya'ni tugunaklar hosil bo’ladi. Tugunak bakteriyalarning fiziologik roli shundan iboratki, ular atmosferadagi erkin azotni o’zlashtirish qobiliyatiga ega va shu bilan yuksak o’simliklarning azotga bo’lgan talabini qondiradi. Ushbu hamkorlik amalda muhim ahamiyatga ega. Dukkakli o’simliklar qo’shimcha azot manbiga ega bo’lganligi uchun ham oqsillarga boy. Ular qimmatli oziq va yem - xashak mahsulotlarni beradi.



Nazorat savollari:

1. Ildizning asosiy vazifasi va ildiz zonalari ?

2. Ildizni birlamchi tuzilishini tashkil etuvchi qavatlar?

3. Ildizning ikkilamchi tuzilishi qanday o’simliklar uchun xos?

4. Ikkilamchi tuzilishga o’tishda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?

5. Ildizning metamorfozlari?



6. Ildizning shakl o’zgardan ko’rinishlari qanday vazifalarni bajaradi?

7. Mikoriza va tugunak bakteriyalarning birgalikda yashashi?
Download 21,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish