Tugunak ildizlar. Yon yoki qo’shimcha ildizlarning yo’g’onlashishi natijasida kelib chiqadi. Ular batat, georgina, orxideya, kartoshkagul, shirach, qo’ziquloq , tugunakli ayiqtovon va boshqa o’simliklarda uchraydi. Etdor ildizlar. Salabdoshlar, seldereydoshlar kabi oila vakillari va boshqalarda uchraydi. Ular ildizning nosimmetrik yo’g’onlashgan qismi hisoblanadi. Odatda qo’shimcha ildizlar yon shoxlari bilan etdor bo’lib qoladi. Tayanch ildizlar, taxtasimon va soxta ildizlar tropik o’rmonlardagi daraxtlar tanasini ushlab turishga xizmat qiladi. Ular kelib chiqishi bo’yicha qo’shimcha ildizlar ko’pchilik tropik lianalarda uchraydi. Tayanch taxtasimon va soxta ildizlarda mexanik to’qima kuchli taraqqiy etgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |