2. Metrologiyaning asosiy postulatlari
Ushbu mavzuni ko‘rib chiqishdan oldin birgalikda oddiygina bir tajriba
qilib ko‘ramiz:
Bir dona chiroyli olma olamiz (haqiqiy, iste’mol qilinadigan olma). Uni
biror bir tarozida, masalan savdo do‘konlaridagi o‘lchash tarozisida tortib
ko‘ramiz. Aytaylik massasi 74 g chiqdi. So‘ngra uni kattaroq, masalan
qoplangan mahsulotlarni tortadigan yerga qo‘yiladigan tarozida o‘lchab
ko‘ramiz. Endi olgan qiymatimiz 75 g. Keyin xuddi shu olmani yuk
avtomobillarining massasini (10 tonnagacha) o‘lchaydigan katta tarozida
o‘lchaymiz. Bu tarozi olmaning massasi yo‘q deb uning og‘irligini sezmaydi.
Endi oxirgi tajriba, olmani bir necha bo‘laklarga bo‘lib, laboratoriya tarozisida
har bir bo‘lakni tortamiz va yakuniy natijani hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz
quyidagicha bo‘lishi mumkin - 74,3718 g. Qarang-a, to‘rt xil o‘lchash
vositasida to‘rt xil qiymat oldik.
Xo‘sh, qaysi bir qiymatni haqiqiy deb olishimiz mumkin. Aslida, olmaning
massasi qanday? Albatta, tajribada ko‘rilayotgan olmaning aynan olingan
qiymati mavjud. Bu qiymatni biz chinakam qiymat deb ataymiz.
CHinakam qiymat kattalikni miqdor jihatdan har tomonlama, bekami-ko‘st va
butkul tavsiflaydigan qiymat hisoblanadi. Ammo, uni aniq o‘lchash imkoniyati mavjud
emas. SHuni ko‘rib chiqamiz:
Faraz qilaylik, o‘ta aniq o‘lchaydigan tarozi topdik va olmaning massasini
aniqlamoqchimiz. Lekin bu tarozida aniq bir to‘xtamga kelgan qiymatni ololmaysiz.
CHunki olmadan juda oz miqdorda (1-2 molekula bo‘lsa ham) namlik kamayib turadi.
Demak aniq qiymatni ololmaysiz. Biz hozir aniq o‘lchaydigan vosita bor deb
hisoblayapmiz. Lekin aslida bunday o‘lchash vositasi yo‘q va bo‘lmaydi ham. Nima
uchun deyishingiz tabiiy, albatta. Agar o‘zga sayyoraliklar kelib bizga aynan shunday,
bekami-ko‘st, mutlaqo aniq o‘lchaydigan asbob olib kelib berishganda ham quyidagi
paradoks bo‘lishi tabiiy. Metrologik nuqtai nazardan o‘lchash vositasiniig muayyan
metrologik tavsiflari mavjud bo‘lib, bu tavsiflarga ega bo‘lgandan so‘nggina biz
olingan natijani baholashimiz mumkin. Biz aytayotgan o‘lchash vositasini metrologik
tavsiflash uchun undan ham aniq o‘lchaydigan boshqa asbob kerak bo‘ladi. Bu xuddi
analьginning tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein, kodeinning tarkibida
esa analьgin bor degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam qiymatini o‘lchab
bo‘lmaydi. Modomiki, chinakam qiymatni o‘lchash imkoni yo‘q ekan, o‘lchash
amalida qiymati unga yaqin bo‘lgan va uni o‘rniga ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa
qiymat, ya’ni haqiqiy qiymat qo‘llaniladi. Bu xususda metrologiyaning uchta asosiy
postulatlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |